ILMIY-TA’LIMIY AXBOROT RESURSLARI – litsenziyalangan hamda taqrizdan o‘tgan ilmiy-ta’limiy axborotlar (jurnallar, maqola, kitoblar, multimedia va boshqalar) axborot resurslardir. Ilmiy-ta’limiy axborot resurslari muhim qiymatga ega bo‘lgan intellektual manbadir. Odatda har bir hujjat ma’lumotlar bazasi, jurnallar, tegishli to‘plamlarga kiritilishidan avval yetakchi olimlar, mutaxassislar tomonidan saralashdan o‘tadi. Bu hujjatlar tizimlashtiriladi, kataloglashtiriladi va ilmiy-ta’limiy axborotlarning ma’lumot bazalariga joylashtiriladi. Asosiy foydalanuvchilari ilmiy xodimlar, o‘qituvchilar, magistr va talabalardir.
KATALOG - kutubxona fondidagi barcha hujjatlar ro‘yxati. Avtomatlashtirilgan tizimda bibliografik ma’lumotlar bazasini tashkil qiladi.
KONSORSIUM – bu muayyan maqsadalrni amalga oshirish uchun tashkilotlarni birlashishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |