UNIX (talaffuzi: yuniks; UNIX — The Open Group kompaniyasining roʻyxatdan oʻtgan savdo belgisidir) — portativ, koʻp vazifali va koʻp foydalanuvchili operatsion tizimlar oilasi boʻlib, ular 1970-yillarda Ken Tompson, Dennis Richi va boshqalar tomonidan Bell labaratoriyasida ishlab chiqilgan original AT&T Unix loyihasi gʻoyalariga asoslangan. Unix tizimining yuzaga kelishida Multics operatsion tizimining taʼsiri katta boʻlgan.Unix turkumiga kiruvchi operatsion tizimlar modulli konstruksiya bilan ajralib turadi, bunda har bir vazifa alohida yordamchi dastur tomonidan bajariladi, oʻzaro aloqa yagona fayl tizimi orqali amalga oshiriladi va utilitlar bilan ishlash uchun buyruqlar satri qoʻllaniladi.Unix gʻoyasi kompyuter operatsion tizimlarining rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatdi. Unix tizimlari hozirda tarixiy eng muhim operatsion tizimlardan biri sifatida tan olingan.
O'ziga xosligi Unixʼsimon tizimlarning boshqa operatsion tizimlardan asosiy farqi shundaki, ular dastlab koʻp foydalanuvchili, koʻp vazifali tizim hisoblanishidadir. Unixʼda koʻp odamlar bir vaqtning oʻzida har biri oʻz terminali (vazifalarni bajarish uchun buyruqlar berish vositasi)da ishlashi mumkin, shu bilan birga ularning har biri ushbu kompyuterning resurslaridan foydalanadigan koʻplab turli xil hisoblash jarayonlarini amalga oshirishi mumkin.
Unixʼning ikkinchi ulkan afzalligi uning koʻp platformaliligidir. Tizimning yadrosi deyarli har qanday mikroprotsessorga osongina moslasha oladigan tarzda tuzilgan.
Unix boshqa muhim xususiyatlarga ega:
tizimni sozlash va boshqarish uchun oddiy matnli fayllardan foydalanish;