Muhammadyoqub ostonaqulov budjet hisobi



Download 8,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/88
Sana26.02.2022
Hajmi8,86 Mb.
#466573
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   88
Bog'liq
Budjet hisobi (M.Ostonaqulov)

Zak. 211
33
www.ziyouz.com kutubxonasi


Kelib tushgan summ ani mazkur budjctning daromadlariga o ‘tkazish 
uchun yetarli asos b o ‘ lm asa yoki kelib tushgan summani budjet tasnifining 
qaysi bo‘linmasiga o ‘tkazishning imkoniyati bo ‘lmasa, bunday summa 
aniqlanmagan tushum, deb ataladi.
Respublika budjetiga kelib tushgan noaniq summalar hisobi va 
aniqlanishi bilan ham da qaysi budjetning daromadiga ulaming tegishliligi 
nom a’lum bo‘lgan holatlarda bunday tushumlami aniqlash bilan bank 
muassasasi shug‘ullanadi.
Mahalliy budjetlarga kelib tushgan noaniq summalaming hisobini 
va ulami aniqlash bilan tegishli mahalliy moliya organlari olib boradi. 
Bunday mablag‘lar kelib tushganda tegishli mahalliy moliya organida 
quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D e b e t 0 1 1 - « M a h a l l i y b u d j e t m a b l a g 'l a r i d e p o z i t h i s o b v a r a g ‘i» s u b s c h y o ti;
K r e d it 041 - « A n i q l a n m a g a n t u s h u m la r » s u b s c h y o ti.
Agar bu summ alar mazkur mahalliy budjet daromadlari emasligi 
aniqlansa, u holda bu summalar qaytariladi. Aniqlanmagan tushum 
qaytarilganda tegishli mahalliy moliya organida quyidagi buxgalteriya 
provodkasi tuziladi:
D e b e t 041 - « A n i q l a n m a g a n t u s h u m la r » s u b s c h y o ti;
K r e d it 011 - « M a h a l l i y b u d j e t m a b l a g ‘lari d e p o z i t h i s o b v a r a g ‘i» s u b s c h y o ti.
Agar aniqlanmagan tushumlar sifatida hisobda turgan summa 
mazkur budjet darom adlariga tegishli ekanligi aniqlansa, u holda tegishli 
mahalliy moliya organi buxgalteriya xizmatida bu xo‘jalik operatsiyasini 
quyidagi buxgalteriya provodkasi bilan rasmiylashtiriladi:
D e b e t 041 - « A n i q l a n m a g a n t u s h u m la r » s u b s c h y o ti;
K r e d it 0 4 0 - « B u d j e t d a r o m a d l a r i » s u b s c h y o ti.
Aniqlanmagan tushumlar mahalliy budjetning hisobvarag‘iga kelib 
tushgan kunidan boshlab bir oy mobaynida, dekabr oyida kelib tushganlari 
esa 31 dekabrgacha aniqlanilmasa, u holda bu summalar 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Davlat budjeti tasnifining 12*«Yig‘imlar va har xil nosoliq 
daromadlar» bo‘limining 25-«Boshqa tushumlar» paragrafi bo‘yicha 
daromadlarga o‘tkaziiadi. Mahalliy moliya organi buxgalteriya xizmatida bu 
xo‘jalik operatsiyasi bo ‘yicha quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
www.ziyouz.com kutubxonasi


D e b e t 0 4 1 ■ « A n i q l a n m a g a n t u s h u m l a r » s u b s c h y o ti;
K r e d it 0 4 0 - « B u d j e t d a r o m a d l a r i » s u b s c h y o ti.
2.3. Vaqtincha mahalUy budjet daromadlariga
oHkazilgan sum m alar hisobi
042-«Vaqtincha mahalliy budjet daromadlariga o ‘tkazilgan sum­
malar» subschyotiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat budjetiga 
va mahalliy budjetlarga umumdavlat soliqlari va daromadlaridan 
ortiqcha ajratilgan summalar b o ‘yicha respublika budjetiga bo‘lgan 
majburiyatlar yil oxiridagi yakuniy operatsiyalar yordamida hisobga 
olinadi. Yil mobaynida ushbu budjetlarga ortiqcha qilingan ajratmalar 
summalari «Daromadlar» kitobining (5-shakl) alohida qatorida 040- 
«Budjet daromadlari» subschyotida hisobga olinadi. 0 ‘tgan yil bo‘yicha 
umumdavlat soliq va daromadlaridan mahalliy budjetlar tomonidan 
olingan ortiqcha ajratmalar bo‘yicha qarzlami to 'lash (qaytarish) uchun 
yangi yilda 0 ‘zbekiston Respublikasi bank m uassasalari tomonidan 
mahalliy budjet mablag‘lari depozit hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan 
summalar 042-«Vaqtincha mahalliy budjet darom adlariga o‘tkazilgan 
summalar» subschyotining debetiga o ‘tkaziladi.
2.4. Darom adiarning analitik hisobi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat budjeti va m ahalliy budjetlarga 
kelib tushgan daromadlar va aniqlanmagan tushum lar summalarining 
analitik hisobi «Daromadlar» kitobida (5-shakl) olib boriladi. Uning 
«mundarija» qismida, mazkur budjetga kelib tushadigan daromadiarning 
barcha turlari, y a’ni budjet tasnifining bo‘limi, bobi va paragrafi, 
daromadning har bir turining to 'liq nomi va kitobda darom adning u yoki 
bu turiga berilgan kitob varaqlarining raqami k o ‘rsatiladi.
Davlat budjeti daromadlarining analitik hisobi asosida, bu hisob 
qaysi moliya organiga yuklatilganligidan qat’iy nazar, budjet daromadlari 
tasnifi yotadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat budjeti va m ahalliy budjetlar 
daromadlarining analitik hisobini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
Moliya vazirligi va mahalliy (viloyat, shahar, tuman) m oliya organlari
3 5
www.ziyouz.com kutubxonasi


