MUALLIFLIK HUQUQI – ijodiy asar muallifining mazkur asarni boshqalar tomonidan foydalanishini tartibga soluvchi huquqlari majmuyi. Xalqaro muvofiqlashtirishga erishilgan bo‘lsada, bu huquqlar turli mamlakatlarda turlicha. Ularni ikki guruhga ajratish mumkin: iqtisodiy va ahloqiy huquqlar.
EIFL - jahonda kutubxona resurslariga murojaatni himoyalaydigan notijorat tashkilot.
IFLA - Kutubxona assotsiatsiyalari va tashkilotlari Xalqaro federatsiyasi - International Federation of Library Associations and Institutions. IFLA veb-saytida ta’kidlangan: «Kutubxona assotsiatsiyalari va tashkilotlari kutubxona va axborot markazlari hamda foydalanuvchilar manfaatlari yo‘lidagi yetakchi xalqaro tashkilot».
Do'stlaringiz bilan baham: |