Muhammadyoqub ostonaqulov budjet hisobi



Download 8,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/88
Sana26.02.2022
Hajmi8,86 Mb.
#466573
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   88
Bog'liq
Budjet hisobi (M.Ostonaqulov)

Zak. 211
4 9
www.ziyouz.com kutubxonasi


budjet mablag‘lari oluvchilam ing xarajatlarini to‘lashga o ‘tkazib bcrilgan 
mablag‘lar qayd qilinadi.
S avol va to p s h lriq la r
1. Mahalliy m oliya organlarida mahalliy budjetlarga tushgan daromadlar 
summasiga qa n d a y buxgalteriya provodkasi tuziladi?
2. Mahalliy m oliya organlarida mahalliy budjet daromadlariga ortiqcha 
tushgan va m ahalliy moliya organi tom onldan soliq to'lovchilarga 
qaytarilgan sum m alarga qanday buxgalteriya provodkasi tuziladi?
3. Mahalliy m oliya organlarida mahalliy budjet daromadlariga kelib tushgan 
noaniq sum m alarga qanday buxgalteriya provodkasi tuziladi?
4. Mahalliy m oliya organlarida mahalliy budjet darom adlariga aniqlanmagan 
tushum sifatida kelib tushgan summalar haqiqatda muayyan budjetning 
daromadi ekanligi aniqlanganda bu sum m aga qanday buxgalteriya 
provodkasi tuziladi?
5. Mahalliy m oliya organlarida mahalliy budjet darom adlariga aniqlanmagan 
tushum sifatida kelib tushgan summalar haqiqatda muayyan budjetning 
daromadi em asligi aniqlansa va bu summa soliq to'lovchilarga qaytarilgan 
bu summaga q a n d a y buxgalteriya provodkasi tuziladi?
6. Mahalliy budjetga 
umumdavlat soliqlari va daromadlaridan bel- 
gilangan m e ’y o rla r asoslda ajratmalar qilinganda mahalliy moliya 
organi buxgalteriya xizmatida bu qilingan ajratma summasiga qanday 
buxgalteriya provodkasi tuziladi?
7. Mahalliy budjet darom adlariga yil davomida umumdavlat soliqlari va 
darom adlaridan ortiqcha ajratmalar qilinganligi aniqlanda va yil oxirida bu 
summani qaytarlb berishga mahalliy budjetning bankdagi hisobvarag'ida 
mablag* bo'lm aganda, bu ortiqcha tushgan ajratmalar summasiga 
qanday buxgalteriya provodkasi tuziladi?
8. Kefgusi yili, o 'tg a n yili mahalliy budjet darom adlariga ortiqcha o ’tkazilgan 
va vaqtlncha m ahalliy budjet daromadlariga o'tkazilgan summalar, 
mahalliy budjetning bankdagi hisobvarag'iga kelib tushgan birlnchi 
darom adlardan respublika budjeti hisobiga o'tkazib berilganda qanday 
buxgalteriya provodkasi tuziladi?
9. Mahalliy m oliya organida budjet mablag'larlni bosh tasarruf qiluvchilarnlng 
hisobotlariga asosan ular tomonidan amalga oshirilgan kassa xarajatlari 
summasiga qa n d a y buxgalteriya provodkasi tuziladi?
10. Mahalliy m oliya organida budjet mablag'larini bosh tasarruf qiluvchilarning 
bankdagi hisobvaraqlaridan a w a l berilgan budjet mablag'lari qaytarib 
olinganda qa n d a y buxgalteriya provodkasi tuziladi?
www.ziyouz.com kutubxonasi


T O ‘ R T I N C H I B O B .
M O L I Y A O R G A N L A R 1 D A D A V L A T B U D J E T I D A N
M O L I Y A L A S H T I R I S H V A D A V L A T B U D J E T 1
X A R A J A T L A R I H I S O B I
1. B U D J E T D A N M O L I Y A L A S H T I R I S H H I S O B I T U S H U N C H A S I
Davlat budjctining asosiy qismi xalq xo'jaligi va ijtimoiy-madaniy 
tadbirlami 
moliyalashtirishga 
yo‘naltiriladi. 
Tasdiqlangan 
davlat 
budjctida ko‘zda tutilgan hamma tadbirlarning o ‘z vaqtida va tolla 
moliyalashtirishni amalga oshirish moliya organlarining asosiy vazifasi 
hisoblanadi. Bu vazifani bajarish uchun moliyalashtirish va budjet 
xarajatlarining tayinlanishi b o ‘yicha amalga oshirish, buxgaltcriya 
hisobini to‘g‘ri tashkil qilish lozim boMadi.
Budjctdan mablag‘lar xo‘jalik yurituvchi subycktlarga va budjet 
tashkilotlariga budjet bo‘yicha tasdiqlangan sum m alar doirasidagina 
beriladi.
Ayrim-ayrim tadbirlarga sa rf qilinishi m o‘ljaIlanib budjet bo‘yicha 
tasdiqlangan xarajatlar summalari budjet m ablag‘!ari (ajratmalari), deb 
ataladi.
Davlat budjctidan xo‘jalik yurituvchi subyektlar va budjet tashki- 
lotlarini moliyalashtirish bank muassasalari orqali am alga oshiriladi.
Davlat budjctidan moliyalashtirish deganda budjet mablag‘larini 
tasarruf qiluvchilarga tasdiqlangan budjetda ko‘zda tutilgan xarajatlarni 
amalga oshirish uchun budjetdan mablag‘ berish tushuniladi.
2. B U D J E T M A B L A G 'L A R I N I T A S A R R U F Q I L U V C H I L A R ,
U L A R N I N G H U Q U Q L A R 1 V A M A J B U R I Y A T L A R I
0 ‘z ixtiyoriga maqsadli tayinlanish bo‘yicha sarflash uchun budjctdan 
mablag' oluvchi tashkilotlaming rahbarlari budjet m ablag‘larini tasarruf 
qiluvchilar hisoblanadi. Ularga berilgan huquqlar, javobgarlik va 
m as’ulligi bo‘yicha budjet m ablagiarini tasarruf qiluvchilar respublika 
budjeti bo‘yicha uch darajaga b o ‘linadi, ya’ni:
1. Budjet mablag‘larini bosh tasarruf qiluvchilar.
2. Budjet mablag‘larini ikkinchi daraja tasarruf qiluvchilar.
www.ziyouz.com kutubxonasi


3. Budjet m ablag‘larini uchinchi daraja tasarruf qiluvchilar.
Ularga bcrilgan huquqlar, javobgarlik va m as’ulligi bo‘yicha mahalliy 
budjctlar bo ‘yicha budjet mablagMarini tasarruf qiluvchilar ikki darajaga 
boMinadi, y a ’ni:
1. Budjet mablagMarining bosh tasarruf qiluvchilari.
2. Budjet m ablag‘larini uchinchi daraja tasarruf qiluvchilar.
0 ‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti hamda Qoraqal-
pog‘iston Respublikasi budjeti bo‘yicha budjet mablagMarini bosh tasarruf 
qiluvchilar vazirliklar, idoralar va boshqa markaziy tashkilotlaming 
rahbarlari hisoblanadi.
M ahalliy budjetlar bo‘yicha budjet mablagMarini bosh tasarruf 
qiluvchilari hokimiyatlaming boshqarma(bo‘lim) boshliqlari hisob­
lanadi.
Budjet m ablag‘larini ikkinchi daraja tasarruf qiluvchilar tasarrufida 
tashkilotlari b o ‘lgan tashkilotlaming rahbarlari hisoblanadi.
Budjet mablagMarini bosh va ikkinchi daraja tasarruf qiluvchilari 
tasarrufidagi tashkilotlaming rahbarlari budjet mablagMarini uchinchi 
daraja tasarruf qiluvchilari hisoblanadi. Budjet m ablagiarini uchinchi 
daraja tasarru f qiluvchilarga budjetdan olgan budjet mablagMarini 
mustaqil sarflash huquqi bcrilgan. Mahalliy budjetlar bo‘yicha budjet 
mablagMarini tasarruf qiluvchilaming ikki darajaga boMinishi mahalliy 
organlaming ikki b o ‘gMnga boMinishi bilan bogMiqdir.
Quyi darajadagi budjet mablagMarini tasarruf qiluvchilar, ularga 
bcrilgan huquq doirasiga qarab quyidagilarga boMinadi:
1) budjet mablagMarini tasarruf qiluvchilar tomonidan budjet 
tashkilotlari xarajatlari uchun, shuningdek budjet mablagMarini quyi 
budjet tashkilotlari o ‘rtasida taqsimlash uchun o‘tkaziladigan budjet 
mablagMarini oladigan, mustaqil smctaga ega boMgan tashkilotlar 
rahbarlari;
2) budjet mablagMarini tasarruf qiluvchilar tomonidan smetada 
ko‘rsatilgan tadbirlarbo‘yichaqilinadigan xarajatlar uchun o‘tkaziladigan 
budjet mablagMarini oladigan, mustaqil smetaga ega boMgan tashkilotlar 
rahbarlari.
www.ziyouz.com kutubxonasi


3 . M O L I Y A O R G A N L A R I D A O lZ B E K I S T O N R E S P U B L I K A S I R E S P U B L I K A
B U D J E T I B O ‘Y I C H A M O L I Y A L A S H T I R I S H H I S O B I
0 ‘zbekiston Rcspublikasining rcspublika budjetidan respublika 
ahamiyatiga ega bo‘lgan xarajatlar moliyalashtiriladi.
Respublika 
budjetidan 
moliyalashtirish 
yuqorida 
keltirilgan 
xarajatlami mablag‘ bilan ta ’minlash «Tayinlash scrtifikati»ni tuzish 
yo‘li bilan 0 ‘zbckiston Respublikasi Moiiya vazirligi tomonidan 
taqdim qilingan to‘lov topshiriqnomalariga asosan M arkaziy bankning 
Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob kassa markazida 
ochilgan Moiiya vazirligining 23402 «Respublika budjcti m ablag‘lari» 
depozit hisobvarag‘idagi qoldiq doirasida amalga oshiriladi. 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Moiiya vazirligi tomonidan taqdim qilingan to‘lov 
topshiriqnomalari «to‘lov maqsadi»da xarajatlaming b o ‘limi, bobi, 
paragrafi va qaysi oy uchun moliyalashtirilganligi ko‘rsatiladi. To‘lov 
topshiriqnomasidagi jadvalda xarajatlar guruhlar b o ‘yicha ko'rsatiladi, 
bunda birinchi guruh xarajatlari turi, hisobi va analitik hisobi yoyilmalari 
bo‘yicha ko‘rsatiladi.
0 ‘zbckiston Respublikasi M oiiya vazirligi tom onidan Respublika 
budjetidan kapital q o ‘yilm alarga ajratm alar jo riy budjet yili 
uchun tasdiqlangan Rcspublika investitsiya dasturiga muvofiq 
qurilishlarning aniq ro‘yxatlariga va amaldagi qonun hujjatlariga 
muvofiq ajratiladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi M oiiya vazirligi tom onidan kapital 
qo‘yilmalar xarajatlarini moliyalashtirish uchun ajratilgan m ablag‘lami 
kirim qilish maqsadida, vazirlik va tashkilotlarga 23422 «Respublika 
budjetidan 
moliyalashtirish» 
hisobvaraqiari 
faqat 
0 ‘zbckiston 
Respublikasi Markaziy bank Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob- 
kitob kassa markazida va Respublika tijorat banklarining am aliyot Bosh 
boshqarmalarida ochiladi.
Respublika budjetidan kapital q o ‘yilmalar xarajatlarini m oliya­
lashtirish uchun mablag1 lar 0 ‘zbekiston Respublikasi Moiiya vazirligining 
to‘lov topshiriqnomasiga asosan vazirlik va budjet tashkilotlarining 
23422 «Respublika budjetidan 
moliyalashtirish» hisobvaraqlariga 
o ‘tkaziladi,
www.ziyouz.com kutubxonasi


Investitsiya dasturlarini moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag‘lar 
bo‘yicha «Tayinlash sertifikati» (12-shakl) 0 ‘zbekiston Respublikasi 
M oliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Rcspublika budjetida turuvchi budjet tashkilotlami moliyalashtirish 
m aqsadida Moliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan to‘lov topshiriq- 
nomalari «to‘lov maqsadi»da xarajatlaming bo‘limi, bobi, paragrafi 
va 
qaysi 
oy 
uchun 
moliyalashtirilganligi 
ko‘rsatiladi. 
To‘lov 
topshiriqnomasidagi jadvalda xarajatlar guruhlar b o ‘yicha ko‘rsatiladi, 
bunda birinchi guruh xarajatlari turi, hisobi va analitik hisobi yoyilmalari 
b o ‘yicha ko‘rsatiladi.
Respublika budjetida turuvchi budjet tashkilotlami moliyalashtirish 
m aqsadida Moliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan to‘lov topshi- 
riqnom alari «to‘lov maqsadi»da xarajatlaming bo‘limi, bobi, pa­
ragrafi va qaysi oy uchun moliyalashtirilganligi ko‘rsatiladi. ToMov 
topshiriqnomasidagi jadvalda xarajatlar guruhlar bo‘yicha ko‘rsati!adi, 
bunda birinchi guruh xarajatlari turi, hisobi va analitik hisobi yoyilmalari 
b o ‘yicha ko‘rsatiladi.
R espublika budjctidan kapital q o ‘yilmalarni m oliyalashtirish uchun 
ajratilgan m ablaglar qoldiqlari moliyaviy yil oxirida olib q o ‘yilmaydi 
va keyingi moliyaviy yilda, budjetdan m oliyalashtiriladigan limit 
doirasida ishlatiladi. Keyingi moliyaviy yil uchun tasdiqlangan 
R espublika investitsiya dasturiga budjet m ablag‘lari qoldiqlari mavjud 
b o ‘lgan obyektlar kiritilm agan bo ‘lsa, ushbu m ablag‘lar qoldiqlari 
ishlatilm asdan Respublika b ud jetig a qaytariladi. K apital q o ‘yilma!arni 
m oliyalashtirish uchun ajratilgan mablagMar qoldiqlarini keyingi 
m oliyaviy yilda ishlatish uchun moliya organlarining alohida nixsati 
b o ‘lishi lozim.
0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bank muassasalariga kapital 
qo‘yilmalar bo‘yicha xarajatlami budjetdan moliyalashtirish uchun pul 
mablagMari o'tkazib beradi. Bank muassasalarining ko‘chirmalari va tegishli 
hujjatlar asosida 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida yuqorida 
keltirilgan operatsiyaga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D e b e t 0 1 3 - « 0 ‘z b e k is to n
R e s p u b l i k a s i
b a n k
m u a s s a s a l a r i d a g i
k a p ita l 
q o 'y i l m a l a r v a b o s h q a ta d b ir la m i m o li y a l a s h t i r i s h u c h u n b u d je t 
m a b l a g 'l a r i h i s o b v a r a g 'i » s u b s c h y o ti;
www.ziyouz.com kutubxonasi


K re d it 0 1 0 - « R e s p u b lik a b u d je ti m a b la g 'la r i d e p o s i t h i s o b v a r a g 'i» su b sc h y o ti.
Kapital qo'yilm alar xarajatlari uchun bank muassasalarida kapital 
qo‘yilmalarga ochilgan kreditlar qaytarib olinganda 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligida quyidagi buxgalteriya provodkasi 
tuziladi:
D e b e t 0 1 0 - « R e s p u b lik a b u d je ti m a b la g 'la r i d e p o z it h is o b v a r a g ‘i» s u b s c h y o ti;
K r e d it 0 1 3 - « O 'z b e k i s t o n
R e s p u b lik a s i 
b a n k
m u a s s a s a l a r i d a g i
k a p ita l 
q o ‘y i l m a l a r v a b o s h q a t a d b i r la m i m o l i y a l a s h t i r i s h u c h u n b u d je t 
m a b l a g 'l a r i h i s o b v a r a g 'i » s u b s c h y o t i .
4 . 
Q O R A Q A L P O G ‘l S T O N R E S P U B L I K A S I B U D J E T I
V A M A H A L L I Y B U D J E T L A R D A N M O L I Y A L A S H T I R I S H H I S O B I
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkcnt shahri aha- 
miyatiga ega bo‘lgan xarajatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan 
va mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va m ahalliy budjetlardan 
moliyalashtirish uchun tegishli moliya organlari tomonidan budjet 
mablag'lari oluvchilaming bank muassasalaridagi talab qilib olgunga 
qadar depozit hisobvaraqlariga toMov topshiriqnomalari bo‘yicha budjet 
mablag‘larini o‘tkazish y o ‘li bilan amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjctlarda turuvchi 
budjet mablag‘larini bosh tasarruf qiluvchilaming bank muassasalaridagi 
talab qilib olgunga qadar depozit hisobvaraqlariga budjet mablag‘larini 
bosh tasarruf qiluvchilami saqlashga sarflanadigan mablag‘lami alohida, 
budjet mablag'lanni bosh tasarruf qiluvchilaming tasarrufidagi budjet 
tashkilotlariga o‘tkazib beriladigan hamda markazlashtirilgan tadbirlar 
uchun sarflanadigan mablag‘lami alohida qilib moliya organlarini to‘lov 
topshiriqnomalari bilan o‘tkazib beriladi.
0 ‘tkazib berilgan budjet mablagMari summ alariga Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Moliya vazirligida va mahalliy m oliya organlarida quyidagi 
buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D e b e t 0 1 4 - « M a h a l l iy b u d j c t l a m i n g b u d j e t m a b l a g 'l a r i b o 'y i c h a b u d j e t
m a b l a g 'l a r i o l u v c h i l a m i n g d e p o z i t h i s o b v a r a q l a r i » s u b s c h y o ti;
K r e d it 0 1 1 - « M a h a lliy b u d je t m a b l a g 'l a r i d e p o z i t h i s o b v a r a g 'i » s u b s c h y o ti.
55
www.ziyouz.com kutubxonasi


Qoraqalpog‘iston Rcspublikasi budjeti va mahalliy budjetlardan bank 
muassasalari orqali kapital q o ‘yilmalami moliyalashtirish mamlakatning 
respublika budjetidan kapital qo‘yilmalami moliyalashtirishda qoMlanila- 
digan usul bilan amalga oshiriladi.
QoraqalpogMston Rcspublikasi budjeti va mahalliy budjctlar 
hisobidan kapital q o ‘yilmalar xarajatlarini moliyalashtirish maqsadida 
ajratilgan mablagMar invcstitsiya dasturida belgilangan har bir yo‘nalish 
bo‘yicha alohida ochilgan 23424 «Mahalliy budjetdan moliyalashtirish» 
hisobvarag‘iga o ‘tkaziladi va o‘matilgan tartibda to‘lovlar amalga 
oshiriladi. 
QoraqalpogMston 
Rcspublikasi 
budjeti 
va 
mahalliy 
budjetlardan ajratilgan kapital qo‘yilmalar xarajatlarini moliyalashtirish 
to‘g ‘risidagi hisobot banklar tomonidan o ‘rnatilgan tartibda moliya 
organlariga taqdim etiladi.
Kapital q o ‘yilm alar xarajatlari uchun mahalliy moliya organlari 
bank 
m uassasalariga 
kapital 
qo‘yilmalar 
bo‘yicha 
xarajatlami 
budjetdan m oliyalashtirish uchun pul mablagMari oMkazib beradi. 
Bank m uassasalarining ko‘chirmalari va tegishli hujjatlar asosida 
QoraqalpogMston Rcspublikasi Moliya vazirligida hamda mahalliy 
moliya organlarida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D e b e t 0 1 3 - « 0 ‘z b e k i s t o n
R c s p u b lik a s i 
b a n k
m u a s s a s a la r id a g i 
k a p ita l 
q o ‘y i l m a l a r v a b o s h q a t a d b i r la m i m o liy a la s h tir is h u c h u n b u d je t 
m a b la g M a ri h is o b v a ra g M » s u b s c h y o ti;
K r e d i t 0 1 1 - « M a h a l l i y b u d je t m a b la g M a ri d e p o z i t h is o b v a ra g M » s u b s c h y o ti. 
QoraqalpogMston Rcspublikasi budjeti vamahalliybudjetlardankapital 
qo‘yilmalar xarajatlari uchun bank muassasalarida kapital qo‘yilmalarga 
o ‘tkazib berilgan m ablag‘ qaytarib olinganda bank muassasalarining 
ko‘chirmalari va tegishli hujjatlar asosida QoraqalpogMston Respublikasi 
Moliya vazirligida va mahalliy moliya organlarida quyidagi buxgalteriya 
provodkasi tuziladi:
D e b e t 0 1 1 - « M a h a l l i y b u d je t m a b la g M a ri d e p o z i t h iso b v a ra g M » s u b s c h y o ti; 
K r e d it 0 1 3 - « O ‘z b e k i s t o n
R c s p u b lik a s i 
b a n k
m u a s s a s a la r id a g i 
k a p ita l 
q o ‘y i l m a l a r v a b o s h q a t a d b i r la m i m o liy a la s h tir is h u c h u n b u d je t 
m a b la g M a r i h is o b v a ra g M » s c h y o ti.
QoraqalpogMston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlardan 
moliyalashtirish summalari va ular o ‘zgarishining analitik hisobi «Budjet
www.ziyouz.com kutubxonasi


mablag‘lari oluvchilaming budjet mablagMari bo‘yicha talab qilib olgunga 
qadar dcpozit hisobvaraqlari va kassa xarajatlari» kitobida (3-shakl) amalga 
oshiriladi. Bu kitobda Qoraqalpog‘iston Rcspublikasi M oliya vazirligida 
va mahalliy moliya organlarida: 013-«0‘zbekiston Rcspublikasi bank 
muassasalaridagi kapital qo‘yilmalamivaboshqatadbirlami moliyaiashtirish 
uchun budjet mablagMari hisobvaragM» subschyotida hisobga olinadigan 
kapital qo‘yilmalar va boshqa tadbirlami moliyaiashtirish uchun budjet 
mablag‘lari, ulaming mavjudligi va holati; 014-«Mahalliy budjetlaming 
budjet mablagMari bo‘yicha budjet mablagMari oluvchilaming dcpozit 
hisobvaraqlari» subschyotida hisobga olinadigan budjet mablagMarini 
oluvchilaming bank muassasalaridagi budjet mablagMari b o kyicha talab 
qilib olgunga qadar asosiy depozit hisobvaraqlaridagi mablagMari, ulaming 
mavjudligi va holati; 020-«Budjet xarajatlari» subschyotida Qoraqalpo- 
gMston Rcspublikasi budjeti va mahalliy budjctlar bo‘yicha kassa xarajat- 
larining analitik hisobi olib boriladi.
Ortiqcha moliyalashtirishning oldini olish maqsadida, moliyaiashtirish 
bo‘yicha toMov topshiriqnomalari mahalliy m oliya organlarining 
buxgalteriya xizmatlari tomonidan budjet mablagMari oluvchilaming 
talab qilib olgunga qadar dcpozit hisobvaraqlari va kassa xarajatlari 

Download 8,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish