Muhammad yusuf – erk kuychisi o, ota makonim, Onajon o‘lkam



Download 30,4 Kb.
bet1/4
Sana12.01.2017
Hajmi30,4 Kb.
#387
  1   2   3   4

MUHAMMAD YUSUF – ERK KUYCHISI

O, ota makonim,

Onajon o‘lkam,

O‘zbekiston, jonim to‘shay soyangga.

Senday mehribon yo‘q,

Seningdek ko‘rkam,

Rimni alishmasman bedapoyangga.

O‘zbek adabiyoti go‘zal bir chamanzorki, unda gul ko‘p, chechaklar bisyor. Bu bo‘stonda bir-biriga o‘xshamaydigan, bir-birini takrorlamaydigan dilbar shoirlarning qalb tuhfasi bo‘lmish she`rlari ifor yanglig‘ taraladi.

Xalq dardini baralla  aytgan, yurtga muhabbatini betakror misralar bilan ta`rif eta olgan ijodkor, xalqimizning ardoqli farzandi, O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf mislsiz iste`dod sohibi edi. O‘zbekiston Qahramoni Ozod Sharafuddinov Muhammad Yusufga shunday ta`rif bergan edilar: "Muhammadjon kamdan-kam tug‘iladigan iste`dod egasi bo‘lish bilan birga, kamdan-kam shoirda uchraydigan xislat egasi – shuhratdan qochadigan kamsuqum inson edi. U shuhratning emas, shuhrat uning ortidan quvib yurardi".

Yurtimizning istiqlolga yuz tutgani shoir ijodida tub burilish yasadi, yangi ufqlarni ochdi. Muhammad Yusufning millat va yurt istiqboli sharafiga bitgan go‘zal she`rlari samimiyligi va soddaligi, badiiy mukammalligi bilan millionlab insonlar qalbida aks sado berdi. Uning  "Vatanim" she`ri chinakam she`riyat yurtni qanday kuylamog‘i lozimligini isbotlagan shoh asar bo‘lib qoldi desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Menimcha, shoirning bu she`ri matni asosida yaratilgan qo‘shiqni eshitmagan, zavq ila tinglamagan inson topilmasa kerak.

Aslini olganda, moziyda yuz bergan voqealarni eslab, ulug‘ ajdodlarimiz nomini birma-bir sanab, ularga hamd-u sanolar  aytish tarzida yozilgan she`rlar nihoyatda ko‘p. Ularning deyarli barchasida Manguberdi, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur, Cho‘lpon, Fitratlar tilga olinadi, hammaga ma`lum shoirona ta`riflar bilan ulug‘lanadi. Tan olish kerak, biroq ularning hammasi ham Muhammad Yusuf  ijodi singari mashhur bo‘la olmadi.

Shoir  Vatandan tuygan mehrini ona mehriga qiyos etadi. Agar yurt "o‘g‘lim" desa, har qanday qiyinchilikka tayyorligini aytadi, "padarkushdan pana qilib Ulug‘bekni quchgisi" keladi. Bobur, Alisher Navoiy, Ulug‘bek kabi ismlar bag‘rida xalq, millat fazilatlarini mujassam qilib, xalq tarixini, uning eng achchiq va zafarli kunlarini ko‘z o‘ngidan birma-bir o‘tkazadi. U mustaqil Vatanni qutlar ekan, haqli ravishda xalq nomidan tashakkur bildiradi.

Ha, Muhammad Yusuf chinakam xalqparvar, yurtsevar shoir edi. Uning zavol bilmas she`riyatini mukammal o‘rganish, yod olish biz o‘quvchilarning burchimiz sanaladi.

 

Aziz tengdoshim, biz ham shoir yozishga ulgura olmagan  she`r-u dostonlarni yozib, she`riyatning nurli yo‘lida Muhammad Yusuf ijodining davomchisi bo‘laylik, uning pok ruhini shod aylaylik!  




Download 30,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish