GSM-tizimning ishlash prinsipi
Agar uydan kam foydalanilsa, u holda isitish quyidagi rejimlarda ishlashi mumkin:
qo‘lda boshqarish - kelish, yoqish, uyning isishini kutish, o‘chirish, ketish, past qulaylik darajasi, quvurlarning muzlab qolishi xavfi;
—salt ishlash” yoki “ishchi” harorat rejimini avtomatik saqlash - isitishga yuqori sarflar, yong‘inni vujudga kelishi xavfi;
olisdagi manbadan harorat rejimini yoqish va saqlash - kelishda yoki avariya holatlarida (yong‘in, quvurlarning muzlashi), qulaylik va xavfsizlikning yuqori darajasi, past energiya sarflari.
Isitish tizimini dastlabki moslashtirish va modulning o‘zini sotib olishni talab qilsada, oxirgi variant eng optimal hisoblanadi.
Qo'shimcha kirishlar/chiqishlar
rasm. GSM-boshqarishning prinsipial sxemasi
Tizimning ishlash tamoyili isitish tizimini berilgan rejimda yoqilishiga komandani beradigan GSM-qurilmaga tashqi ta'sirdan iborat. GSM- boshqarishning prinsipial sxemasi 6.2- rasmda keltirilgan.
Qozon yoqladi, ma'lumotlarni kontrollerlarga uzatadigan iqlim va tizim datchiklari ishga tushadi, kontrollerlar bu ma‘lumotlarni tahlil qiladi va ijrochi mexanizmlarga komandalarni beradi:
quvurlarni ochish, yopish va rostlash;
qozonning quvvatini oshirish, kamaytirish yoki uni o‘chirish;
ishdan chiqqan elementlarni ajratib qo‘yish.
O‘z navbatida, tizim ma'lumotlarni GSM-modulga uzatadi, u SMS ko‘rinishidagi xabarlarni - binodagi harorat, issiqlikni tashuvchidagi harorat, shtatdan tashqari vaziyatlar haqidagi ma'lumotlarni komandalar qurilmasiga mobil telefon, planshet va boshqalarga) jo‘natadi.
Radio Xotira Harakat Oyna Yong'in Zarb Gerkon
jevachka datchigi datchigi datchigi datchigi
Yorug'lik-ovoz signalizatsiyasi
Shlagbaumni boshqarish
rasm. GSM signalizatsiyali qo‘riqlash kompleksi
GSM signalizatsiya, uning funksional imkoniyatlari va afzalliklarini ko‘rib chiqamiz. Uylar, dala hovlilar, xonadonlar va garajlarni qo‘riqlash yetarlicha murakkab masala hisoblanadi, uni samarali yechish uchun turli himoyalash tizimlarining qo‘llanishiga ehtiyoj yuzaga keladi. Keng funksional imkoniyatlari va yuqori xavfsizlik darajasi bilan ajralib turadigan eng samarador qo‘riqlash kompleksi GSM signalizatsiya hisoblanadi (6.3- rasm).
Bu innovasion ishlanma bir vaqtda ob'ektni nazorat qilish va suqulib kirish va buzish vaziyatlarini vujudga kelishida ogohlantirish signallarini ob'ektning egasiga yoki maxsus xizmatlarga yetkazishni ta'minlaydi. Bunday tizimlarning farqli xususiyati o‘g‘rilar va g‘arazgo‘ylardan himoyalashdan tashqari, bunday turdagi qo‘riqlash komplekslari umuman bo‘lishi mumkin yong‘in, suv bosishi yoki gaz chiqishidan saqlash bilan ob'ektdagi xavfsizlikni nazorat qilishga imkon berishi hisoblanadi.
Shuningdek xavf haqidagi signallarni uzatish uchun g‘arazgo‘ylar oson shikastlashi mumkin bo‘lgan simli magistrallar emas, balki yuqori chastotali sotali aloqa kanallari ishlatilishi ham muhim hisoblanadi.
GSM signalizatsiya bir necha funksional modullarni o‘z ichiga oladigan elektron tizim hisoblanadi. Ular ob'ektda vaziyatni (harakat, buzish, haroratning ortishi, tutun chiqishi, gaz/suvning chiqishi) uzluksiz nazorat qilishni ta'minlaydi, bir yoki bir necha shtatdan tashqari vaziyatlar vujudga kelganda ishlab ketadi va mos xavf signalini egasining mobil telefoniga uzatadi yoki dasturlangan stasionar raqamlarga xabar beradi.
Yordamida ob'ektning holati nazorat qilinadigan qurilmalar sifatida maxsus datchiklar va sezgir sensorlar ishlatiladi. Ular ularning markaziy elektron blok bilan aloqasi radiokanal yoki simli magistral orqali ta'minlanishiga bog‘liq ravishda simli yoki simsiz bo‘lishi mumkin.
Markaziy elektron modul mikroprotsessorli qurilma bo‘lib, uning yordamida GSM qo‘riqlash signalizatsiyasi rostlanadi, datchiklardan signallarg ishlov beriladi va yorug‘lik-ovoz signalizatsiyasi ko‘rinishidagi ijrochi tizimlar ishga tushiriladi.
Markaziy elektron blokning tarkibiga bunday signalizatsiyalar turining asosiy elementi - GSM adapter kiradi. U sotali aloqa moduli bo‘lib, bir yoki ikkita SIM-kartalarni o‘rnatish va buzish yoki shtatdan tashqari vaziyatlarda ogohlantirish sinallari jo‘natiladigan va xabar beriladigan mobil va stasionar raqamlarni dasturlashni ta'minlaydi.
U tufayli GSM qo‘riqlash tizimi uzluksiz ishlaydigan yana bir muhim element ta'minot tizimi hisoblanadi. Ko‘pchilik signalizatsiya tizimlari ikkita stasionar va avtonom tizimlarga ega. Stasionar tizimlar 220 Vli tarmoqdan ta'minotni ta'minlaydi, avtonom tizimlar esa o‘rnatigan akkumulyatordan ishlaydi.
Zahira avtonom tizimining qo‘llanishi qo‘riqlashning ishlash qobiliyatini hatto asosiy tarmoq avariya uzilishida yoki uni g‘arazgo‘ylar tomonidan atayin shikastlanishida saqlashga imkon beradi.
Elektron komplekslar ega bo‘lgan farqli o‘ziga xos xususiyati turli datchiklarning keng spektrini qo‘llash hisoblanadi. GSM signalizatsiya quyidagi qurilmalar bilan ishlashi mumkin:
harakat datchiklari;
kichkina videokameralar;
akustik datchiklar;
issiqlikka sezgir sensorlar;
hajm va massaning o‘zgarishi datchiklari;
pojar datchiki;
suv, gazning chiqishi, tutunning paydo bo‘lishini sezadigan
multifunksional sensorlari.
Agar ob'ektda GSM qo‘riqlash rejalashtirilsa, turli funksional datchiklarga ega bo‘lgan GSM signalizatsiya eng optimal variant hisoblanadi.
Sanab o‘tilgan qurilmalaming bo‘lishi uy yoki xonadonni chaqirilmagan mehmonlar va turli avariya vaziyatlaridan qo‘riqlash ko‘p funksiyali tizimini amalga oshirishga imkon beradi.
GSM signalizatsiya qo‘riqlash tizimlari o‘zining ishlashi jarayonida quyidagilarni ta'minlaydi:
SMS yoki MMS xabarlar yordamida ob'ektning egalarini operativ ogohlantirish;
xotiraga kiritilgan mobil/stasionar telefon raqamlariga xabar berish;
qo‘riqlanadigan ob'ekt egasi, dispetcher yoki milisiya/qo‘riqlash kompaniyasi bilan aloqa;
ob'ektning perimetri bo‘yicha videokuzatuv yoki ovozli yozuvni olib borish;
sirena va ovozli signalizatsiya ko‘rinishida g‘arazgo‘ylarni psixologik to‘xtatish omillarining ishlashi;
yong‘inni o‘chirish, binolardan tutunni haydash, gaz/suv yoki elektr energiyasining berilishi to‘xtatishni ta'minlaydigan ijrochi tizimlar va mexanizmlarning ishlashi;
qo‘ng‘iroq, SMS-xabar yoki DTMF-komandalar komandalar yordamida qo‘riqlashga qo‘yish va undan olish imkoniyati;
radiokanal orqali xavf signalining uzatilishini g‘arazgo‘ylar tomonidan bloklanishiga to‘sqinlik qiladigan tizimdan foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |