Ochiq tizimlarning o‘zaro bog‘lanish etalon modeli
Aloqa bu tarmoq va aloqa xizmati yig’indisini o’zida namoyish etadi (2.1- rasm). Telekommunikatsiya xizmati – bu xizmatlardan foydalanuvchilarni ta‘minlovchi vositalar majmuasidir. Ikkilamchi tarmoqlar telekommunikatsiya xizmatlarida signallarni kommutatsiyalash, transportlashni ta‘minlaydi. Birlamchi tarmoqlar ikkilamchi tarmoqlarni ta‘minlaydi. Mos keluvchi xizmatni tarkibiy qismi foydalanuvchilarda joylashgan oxirgi qurilma hisoblanadi.
2.1- rasm. Aloqa arxitekturasi:
telekommunikatsiyaning birlamchi tarmogi;
telekommunikatsiyaning ikkilamchi tarmoqlari; 3-telekommunikatsiya vazifalari;
4- telekommunikatsiya xizmatlari.
2.2- rasm. OTO’B uchun standartlar ishlab chiqish strukturasi Xizmat namunasi sifatida telefon aloqasini keltirish mumkin. U telefon aloqa,
ma‘lumotlar uzatish va boshqa xizmatlarni taqdim qiladi. Telefon tarmog’i bo’yicha ma‘lumotlar uzatish (telefon xizmatini qo’llab) telefon kanallari bo’ylab ma‘lumotlar uzatish xizmati sifatida ko’riladi. Telefondan foydalanuvchi o’zining kompyuterini modem yordamida telefon tarmog’iga ulashi mumkin. Ma‘lumotlar uzatish xizmati sifatida biz ma‘lumotlar uzatish uchun mahsus yaratilgan aloqa
tizimini tushunamiz, ya‘ni qurilma va dasturiy vositalar majmui, qayta ishlash usullari, taqsimlash va ma‘lumotlar uzatish. Shu vaqtning o’zida ma‘lumotlar uzatish xizmati telefon aloqa xizmatini ham taqdim etishi mumkin.
Telekommunikatsiyaning barcha xizmatlarida axborot almashish avvaldan belgilangan aniq qoidalar bo’yicha amalga oshishi kerak. Bu qoidalar (standartlar) elektr aloqaning bir nechta xalqaro tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladi. 1978 yilda standartlashtirish bo’yicha xalqarotashkilotda SC16 komiteti tashkil etildi.
Uning vazifasi - ochiq tizimlarning o’zaro bog’lanishi uchun xalqaro tavsiyalar ishlab chiqarishdir.
Ochiq tizim deb – ochiq tizimlar talablarini qondiruvchi, turli tizimlar bilan o’zaro ta‘sirlashishi mumkin bo’lgan tizim tushuniladi. Agar tizim ochiq tizimlarning o’zaro bog’lanish (OTO’B) etalon modeliga mos kelsa, u ochiq tizim hisoblanadi.
OTO’B etalon modeli – standartlar tuzilishining umumiy strukturasi. U alohida standartlar orasidagi o’zaro bog‗lanish prinsipini aniqlaydi va OTO’B uchun talab etiladigan ko’pgina standartlarni bir vaqtda ishlab chiqish imkonini ta‘minlash uchun asos hisoblanadi. Biroq OTO’B standarti faqatgina etalon modelni aniqlabgina qolmay, balki etalon modelni qondiruvchi aniq xizmatlar to’plamini, shuningdek xizmatlarni ta‘minlovchi protokollar to’plamini aniqlashi zarur. Bunda protokol deb, bir-biri bilan ishlovchi sathlarni o’zaro ta‘sirlashish qoidalarini va jarayonlarini aniqlaydigan xujjat tushuniladi.
1983 yilda etalon model sifatida yetti sathli model tasdiqlangan (2.3-rasm). Bunda ochiq tizimlarga taalluqli barcha jarayonlar o’zaro bog’langan sathlarga bo’linadi. Yetti sathli modelda (1-3) quyi sath protokollari axborot uzatishga, yuqori sath (5-7) protokollari axborotlarni qayta ishlashga mo’ljallangan.
Transport sath protokollari ba‘zida alohida ajratiladi, u axborot uzatish bilan bevosita bog’liq emas. Biroq bu sath o’zining vazifalari bo’yicha quyi sathlarga yaqin bo’lgani uchun quyi sathga tegishlidir.
Barcha yettita sathning vazifasi amaliy jarayonlarni ishonchli o’zaro ta‘sirini ta‘minlashdir. Bunda amaliy jarayonlar sifatida foydalanuvchilarning ehtiyoji uchun axborotlarni berish, kiritish, saqlash va qayta ishlash jarayonlari tushuniladi. Har bir sath o’zining vazifasini bajaradi. Biroq sathlarning xavfsizligi uchun ular bir-birining ishini tekshiradi.
2.3- rasm. OTO’B etalon modelining tuzilishi
Amaliy sath (application) – tarmoqda uzatiladigan axborot manbalari
va foydalanuvchilari hisoblanuvchi amaliy jarayonlar va tarmoq terminallarini boshqaradi. Bu sathning vazifasi foydalanuvchining dasturini ishga tushirish, ularni bajarishni, ma‘lumotlarni kiritish-chiqarishni, terminallarni boshqarish va tarmoqni ma‘muriy boshqarishdir. Bu sathda foydalanuvchilarga turli xizmatlarni taqdim etish ta‘minlanadi. Bu sathda ma‘lumotlar uzatish infratuzilmasini sozlash hisoblanuvchi texnologiyalar ishlaydi: elektron pochta, tele va videokonferensiya, resurslarga ulanish, internetda ishlash va b.q.
Taqdim etish sathi (presentation) – tarmoqda uzatiladigan ma‘lumotlarni amaliy jarayonlar uchun qulay bo’lgan ko’rinishga o’zgartirish va izohlash. Ma‘lumotlarni moslashtirilgan formatda va tuzilishda taqdim etish, turli tillardan izohlash dasturi, translyatsiyalash, ma‘lumotlarni shifrlashni ta‘minlaydi.
Seans sathi (session) – amaliy jarayonlar orasidagi aloqa seanslarini o’tkazish va tashkil qilish (tarmoq abonentlari orasidagi seanslarni ta‘minlash, ma‘lumotlar uzatish rejimini va navbatini boshqarish: simpleks, yarimdupleks, dupleks). Bu
sathning ko’pgina funksiyalari, ulanishni o’rnatish va amaliyotda ma‘lumotlar almashish tartibini ta‘minlash transport sathda amalga oshiriladi, shuning uchun seansli sath protokollarini qo’llash chegaralanishga ega.
Transport sathi (transport) – ma‘lumotlarni segmentlashtirishni boshqarish (segment – transport sathni ma‘lumotlar bloki) va manbadan foydalanuvchiga (abonentlar orasidagi logik kanalni o’rnatish va axborotni boshqarishni almashtirish, ma‘lumotlar uzatish sifatini ta‘minlash) ma‘lumotlarni ikki tomonlama uzatish. Bu sathda tarmoq sathga taqdim etiladigan xizmatlar qo’llanilishi optimallashtiriladi, ya‘ni kam xarajatlarda maksimal o’tkazish qobiliyati ta‘minlanadi. Transport sath protokollari juda keng rivojlangan va amaliyotda jadal qo’llaniladi. Bu sathda uzatilayotgan axborotning ishonchliligini nazoratiga katta ahamiyat berilgan.
Tarmoq sathi (network) – tarmoqda ma‘lumotlar uzatishni logik kanalini boshqarish (ma‘lumotlarni marshrutlash va adreslash, kommutatsiyalash: kanallar, xabarlar, paketlar va multipleksorlash). Bu sathda tarmoqning bosh telekommunikatsiya vazifasi – foydalanuvchilarning aloqasini ta‘minlash amalga oshiriladi. Tarmoqning har bir foydalanuvchisi albatta bu sathning protokollarini qo’llaydi va tarmoq sathi protokollari qo’llaniladigan o’zining yagona tarmoq adresiga ega. Bu sathda ma‘lumotlarni strukturalash bajariladi – ma‘lumotlarni paketlarga joylashtirish va paketlarga tarmoq adreslarini berish (paket–tarmoq sathini ma‘lumotlar bloki).
Kanal sathi (data-link) – tarmoq sathi ob‘ektlari orasida ma‘lumotlar uzatishni fizik kanalini boshqarish va shakllantirish, fizik ulanishlarni shaffofligini ta‘minlash, uzatishdagi xatoliklarni to’g’rilash va nazorat qilish. Bu sathning protokollari ko’p sonli va o’zining funksional imkoniyatlari bilan bir-biridan farqlanadi. Bu sathda ko’p kanalga ulanish protokollari mavjud. Boshqarish kadrlar sathida bajariladi (kadr–kanal sathidagi ma‘lumotlar bloki).
Fizik sath (physical) – tarmoqni fizik kanal bilan ulanishini uzish va ushlab turish, o’rnatish. Boshqarish raqamli bitlar sathida (impulslar, uning amplitudasi, formasi) va analog (uzluksiz signalni fazasi, amplitudasi va chastotasi) sathda
bajariladi. Sathlar orasida uzatiladigan axborot bloklari standart formatga ega: sarlavha, xizmat axboroti, ma‘lumotlar va oxir. Har bir sath axborot blokini quyida turuvchi sathga uzatishda, uni o’zining sarlavhasi bilan ta‘minlaydi. Yuqori turuvchi sathni sarlavhasi quyi turuvchi uzatiluvchi ma‘lumotlar singari qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |