2-laboratoriya ishi
MAVZU: AXBOROT-KUTUBXONA MUASSASALARINING ELEKTRON AXBOROT RESURSLARINI TAHLIL QILISH
Laboratoriya ishining maqsadi: yetakchi davlatlardagi axborot-kutubxona muassasalarining elektron resurslari va xizmatlarini tahlil qilish.
Laboratoriya ishini tashkil qilish vositalari: shaxsiy kompyuter, Internet.
Laboratoriya ishinining qisqacha mazmuni: Ma’ruza mashg‘ulotlarida o‘zlashtirilgan bilimlar asosida talabalar yetakchi davlatlardagi axborot-kutubxona muassasalarining elektron resurslari va xizmatlarini turli me’zonlar (axborot ko‘lami, mazmuni, qidiruv imkoniyatlari, axborotni taqdim etish va uzatishda xalqaro standartlarga amal qilinganligi) bo‘yicha baholaydilar va tahlil qiladilar. Shu bilan birga, bunday resurslar axborot-kutubxona va o‘quv muassasalarida foydalanish bo‘yicha talabalar o‘zlarining xulosalarini beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |