Zamonaviy multimediyali ilovalar
Internet tarmoqlarida IP orqali so’zlashuvni uzatish xizmati bilan bir qatorda, o’zining tarkibiga video, audio, matn, grafika va ma‘lumotlarni kirituvchi multimediyali trafikni uzatish xizmatlari rivojlanib bormoqda. Bu texnologiyalarning yig’indisi IP-telefoniya terminini yangi terminga o’zgartirishga olib keldi.
IP-kommunikatsiya. Hozirgi kunda VoIP – texnologiyasi taxminan qayd etilgan telefon tarmoqlaridan 20% trafikni olish imkoniga ega bo’ldi va ananaviy telefoniyada jiddiy raqobat sifatida ko’riladi.Rivojlanish boshidagi boshqa texnologiya – IPTV, operatorlarga istiqbolli multiservisli xizmatlarni taqdim etish imkoniga ega, ya‘ni birinchi navbatda turli raqamli kontentga talablar bo’yicha ulanish imkoniyati bilan bog’langan.
So’zlashuvni uzatish uchun IP tarmoqni qo’llashning xususiyati shu bilan bog’langanki, IP infrastrukturasi so’zlashuv va signalli paketlarni VoIP tizimi elementlariga kafolatli uzatishi kerak. Tarmoq, so’zlashuv trafigi va ma‘lumotlar trafigini turli usullarda qayta ishlashi kerak. Agar IP tarmoqda ikkala turdagi trafik uzatilsa, so’zlashuv trafigiga ustunlik bo’yicha xizmat ko’rsatishni ta‘minlash zarur. VoIP tarmog’i va telefon tarmog’i komponentlari orasida ma‘lum bir moslik mavjud, biroq yetarli darajada katta farqga ega. Umum foydalanish telefon tarmoqlarida har bir aloqa seansida, kafolatlangan o’tkazish oralig’i bilan kanallarni ajratuvchi kanallarni kommutatsiyalash prinsipi qo’llaniladi. IP tarmoqlarda, asosida statik zichlashtirish imkoniyati bo’lgan paketlar kommutatsiyasi qo’llaniladi. Xizmat ko’rsatish sinfi tushunchasini kiritish shuki, aniq ilovalarga tegishli paketlar berilgan ustunlikka ega. Ustunlikli tizimni kiritish haqiqiy vaqtdagi ilovalar uchun talab etiladi, ya‘ni so’zlashuv trafigiga boshqa turdagi trafik ta‘sir ko’rsatmasligini kafolatlash uchun.
VoIP – texnologiyasi
IP tarmoq orqali so’zlashuv signalini uzatish tizimi arxitekturasiga o’tishdan avval, VoIP texnologiyasida amalga oshiriladigan asosiyjarayonlarni ko’rib
chiqamiz. VoIP tizimi so’zlashuv signaliga nisbatan, oddiy telefon tarmoqlari singari vazifalarni bajarishi kerak. Bu asosiy vazifalarga quyidagilar kiradi:
uzatuvchi tomonda - analog signalni raqamli signalga o’zgartirish
va raqamli signalni tarmoq orqali uzatish uchun zarur bo’lgan ko’rinishda taqdim etish (IP tarmoq orqali); so’zlashuv signali IP protokoli paketlariga inkapsulyatsiyalanadi;
IP tarmoqda - telefonli chaqiriqqa xizmat ko‗rsatishni boshqarish (ulanishni yaratish, so’zlashuv almashishni ta‘minlash, uzish) va paketlarni transportlash;
qabul qilish qismda - qabul qilingan paketlardan va diskret signaldan analog so’zlashuv signalini qayta tiklash.
3.6- rasmda so’zlashuv signali IP tarmoq orqali o’tgandagi qayta ishlash jarayoni keltirilgan. Bu yerda bloklar ko’rinishida yuqorida sanab o’tilgan vazifalar keltirilgan - kodlash, IP paketlar ko’rinishida ifodalash, tarmoq orqali paketlarni uzatish, paketlarni taqsimlash va analog so’zlashuv signalini qayta tiklash.
Chaqiriqqa (ulanish, so’zlashuv almashishni ta‘minlash va uzish) xizmat ko’rsatishni boshqarish. VoIP texnologiyasida telefon aloqasiga aynan o’xshashi bo’yicha abonentlar orasida ulanishni o’rnatish zarur. Bu signalizatsiya tizimi bilan amalga oshiriladi, ya‘ni terminal qurilma yordamida tarmoqda aloqa bo’ladi, ya‘ni chaqiriqqa xizmat ko’rsatish uchun zarur bo’lgan tarmoq elementlari ishini koordinatsiyalaydi va faollashtiradi. VoIP tarmoqda signalizatsiyani, tarmoq komponentlari orasida IP datagrammalarni almashishi ta‘minlaydi.
3.6- rasm. VoIP tarmog’i orqali so’zlashuv signalini uzatishda ishlov berish
Ulanish 2 ta oxirgi punktlar orasida o’rnatiladi. Bu punktlarning identifikatsiyasi maxsus ma‘lumotlar bazasi orqali ishlab chiqiladi. UFT tarmog’i singari oxirgi punktni identifikatsiyalash uchun telefon nomerlari qo’llaniladi. VoIP tarmog‗ida ham buning uchun ma‘lumotlar bazasida saqlanuvchi IP-adres qo’llaniladi. VoIP datagrammasini transportlash, IP marshrutizatorlarida so’zlashuv paketlarini ketma-ket qabul qilish yo’li orqali bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |