MA’LUMOTLAR BANKI (data bank) – ma’lumotlarni markazlashgan holda saqlash va jamoa bo‘lib foydalanishda ishlatiladigan avtomatlashtirilgan axborot tizimi. Bank tarkibiga, bir yoki bir nechta ma’lumotlar bazasi, ma’lumotlar bazasi ma’lumotnomasi, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi, so‘rovlar kutubxonasi va amaliy dasturlar kiradi.
BRAUZER (brouzer) - grafik va matnli axborotlarni ko‘rish va qidirishga mo‘ljallangan dasturiy vosita.
MA’LUMOTLAR XAVFSIZLIGI (data cesurity) - ma’lumot va dasturlarni buzish, o‘zgartirish yoki o‘chirib tashlash maqsadida ruxsatsiz kirishdan himoya qilish. Ma’lumotlar xavfsizligi apparat, dasturiy, kriptografik usullar, himoya vositalari va kompleks tashkiliy tadbirlar o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |