Muhammad Yusuf tavalludida bag`ishlangan
I Boshlovchi: Xayolimdek abad ozod sabolardan salom sizga
Kuychi ko`nglim kabi mahzun navolardan salom sizga
II Boshlovchi: Ming so`z aytsam topib aybin mudom aksin aylagaysiz,
Tosh yurakka tegib qaytgan sabolardan salom sizga
I Boshlovchi: Jing`il ichinda o`grilib,o`grilib sayraydi bulbul,
Nolasi beadog’ umri adolardan salom sizga .
II Boshlovchi: Nahotki, bemuruvvatlik kishini boy etar oxir,
Tabassum deb qo`l uzatgan gadolardan salom sizga
I Boshlovchi: Jabr ustiga jafolar quyib havolandi dilbar
Jafolardan salom sizga,navolardan salom sizga
II Boshlovchi: Necha dil berdimu Iqbol, necha bor tavbalar etdim,
Haqiqatdan zavqi ustun xatolardan salom sizga.
I Boshlovchi: Adabiyot-shunday bir chamanzorki,
Unda gul ko`p, chechak ko`p
II Boshlovchi: Bu chamanzorda bir-biriga o`xshamagan, bir-birini takrorlamaydigan shoirlar avlodi qayta-qayta bo`y cho`zaveradi.
I Boshlovchi: Shu chamanzorning xushxon bulbuli bo`lib, shoirlar-kuygan ko`ngillar nolasi, g`arib onalarning g`arib bolasi, deb kuylagan edi Muhammad Yusuf.
II Boshlovchi: Jami buyuklarning buyugi ular,jami bechoralar ham bechorasi ,deb
so`ylardi Muhammad Yusuf.
I Boshlovchi: Shoirlar-ohular o`tlar dalasi, dardli ko`ngillarning dardli qal`asi, deb
o`rtanardi Muhammad Yusuf.
II Boshlovchi: Ular kulbasidan do`zah bir qadam,jannat-ular ikki qoshin orasi, deb
iftixor etardi Muhammad Yusuf.
I Boshlovchi: Bugun xalq dardini kuylagan, hamisha yurtin o`ylagan,haqiqatni so`ylagan,azim chinor yanglig` bo`ylagan
II Boshlovchi: Qisqa hayotida “tutamay, yonib”, o`zbegim qalbidan mangu joy olib,o`zidan o`lmas adabiy meros qoldirgan shoir Muhammad Yusufning 55 yilligi munosabati bilan diydor ko`rishib turibmiz.
I Boshlovchi: Ko`ngil ko`shklarining to`ridan joy olgan,vatanni har joydan azizroq bilgan, rayhon-u yalpizni behad xush ko`rgan, sodda va ta`sirchan so`zlarni marjondek tergan, xalqimizning bulbulzabon shoiri Muhammad Yusufning ruhini shod etish maqsadida tayyorlangan “Men ketarman bir kuni, navolarim, zorim qolur…” nomli tadbirimizni ochish uchun ilk so`zni Navoiy viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pedagogika, psixologiya va ta’lim menejmenti asoslari kafedra mudiri G.Hasanovaga beramiz.
Sahnaga 7-sinf o’quvchisi Komiljonova Bahora taklif etiladi. Raqs ijro etiladi. Bahor madhi.Muhammad Yusuf hayot yo’li haqida fikrlar tinglanadi.
II Boshlovchi: Lochin ko`kda netar, ko`zi o`tmasa,
Sindir qalamingni so`zi o`tmasa,
Vatan desa, o`pkang to`lib ketmasa
She`r yozishga balo bormi birodar?.
I Boshlovchi: Sen - shoxlari osmonlarga
Tegib turgan chinorim,
Ota desam,
O’g`lim deb,
Bosh egib turgan chinorim,
Qo`ynimdagi iftixorim,
Bo`ynimdagi tumorim,
O`zing mening ulug`lardan
Ulug`imsan , Vatanim!
II Boshlovchi: Vatan har kun o`ylagan o`yimiz, kuylagan kuyimizdir. Qancha yurtni ko`rmang, qancha hashamatli binolarda yashamang, o`zingiz tug`ilib o`sgan go`shangiz o`rnini bosa olmaydi.
I Boshlovchi: Olloh bizga bulbullar madhini o`qib tamom qila olmaydigan, qishlarida bahor shivirlaydigan, bog` desa bog`i, tog` desa tog`i bor O`zbekiston atalmish jannatmonand yurt ato etgan ekan, biz bu uchun o`zimizni baxtli deb hisoblashimiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |