Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalariuniversiteti


Base stations with its cornponents, the transnitting station andthe control unit



Download 1,54 Mb.
bet16/62
Sana17.12.2022
Hajmi1,54 Mb.
#889403
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   62
Bog'liq
GSM VA MOBIL TARMOQLARNI BOShQARISh распознан

Base stations with its cornponents, the transnitting station andthe control unit

Switching nodes wrth registers


2.1- rasm. GSM tarmog‘ining soddalashtirilgan tuzilmasi
Yoqilganidan keyin telefon tarmoqda ro‘yxatdan o‘tishga urinadi. Bu jarayonda telefon 6 ta qo‘shni sotalar ro‘yxatini shakllantiradi, ulardan eng yaxshisini tanlaydi va uning joriy joylashish o‘rni aynan bu sotada ekanligi haqida xabar berish uchun bu sotaning —umumiy ulanish kanali”dan (RACh) foydalanadi.Bu ma'lumotlar ((LAC, Cell ID) juftligi) bazaviy stansiyalar kontrolleriga tushadi, undan esa tarmoqning bu qismiga xizmat ko‘rsatadigan kommutatorga (MSC) beriladi. Kommutator telefonning joylashish o‘rni haqidagi ma'lumotlarni VLR (visitor location register) registr deyiadigan maxsus “kesh”da saqlaydi. Keyin telfon davriy ravishda (odatda soatiga bir marta, lekin tarmoqning sozlanishiga bog‘liq) “location update” protsedurasini bajaradi. Yoki agar abonent qaergadir jo‘nab ketsa, u holda boshqa LA zonadan qamrab olish zonasiga o‘tishda “location update” protsedurasini bajaradi.
Endi LU ma'lumotlari qanday ishlatilishini ko‘rib chiqamiz. Bizga kimdir qo‘ng‘iroq qilayapdi deb olamiz. Tarmoq chaqiruvni bizning telefonimizga, ya'ni telefon ro‘yxatdan o‘tgan sotaga yoki boshqa yaqin sotaga o‘tkazishi kerak
Bu sotani topish uchun telefonimizning oxirgi LU natijasidan foydalanish kerak. Bu quyidagi tarzda bo‘lib o‘tadi. Telefon raqami bo‘yicha HLRlardan qaysi birida bizning SIM-kartamiz haqidagi ma'lumotlar borligi aniqlanadi. Keyin bu HLRdan qamrab olish zonasidan oxirgi marta LU amalga oshirilgan MSC/VLR manzili ajratib olinadi va chaqiruv bu MSCga qayta yo‘naltiriladi. U o‘z VLRdan telefonning joylashish o‘rni haqidagi malumotlarni (LA va CelllD) ajratib oladi va bu LA zonaga xizmat ko‘rsatadigan bazaviy stansiyalar kontrolleriga qo‘ng‘iroqni olinishini tashkil etishni topshiradi.
Bazaviy stansiyalar kontrolleri LA zonaga kiradigan sotalarni so‘rovlarni jo‘natadi, ular esa o‘z paging channel (PCCh) chastotasida “qandaydir mobil telefon, sizga qo‘ng‘iroq” xabarini jo‘natadi. Keyin telefon va bazaviy stansiya ayna qanday qilib qo‘ng‘iroq qabul qilinishini kelishishadi. Agar chaqirilayotgan telefon javob bermasa, qo‘ng‘iroq qiluvchi “chaqirilayotgan abonent qamrab olish zonasidan tashqarida joylashgan” javobini oladi.
Bundan tashqari, LU protsedurasining borishida tarmoq taqdim etadigan ma'lumotlardan geografik joylashish o‘rnini aniqlash uchug foydalanish mumkin.
LU protsedurasini tashkil etishda telefon uzatkichi nurlantiradigan quvvat maksimal bo‘ladi, lekin keyin power control negotiation (telefon va bazaviy stansiya barqaror aloqa ta'minlanadigan minimal quvvat sathi haqida —kelishishadi”) protsedurasining borishida yetarlicha tez kamayadi. Savol tug‘iladi, agar quvvat katta bo‘lsachi, u holda LU protsedurasining ta'siridan bosh miya va boshqa ichki organlar zararlanmaydimi? Rasmiy pozisiya: —hali ma'lum emas”.
Tushunarliki, miya (agar telefon qo‘loqqa yaqin tutilsa) O‘YuCh nurlanish ta'sirida qiziydi. Bu qizish nimaga olib keladi. Bu yerda fikrlar bir xil emas. Bunda hech qanday xavf yo‘qligi haqida ko‘plab maqolalarni va bu fikrga qarama-qarshi bo‘lgan ko‘p sonli maqolalarni ham topish mumkin. Shuning uchun telefon qo‘loqqa yaqin tutish tavsiya etilmaydi va bunda albatta zarar keltirmaydi. GSM- telefon uzatkichining maksimal quvvati atigi 2 Vtni tashkil etadi.
Bayon etilganlarni umumlashtirish bilan aytish mumkinki, joylashish o‘rnini yangilash protsedurasi (LU) mobil qurilmaga u bitta joylashishish zonasidan boshqasiga o‘tganligini sotali tarmoqqa xabar berishga imkon beradi. Mobil telefonlarning o‘zi joylashish o‘rni zonasining kodini aniqlashga javob beradi. Mobil qurilma joylashish o‘rni zonasining kodi o‘zgargan hisoblaganda, u tarmoqqa oldingi joylashish o‘rni haqidagi ma‘lumotlar va Mobil Stansiyaning Vaqtinchalik Identifikatoriga (TMSI) ega bo‘lgan joylashish o‘rni zonasini yangilashga so‘rovni jo‘natadi.
Mobil qurilma tarmoqqa joylashish o‘rni zonasini yangilash haqidagi so‘rovlarni jo‘natadigan bir necha hollari mavjud. Mobil apparat yoqiladigan yoki o‘chiriladigan har bir marta tarmoqqa GSM standarti har bir mobil aloqa foydalanuvchisi tomonidan uyushtiriladigan IMSIni (abonentning xalqaro
individual nomeri) ro‘yxatdan o‘tkazish yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun mobil apparatning joylashish o‘rni uzatiladi.
Bundan tashqari, har bir mobil qurilma ma‘lum vaqt intervallarida o‘z joylashish o‘rni haqida tarmoqni muntazam xabardor qiladi. Mobil apparat bitta zonadan boshqasiga harakatlanishi bilanoq, joylashish o‘rni haqidagi ma'lumotlarni yangilash bo‘lib o‘tadi. Mobil qurilma bazaviy stansiyalardan signal sathlariga asoslanish va eng yaxshisini tanlash bilan joylashish o‘mi zonasining o‘zgarganligi haqida qaror qiladi. Shunday qilib, mobil apparat tarmoqqa kafolatlangan ulanishni saqlaydi va butun qamrab olish zonasi chegaralarida erkin harakatlanish bilan chaqiruvlarni qabul qiishi mumkin.

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish