Muhammadiyev asadbekning jahon tarixi fanidan tayyorlagan



Download 4,08 Mb.
bet1/3
Sana29.04.2022
Hajmi4,08 Mb.
#593609
  1   2   3
Bog'liq
Hindiston Milliy Kongressining tashkil topishi va uning faoliyati


TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI
3-KURS 304-GURUH TALABASI
MUHAMMADIYEV ASADBEKNING
JAHON TARIXI
FANIDAN TAYYORLAGAN
TAQDIMOTI

Hindiston Milliy Kongressining tashkil topishi va uning faoliyati
XIX asrning so’nggi choragida Hindistonda
kapitalistik munosabatlar rivojlana boshladi. 1877 yilda
mamlakatda 51 ta to’qimachilik fabrikasi bor edi. Lekin
mustamlakachilik zulmi Hindistonda milliy
kapitalizmning rivojlanishiga to’sqinlik qilardi.
Mamlakatda sanoat rivojlanishi juda sekinlik bilan
bordi. Sanoatning asosan engil sanoat tarmog’i
rivojlana bordi. Iqtisodiyotda Britaniya sarmoyasi
hukmron mavqega ega edi.
Hindistonda kapitalistik munosabatlarning zaif
rivojlanganligiga qaramay bu yerdamilliy burjuaziya
va ishchilar sinfi shakllandi.
Hindistondagi turli xalqlarda burjuaziyaning
shakllanishi bir tekis bormadi. Dastlab bir necha
millatlarda yirik kapitalistlar shakllandi, ular jumlasiga
Gujarot, bengal, maratx, tamil burjuaziyasini kiritish
mumkin. Rajastondan chiqqan marvariy burjuaziyasi
ham iqtisodda katta mavqega ega edi.
Kapitalizm rivojlanib borgani sari Hindistondagi
turli millat burjuaziyasi o’rtasidagi ziddiyatlar kuchaya
bordi.
Kapitalizmning rivojlanishi, mamlakat ichida
iqtisodiy aloqalarning kuchayishi Hindistonda burjua
millatining tashkil topish jarayonini kuchaytirdi. YUz
yillar davomida o’zaro madaniy, siyosiy, iqtisodiy
aloqaga ega bo’lgan Hindiston xalqlarini ingliz
mustamlakachilariga qarshi qaratilgan umumiy nafrat,
qahr-g’azab birlashtirib turardi.
Shu asosda chet ellik bosqinchilarga qarshi
qaratilgan umumhindiston burjua-milliy harakati
vujudga kelishi uchun shart-sharoit yaratildi.
Milliy burjuaziya vujudga kelishi bilan burjua-
millatchilik mafkurasi ham yoyila boshladi. 70-yillarda
mamlakatda yoki chet ellarda Yevropacha ta’lim olgan
uncha ko’p bo’lmagan ziyolilar qatlami vujudga keldi.
Ular orasidan burjua-millatchilik g’oyalarini targ’ib
qilgan ma’rifatparvarlar va islohotchilar etishib chiqdi.
Ular jumlasiga Said Ahmadxon, iqtisodchi Dadabxay
Naoroji, iqtisodchi va tarixchi Maxadev Govind
Ranade, Surendra Natx Bannerji, yozuvchi
Bonkimchondro Chatterji va boshqalar kiradi.
Dehqonlar stixiyali chiqishlarining kuchayishi va
burjua-millatchilik harakatining paydo bo’lishi ingliz
mustamlakachilarini Hindistondagi reaktsiya kuchlari-
knyazlar, pomeshchiklar, kompradorlar bilan yanada
yaqinlashtirdi, ular milliy zulm va terror siyosatini
kuchaytirdilar.
1877 yilda Dehlida ingliz qirolichasi Viktoriya
Hindiston imperatritsasi deb e’lon qilindi.
Hindistonning barcha yerlaridan yetib kelgan knyazlar
qirolicha Viktoriyaga sodiqlik to’g’risida qasamyod
qildilar.
Hindistondagi ingliz ma’muriyati 1878 yilda
mamlakatda milliy tillarda chiqadigan matbuot
to’g’risida qonun qabul qildi va matbuot ustidan qattiq
nazorat o’rnatdi.
1879 yilda o’q otar qurollar to’g’risida qonun qabul
qilinib, unga ko’ra dehqonlarga hatto ov miltig’ini
saqlash ham taqiqlab qo’yildi.
Shu bilan birga Hindistondagi ingliz ma’muriyati
xalq ommasini chalg’itish uchun ba’zi bir tadbirlarni
amalga oshirdi.
80-yillar boshida mahalliy o’z-o’zini boshqarish
to’g’risida qonun qabul qilinib, unga binoan shahar
munitsipalitetlari o’ziga to’q shaharliklar tomonidan
saylanadigan bo’lsada, amalda hokimyat avvalgidek
inglizlardan bo’lgan shahar hokimi qo’lida edi. 1892
yilda hind qonun chiqaruvchi kengashlari to’g’risida
qonun qabul qilindi. Avval bunday kengashlar faqat
inglizlardan tashkil topgan bo’lsa, endilikda unga
hindlar ham kiritiladigan bo’ldi.
Burjua-millatchilik harakati paydo bo’lganligini va
umumhindiston milliy tashkilotining muqarrar ravishda
tashkil topishini hisobga olgan ingliz
mustamlakachilari Hindiston mulkdor sinflarining
siyosiy faoliyatini o’zlari uchun foydali bo’lgan
tomonga burishga va ularnio’zlari tomonga og’dirib
olishga harakat qildilar.
1884-1888-yillarda Hindistonni boshqargan ingliz
vitse-qiroli Dafferin yirik hind jamoat arboblari bilan
aloqa o’rnatib, umumhindiston legal siyosiy tashkilot
tuzilishiga halaqit bermasligini bildirdi.
1885 yil 28 dekabrda Bombeyda tantanali holda
Hindiston Milliy Kongressiga asos solgan ta’sis s’ezdi
ochildi.
Delegatlarning deyarli yarmini burjua ziyolilari
yuqori qatlamining vakillari tashkil etardi, qolgan
yarmi esa sanoatchilar, savdogarlar, pomeshchiklardan
iborat edi. Delegatlar nutqlarida ingliz mustamlaka
hokimyatiga hayrihohlik aks etib turardi.
Milliy Kongressning o’sha vaqtdagi nizomida
Hindistondagi inglizlar va hindlarning teng huquqliligi
va o’z-o’zini boshqarish huquqini berish talabi o’rin
olgan edi.
Bu maqsadlarga tinchlik va konstitutsion vositalar
orqali, islohotlar yo’li bilan erishish ko’zda tutilgan edi.

Download 4,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish