Jami: amaliy mashg‘ulotlar
|
60
|
|
|
|
ILMIY PEDAGOGIK ISHI DOIRASIDA O’TILGAN VA ISHTIROK ETILGAN DARS SOATLARI HISOBOTI
1) Ilmiy pedagogik ishi doirasida “Keyingi avlod konvergent tarmoqlari” fani bo’yicha laboratoriya mashg’uloti dars jadvalida belgilangan 401 A auditoriyada, belgilangan 4-juftlikda 10.05.2022 kuni soat 13:30 da, MGC005-L1 guruhida bo'lib o'tdi. Laboratoriya kalendar reja asosida o'tildi. Dars o'tish uchun zarur bo'lgan me'yoriy hujjatlar jumladan, ishchi dastur, kalendar reja, guruh jurnali mavjud.
Yangi mavzuni boshlashdan oldin dastlab, talabalarning davomati aniqlab olindi. O'tilgan mavzuga to'xtalib, qisqacha so'rov va tushuntirish ishlarini olib borildi va yangi mavzu “SIP terminallarini roʻyxatdan oʻtkazish jarayonini tadqiq etish” mavzusi bo'yicha reja asosida laboratoriya mashg'uloti amaliy hamda taqdimot ko’rinishida namoyish etildi.
SIP terminallarini roʻyxatdan oʻtkazish jarayonini tadqiq etish.
SIP protokoli - Session Initiation Protocol– amaliy daraja protokoli hisoblanadi va aloqa seanslarini tashkil qilish, modifikatsiya va tugatish uchun belgilangan: multimediyali konferensiyalar, telefon ulanishlar va multimediyali axborotni taqsimlash uchun ishlatiladi.
SIP protokoli bazasida tarmoq qurilishini IETF (Internet Engineering Task Force) qoʻmitasi MMUSIC (Multiparty Multimedia Session Control) guruhi ishlab chiqqan.
IP-tarmoq mavjud boʻlgan ilovalari bilan oʻzaro hamkorlikni tashkil qilish uchun va foydalanuvchilar mobilligini taʼminlash uchun SIP protokol elektron pochta manziliga oʻxshash manzil ishlatadi. Ishchi stansiyalar manzili sifatida maxsus universal resurslar koʻrsatgichi - URL (Universal Resource Locators), SIP URL deb atalgan.
SIP-manzili toʻrt turda boʻladi:
• - nomi@domen;
• - nomi@xost;
• - nomi@IR-manzil;
• - telefon nomeri@shlyuz.
SIP-manzili boshida SIP-manzil ekanligini koʻrsatuvchi, “sip:” soʻzi qoʻyiladi, chunki boshqa boʻlishi ham mumkin (masalan, “mailto:”). Quyida SIP-manziliga misollar keltirilgan:
• sip: student@sk.niis.uz
• sip: userTUIT@192.168.100.152
• sip: 294-75-47@gateway.ru
IP-tarmoqlar bilan SIP protokolining integratsiyasi
IETF ishlab chiqqan SIP protokoli multimedianing global arxitekturasining qismi hisoblanadi. Bu arxitektura resurslarni zahiralashtirish protokolini (ResourceReservationProtocol - RSVP), real vaqt transport protokolini (Real-TimeTransportProtocol - RTP), real vaqtda oqimli axborotni uzatish protokolini (Real-TimeStreamingProtocol - RTSP), aloqa parametrlarini bayon qilish protokolini (SessionDescriptionProtocol -SDP) oʻz ichiga oladi. Ammo SIP protokoli funksiyalari bu protokollarning bittasidan ham bogʻliq emas.
SIP tarmoq arxitekturasi
SIP protokoli mijoz-server sxemasi boʻyicha ishlaydi .Mijoz soʻrovlar beradi, ularda serverdan u nimani olishni xohlashi koʻrsatiladi. Server soʻrovni qabul qiladi, unga ishlov beradi va javob yuboradi, u soʻrovni muvaffaqiyatli bajarilgani haqida bildirishni, xato haqida beldirishni yoki mijoz talab qilgan axborotni oʻz ichiga olishi mumkin.
SIP protokol tomonidan uchta ulash oʻrnatishning asosiy ssenariyalari koʻzda tutilgan: proksi-serverni qatnashishi bilan, qaytamanzillashtirish serverni qatnashishi bilan, va toʻgʻridan toʻgʻri foydalanuvchilar orasida.
Birinchi holda bu funksiyalar proksi-server oʻziga yuklaydi, chaqirayotgan foydalanuvchi esa faqat chaqirilayotgan foydalanuvchining doimiy SIP-manzilini bilishi kerak.
Ikkinchi holda chaqirayotgan tomon mustaqil ulash oʻrnatadi, qaytamanzillashtirish serveri esa faqatgina chaqirilayotgan abonentning doimiy manzilini uni joriy manziliga oʻzgartirishni amalga oshiradi.
Uchinchi holda ulash oʻrnatish uchun chaqirayotgan foydalanuvchi chaqirilayotgan foydalanuvchining joriy manzilini bilishi kerak.
Birinchi holda bu funksiyalar proksi-server oʻziga yuklaydi, chaqirayotgan foydalanuvchi esa faqat chaqirilayotgan foydalanuvchining doimiy SIP-manzilini bilishi kerak.
SIP protokolining soʻrovlari
SIP protokolining xozirgi versiyasida soʻrovlarning olti turi aniqlangan. Ulardan har biri vazifalarning ancha keng doirasini bajarish uchun belgilangan, bu esa SIP protokolining aniq koʻrinib turgan afzalligi hisoblanadi, chunki ularning ishtiroki natijasida terminallar va serverlar almashinadigan xabarlar soni minimumga yetkazilgan.
SIP protokolining soʻrovlari
• INVITE
• ASK
• CANCEL
• BYE
• REGISTER
• OPTIONS
• INFO
• SIP protokoli javoblari
• Hamma javoblar ikki guruhga boʻlinadi: axborotli va finalli.
Axborotli javoblar soʻrov ishlov berish bosqichida turganligini koʻrsatadilar. Ular birdan boshlanuvchi, uch xonali sonlar bilan kodlanadi — 1xx. Baʼzi bir axborotli javoblar, masalan, 100 Trying, taymerlarni nulga oʻrnatish uchun belgilangan, ular soʻrov uzatgan qurilmada ishga tushiriladi. Agar taymer ishlash paytiga soʻrovga javob olinmasa, unda bu soʻrov yoʻqotildi deb hisoblanadi. Keng tarqalgan javoblardan biri — 180 Ringing; belgilanishi boʻyicha u UfTT dagi “Chaqiruvni uzatishni nazorati” signaliga oʻxshash va chaqirilayotgan foydalanuvchi kirish chaqiruvi haqida signal olayotganini bildiradi.
SIP tarmogʻi uch turdagi asosiy elementlarga ega: foyda-lanuvchi agentlari, proksi-serverlari va qaytamanzillashtirish serverlari.
Foydalanuvchi agentlari (User Agent ili SIP client) terminal uskunaning ilovalari hisoblanadi va ikki tashkil etuvchini oʻz ichiga oladi: foydalanuvchi agenti – mijoz (User Agent Client – UAC) va foydalanuvchi agenti- server (User Agent Server – UAS)
Proksi-server (inglizchadan proxy – vakil) tarmoqda foydalanuvchining manfaatini ifodalaydi. U soʻrovlarni qabul qiladi, ularga ishlov beradi va soʻrov turiga bogʻliq ravishda, maʼlum harakatlarni bajaradi. Bu foydalanuvchini qidirish va chaqirish, soʻrovni marshrutlash, xizmatlarni berish va boshqalar boʻlishi mumkin. Proksi – server joylashgan yerini aniqlash serveri bilan fizik qoʻshilgan boʻlishi mumkin (bu holda u registrar deb ataladi)
Qaytamanzillashtirish serveri chaqirilayotgan foydalanuvchining joriy manzilini aniqlash uchun belgilangan.
Ikki foydalanuvchi oʻrtasida SIP aloqasini oʻrnatilishi
Do'stlaringiz bilan baham: |