amalga oshiradi. Analitik hisob daromadlarning har bir tun bo ‘yicha 
alohida-alohida budjet daromadlari tasnifining har bir bo‘limi bo‘yicha 
olib boriladi.
M em orial-order va kelib tushgan daromadlar to‘g‘risidagi m a’lumot- 
nomalarga asosan bu kitobning «Kredit» ustuniga, har bir daromad turi 
uchun belgilangan qatorlar b o ‘yicha yozuvlar qilinadi. Davlat soliqlari 
va darom adlaridan ortiqcha ajratilgan summalar ushbu kitobga alohida 
qator b o ‘yicha yoziladi. Noto‘g‘ri yoki ortiqcha tushgan daromadlar, 
«Debet» ustunida xronologik tartibda yoziladi. Bu yozuvda memorial- 
ordeming tartib raqami, daromadlarning bo‘limi, bobi, paragrafi 
hamda summ asi ko‘rsatiladi. Oy tugashi bilan ushbu opcratsiyalar bir 
xil alom atlarga ega bo‘lgan daromadlarning qaytarilgan summalari 
bo‘yicha operatsiyalar debet «Oy bo‘yicha jami» ustunining tegishli 
qatorlarida, har bir daromad turi bo'yicha qaytarilgan umumiy 
summalar tartiblashtiriladi, so‘ngra joriy oy bo'yicha, yil boshiga va 
040-«Budjet daromadlari» subschyoti bo'yicha jam i hisoblab chiqiladi. 
Qaytarilayotgan summa mazkur daromad turi bo‘yicha yil boshidan 
buyon tushgan tushumlardan oshib ketgan hollarda (masalan, tugagan 
yil uchun qayta hisoblashlar bo‘yicha yil boshida qaytarilganda) hosil 
bo‘lgan m anfiy qoldiq «Yil boshidan jami» ustuniga qizil siyoh bilan 
yoziladi. Aniqlanmagan tushumlar summasi «Daromadlar» kitobiga 
(5-shakl) 041-«Aniqlanmagan tushumlar» subschyoti bo‘yicha yoziladi. 
Kitobning bir varag‘idagi qatorlar soni oylik opcratsiyalarni yozish uchun 
yetarli bo‘lmasa, u holda olingan daromadlar alohida turlari bo‘yicha 
kitobning keyingi varaqlaridan foydalaniladi.
M am lakat respublika budjcti darom adlarining kundalik analitik 
hisobini y u ritish bank m uassasalariga yuklatilgan. Bank m uassasalari 
budjet 
darom adlari 
tasnifining 
hamma bo ‘linmalari 
bo ‘yicha 
respublika budjeti darom alarining analitik hisobini olib boradi va har 
oyda respu b lika budjetiga tushgan darom adlar haqida hisobotni tuzib, 
0 ‘zbekiston R espublikasi M oliya vazirligiga taqdim etadi. 0 ‘zbekiston 
R cspublikasi M oliya vazirligida 0 ‘zbekiston Respublikasi M arkaziy 
banki h iso b o tig a asosan, tugagan oyning budjet tasnifining hamma 
b o ‘linm alari um um iy jam i b o ‘yicha «Daromadlar va xarajatlar hisobi
www.ziyouz.com kutubxonasi


uchun har oylik vedom ost(yoki kitob)lar»da (5-m f-shakl) tugagan oy 
uchun daromadlarni analitik hisobi olib boriladi. «D arom adlar va 
xarajatlar hisobi uchun har oylik vedom ost(yoki kitob)lar» (5-mf- 
shakl) asosida m cm orial-order tuziladi, so ‘ng «B osh-jurnal» kitobiga 
(1-shakl) yoziladi.

Download 8,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish