INTRANET (intranet) - Internet tarmog‘i mahsulotlari va texnologiyalaridan foydalanuvchi va korporativ axborot resurslariga o‘z foydalanuvchilarining kirishini ta’minlovchi taqsimlangan (ведемоственный) hisoblash tarmog‘i.
AXBOROT RESURSI - axborot materialini matn, ovozli yoki tasvir xolidagi ko‘rinishlarining yig‘indisi.
AXBOROT-KUTUBXONA RESURSI — moddiy ob’yektda matn, ovozli yozuv yoki tasvir tarzida qayd etilgan hamda identifikatsiyalash, saqlash va foydalanishni ta’minlash uchun rekvizitlarga ega bo‘lgan axborot. Bu yerda «identifikatsiyalash uchun rekvizitlar» tushunchasi muhim o‘rin tutadi, chunki mazkur ko‘rsatkichlar asosida hujjatni (identifikatsiyalash) topish mumkin. Rekvizitlar qat’iy qoidalar va kutubxonachilik standartlari asosida qo‘yiladi. Bu an’anaviy hamda elektron, virtual kutubxonalardagi ma’lumotlar qidiruv jarayonini formallashtirishda muhim jihatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |