Muhammadyoqub ostonaqulov budjet hisobi



Download 8,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/88
Sana26.02.2022
Hajmi8,86 Mb.
#466573
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   88
Bog'liq
Budjet hisobi (M.Ostonaqulov)

qabul qilish-topshirish
dalolatnomasi
tuziladi.
Q ab u l qilish-topshirish dalolatnom asi buxgalteriya hujjatlarining 
y ig ‘m ajildlarini qabul qiluvchi va topshiruvchining javobgarliklarini
118
www.ziyouz.com kutubxonasi


ajratish uchun tuziladi. Shu bilan birga, uning m aqsadi buxgalteriya 
hujjatlarining y ig ‘majildlarini qabul qilish-topshirish v aq tid a hisobning 
boshlang‘ich hujjatlarining, hisobotlam ing va, birinchi navbatda, m oddiy 
zaxiralar va pul m ablag‘lari hisoblarining holatini k o ‘rsatish ham da 
hisobni tashkil qilish va m oliyaviy nazoratni yaxshilash uchun zarur 
chora-tadbirlam i ishlab chiqish uchun kerakli b o ‘ladigan m a ’lum otlam i 
yig ‘ishdir. Buxgalteriya hujjatlarining y ig ‘majildlarini bosh buxgalterlar 
(qabul qiluvchi va topshiruvchilar) tom onidan qabul qilish-topshirish 
budjet tashkiloti rahbarining b u y ru g ‘iga asosan am alga oshiriladi. 
Buyruqda buxgalteriya hujjatlarining yig ‘m ajildlarini qabul qilish- 
topshirish muddatlari ko‘rsatiladi.
B u x g alteriy a hujjatlarining y ig ‘m ajildlarini to p s h irish d a yuqo- 
ri tash k ilo tn in g bosh b u x g a lte rin in g vakili q a tn a sh ish i kerak. 
A m m o, yuqori tashkilot b osh b u x g alterin in g v ak ili k e lm a sa ham
b u x g alteriy a hujjatlarining y ig ‘m ajild larin i qabul q ilish v a to pshirish 
to ‘xtatilm ay di. A gar avvalgi b o sh bu xgalter v a fo t e tg a n lig i yoki 
bo shqa bu xgalteriya h u jja tla rin in g y ig ‘m ajild larin i 
to p sh irish d a 
q atnashishi m um kin boM m agan sab a b la r bilan la v o z im id a n ozod 
qilingan b o ‘lsa, u holda y a n g i tayinlangan b osh b u x g a lte r va 
yuqori tash k ilo t bosh b u x g a lte rin in g vakili to m o n id a n b u x g alteriy a 
h u jjatla rin in g y ig ‘m ajildlarini h a r vaqtdagi kabi ta rtib d a o d atd agi 
qabul qilish-topshirish d alo latn o m asi tuziladi.
B uxgalteriya hujjatlarining y ig ‘m ajildlarini qabul qilish-topshirish 
oldidan kassaning holati tekshiriladi. Kassani tekshirish dalolatnom asi 
buxgalteriya hujjatlarining y ig ‘m ajildlarini topshirayotgan tom onidan 
va qabul qilib oluvchi tom on idan ham da yuqori tashkilot bosh 
buxgalterining vakili tom onidan im zolanadi va buxgalteriya hujjatlarining 
y ig ‘m ajildlarini qabul qilish-topshirish dalolatnom asiga ilov a qilinadi. 
K assani tekshirish dalolatnom asi im zolangandan so ‘n g buxgalteriya 
hujjatlariningyig‘majildlarini topshirayotgan bosh buxgalter, buxgalteriya 
xizm atiga rahbarlik qilishdan chetlatiladi. Bir vaqtning o ‘zida yangi 
tayinlangan bosh buxgaltem ing to ‘lov topshiriqlariga, cheklarga va 
boshqa bank hujjatlariga im zo chekish huquqi rasm iylashtiriladi. Bu 
im zo chekish huquqi rasm iylashtirilgunga qadar b an k hujjatlariga
www.ziyouz.com kutubxonasi


avvalgi bosh buxgalter yangi tayinlangan bosh buxgaltcr nazorati ostida 
im zo chckaveradi.
B undan buyon buxgalteriya hujjatlarining y ig ‘m ajildlarini qabul 
qilayotgan 
bosh 
buxgalter buxgalteriya hisobi va 
hisobotining 
holatini tekshirish bilan birga buxgalteriya xizm atining jo riy ishiga 
rahbarlik qiladi. Buxgalteriya hujjatlarining yig‘m ajildlarini topshirish 
buxgalteriya xizm ati tom onidan oxirgi m arta topshirilgan balans asosida 
am alga oshiriladi. Qabul qilish-topshirish dalolatnom asida qaysi sana 
holatiga buxgalteriya hujjatlarining yig‘m ajildlarini topshirish am alga 
oshirilganligi k o ‘rsatilgan b o ‘lishi kerak. Buxgalteriya hujjatlarining 
y ig ‘m ajildlarini qabul qilish-topshirish jarayonida m oddiy zaxiralar 
va pul m ab lag ‘lari hisobi, balansning hisob-kitob m oddalarini hamda 
budjet tashkilotining hisobotining holati tekshiriladi.
B ux galteriya hisobining va hisobotining holati tckshirilgandan 
so ‘ng q abul qiluvchi va topshim vchi, hamda yuqori tashkilot bosh 
buxg alterinin g vakili tom onidan im zolanadigan buxgalteriya hujjatlari 
y ig ‘m ajildlarining qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuziladi.
Q abul qilish-topshirish dalolatnom asi hujjatlar bilan asoslangan 
boMishi kerak, am m o buxgalteriya hujjatlarining yig‘m ajildlarini qabul 
qilish-topshirish taftish usullari bilan amalga oshirilishi kerak emas. 
A gar buxgalteriya hujjatlarining y ig ‘majildlarini topshirish jarayonida 
suiste’m ol qilish hollari aniqlanilsa, u holda buxgalteriya hujjatlarining 
y ig 'm ajild la rin i qabul qilib oluvchi shaxs yuqori tashkilotdan hujjatli 
taftish tayinlashni talab qilish huquqiga ega b o ‘iadi. Am m o, bu 
buxgalteriya hujjatlarining y ig ‘m ajildlarini qabul qilish-topshirishni 
to ‘xtatishg a sabab b o ‘lishi m um kin emas.
T opshirayotgan qabul qilish-topshirish dalolatnom asining biror- 
bir jo y la rig a rozi b o ‘lm agan hollarda, u qabul qilish-topshirish 
dalolatnom asiga im zo chekishda tegishli dalil-isbotli izohlar qilishga 
haqlidir, yuqori tashkilot bosh buxgalterining vakili csa m azkur norozilik 
hollariga o ‘zining yozm a xulosasini bcrishi kerak. Q abul qilish- 
topshirish dalolatnom asi uch nusxada tuziladi, uning birinchi nusxasi 
budjet tashkilotining rahbariga tasdiqlash uchun beriladi, ikkinchi 
nusxasi yuqo ri tashkilotning bosh buxgalteriga yuboriladi, uchinchi
www.ziyouz.com kutubxonasi


nusxasi csa buxgalteriya hujjatlarining y ig ‘m ajildlarini topshirayotgan 
shaxsga bcriladi.
Buxgalteriya xizm atida ishlovchi har b ir xodim o ‘zining vazifa va 
m as’uliyatlarini aniq bilishi va ularning bajarilishiga jav obg ar ckanligini 
his qilishi uchun bosh buxgalter b u xgalteriya xizm atining barcha 
xodimlari uchun vazifa va m as’uliyatlarni belgilaydi.
Bosh buxgalter tashkilot tom onidan am alga oshirilayotgan ham m a 
xo ‘jalik operatsiyalarining nazoratini va bu x g alteriy a hisobi schyotlarida 
qayd qilinishini, tczkor axborotlar taqdim qilishni va belgilangan 
muddatlarda 
buxgalteriya hisobotini 
tuzishni 
ta ’m inlaydi. 
B osh 
buxgalter tashkilot rahbari bilan birgalikda m od diy qiym atliklam i va pul 
m ablag‘larini qabul qilish va bcrish h am da hisob-kitob va m oliyaviy 
raajburiyatlari va x o ‘jalik shartnom alari uchu n asos b o‘lib x izm at 
qiladigan hujjatlarga imzo chckadi. Bu h u jjatla r bosh buxgalterning 
im zosisiz haqiqiy cm as, deb hisoblanadi va ijro uchun qabul qilinm aydi. 
Imzo chekish huquqi bunga vakil qilingan shaxslarga budjct tashkiloti 
rahbarining yozm a farmoyishi bilan berilishi m um kin.
Bosh buxgalterning buxgalteriya x izm ati uchun talab q ilin adig an
hujjatlarai va m a’lumotlami rasm iylashtirishga va buxgalteriya x iz- 
matiga topshirishga doir talablari budjet tashkilotining barcha xodim lari 
uchun m ajburiy hisoblanadi. B udjct tashk ilo tin in g bosh bu xg alterig a 
shartnom a va m oliyaviy tartibga to‘g ‘ri kelm aydigan o p eratsiyalar 
bo‘yicha hujjatlam i ijroga va rasm iylashtirishga olish m an etiladi. B u n d ay
hujjatlar haqida bosh buxgalter budjct ta sh k ilo t rahbariga yozm a a x b o ro t 
beradi. B udjet tashkiloti rahbaridan y u q o rid a k o ‘rsatilgan h u jjatla m i 
hisobga qabul qilishga yozma farm oyish yoki hujjatga ikkinchi m aro tab a 
imzo olganda bosh buxgalter uni ijro ctadi. B undan so ‘ng qonunga z id
bo ‘lgan operatsiyalar amalga oshirilganligi uchun budjet tashk ilo tin ing
rahbari javob beradi.
M oddiy jav o b g ar shaxs(kassir, o m b o r m udiri va b o shq a)larn in g 
tayinlanishi, alm ashtirilishi va b o ‘shatilishi budjet tashkilotining b o s h
buxgaltcri bilan kelishilgan holda am alga oshiriladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


3. B U D JE T T A S H K I L O T L A R I X A R A JA T L A R S M E T A L A R I J J R O S I N I N G
H I S O B I G A D O I R B U X G A L T E R IY A H U J J A T L A R I
Hisob rcgistrlarida yozuvlar buxgalteriya hujjatlari asosida qilinadi. 
X o‘jalik operatsiyalarining am alga oshirilganligini va ularni amalga 
oshirishga berilgan farm oyishlam i qayd qilgan boshlang‘ich hisob 
hujjatlari buxgalteriya hisobi uchun asos b o ‘ladi. B oshlang‘ich hisob 
hujjatlari x o ‘ja lik operatsiyalari oshirilayotgan vaqtda yoki ular amalga 
oshirilgandan s o ‘ng tuziladi.
B uxgalteriya hisob in in g tezkorligini va ishonchligini ta ’minlash 
uchun hujjat m a ’lum x o ‘ja lik opcratsiyasini tavsiflaydigan ishonchli 
m a ’lum otlarga ega b o ‘lishi kcrak. Har bir hujjat o ‘zining tayinlanishiga 
to ‘la javo b berishi va yuridik kuchga ega boMishi uchun u m a ’lum 
m inim um k o ‘rsatkich(rekvizit)larga ega b o 'lish i kcrak. 

Download 8,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish