Frensis Makomberning uzoq cho’zilmagan baxti



Download 53 Kb.
Sana11.01.2017
Hajmi53 Kb.
#147

Aim.uz

Frensis Makomberning uzoq cho’zilmagan baxti
… – Sher uchun ko’tardik – dedi u, – Qilgan ishingiz uchun qanday minnatdorchilik bildirishni ham bilmayman.

Makomberning xotini Margaret nigohini undan olib qochib, qayta Uilsonga qaratdi.

- Kelinglar shu sher haqida gaplashmaylik – dedi ayol.

Uilson unga jiddiylik bilan boqdi, bus afar ayol unga jilmaydi.

- Juda g’alati kun bo’ldi-da – dedi u, - tush paytida hatto bostirma ostida ham shlyapangizni kiyib olishingiz kerakmasmi? Bu haqda menga o’zingiz aytgandingiz.

- Kiysam ham bo’ladi – dedi Uilson.

- Bilasizmi, janob Uilson, sizning yuzlaringiz juda qizil – dedi ayol va unga jilmayib qo’ydi.

- Ichkilikdan – javob berdi Uilson.

- Men bunday deb o’ylamayman – dedi u – Frensis juda ko’p ichadi, lekin yuzlari hech qachon qizarmaydi.

- Bugun qizardi – hazil qilmoqchi bo’ldi Makomber.

- Yo’q, - dedi Margaret, - bugun mening yuzim qizardi. Ammo, janob Uilsonniki doim qizil.

- Irqiy xususiyat bo’lsa kerak – dedi Uilson, – Mening xusnimni suhbat mavzusiga aylantirmoqchi emasdirsiz-a?

- Endi boshlagandim.

- Qo’ying bu mavzuni – dedi Uilson.

- Unday bo’lsa, suhbatimizni davom ettirish uchun gap qolmaydi.

- Ahmoqona gaplarni qo’y, Margo – dedi eri.

- Nega endi, - dedi Uilson – Bizning ajoyib sherimiz bor.

Margaret ularga qaradi, ikkisi ham uni yig’lagudek bo’lib turganini ko’rishdi. Uilson shunday bo’lishini tahmin qilgandi va aynan shundan qo’rqqandi. Makomberning esa bunday narsalardan qo’rqmay qo’yganiga ancha bo’lgan.

- Qaniydi o’sha voqea sodir bo’lmaganda, oh, qaniydi…- dedi ayol va o’zining chodiri tomon ketdi. Uning yig’lagan tovushi eshitilmadi, ammo dag’al matodan qilingan pushti koftasi ostida uning yelkalari silkinayotgani ko’rinib turardi.

- Ayollarga xos tushkunlik – dedi Uilson baland bo’yli erkakka qarata – arzimagan narsalar uchun asablar taranglashuvi va shunga o’xshash mayday-chuydalar.

- Yo’q – dedi Makomber – Endi butun umr shu ish uchun javob berib o’tsam kerak.

- Qo’ysangizchi, keling, yaxshisi ozroq ichamiz – dedi Uilson, - Unuting! Barchasini. Baribir foydasi yo’q.

- Urinib ko’rishimiz mumkin edi – dedi Makomber, - Shunday bo’lsa ham, menga qilgan yaxshiligingizni unutmayman.

- Hechqisi yo’q – dedi Uilson, - Arzimagan ish…

… - Meni gullab qo’yadi deb xavotirlanmang – dedi Uilson, - Bu mening tirikchiligim. Bilasizmi, Afrikada hech qaysi ayol o’z sherini o’tkazib yubormaydi va hech qaysi oq tanli erkak qochib qolmaydi.

- Ha, men qo’rqoqlarcha qochib qoldim – dedi Makomber.

Shunday gaplarni gapiradigan erkakni nima qilish mumkin, hayratlandi Uilson.

Uilsonning moviy ko’zlari unga sovuq quroldek nigohini qaratdi va Makomber unga javoban jilmaydi. Ko’zlarida aks etgan baxtsizlikni xisobga olmaganda, uning jilmayishi yoqimli edi.

- Balki, buyvollarga harakat qilib ko’raraman – dedi Makomber, - Navbatda ular shekilli?

- Istasangiz tongda boshlaymiz – dedi Uilson. Balki, u adashgandir. Buni aynan shunday qabul qilish kerak. Bu amerikaliklar haqda bir narsa deyish qiyin-da. Uilsonda yana Makomberga nisbatan hayrixoxlik uyg’ondi. Agar o’sha tong unutilsagina. Axir qanday unitilsin. Bundan battari bo’lishi ham mumkin emasdi.

- Honimsohiba kelyapti – dedi u. Margaret o’zining chodiridan tetik, quvnoq va juda go’zal bo’lib kelardi. Uning yuz tuzilishi juda chiroyli edi. Shunday chiroyli ediki, unga qarab turib uni ahmoq deb o’ylash mumkin edi. Lekin u ahmoq emasdi. Yo’q, ahmoq emas…

- Qizil yuzli janob Uilsonning ahvoli qalay? O’zingni yaxshi his qilyapsanmi, azizim Frensis?

- Ancha yaxshi – dedi Makomber.

- Men barchasini ortga tashladim – dedi stol yoniga o’tirarkan, - Frensis sher o’ldirishda uquvlimi, yo’qmi buni nima ahamiyati bor? Bu uning sohasi emas. Bu janob Uilsonning hunari. Rosti, janob Uilson hamma narsani o’ldirishga ishtiyoqmand. Siz har qanday narsani jonini olaverasiz, shundaymi?

- Har qanday narsani – dedi Uilson – Osongina.

Ular, hayolidan o’tkazdi Uilson, dunyodagi eng qahri qattiq, eng toshbag’ir, eng shafqatsiz va eng jozibali ayollar. Shunday bo’lganliklari uchun ham ularning erlari yumshoq tabiat yoki asablari ishdan chiqqan kishilarga aylanib qoladilar. Yoki ular atayin o’zlari qo’lga ola oladigan shunday erkaklarni tanlarmikin? Ular turmushga chiqayotganlarida bularni bilishi mumkin emas, o’yladi Uilson. U amerikalik ayollar haqida ma’lum bilimlarga ega ekanligidan xursand edi, chunki bunisi haqiqatda juda jozibali edi.

- Biz tongda buyvol ovlagani bormoqchimiz – dedi u.

- Men ham boraman – dedi u.

- Yo’q.

- Ha! Shundaymi Fransis?

- Lagerda qolsangchi?

- Aslo. – dedi ayol – bugungidek voqeani aslo o’tkazib yuborishni xoxlamayman. …

… Ammo o’sha tuni kechki ovqat va uyquga ketishdan oldin gulxan yonida ichilgan viskidan so’ng, o’zining chivinga qarshi to’r bilan o’ralgan o’rnida, tungi ovozlarga quloq tutib yotgan Frensis Makomber uchun hech narsa tugamagandi. Buni na tugash van a boshlanish deb bo’lardi. Bu voqea uni uyatdan qizarishiga sabab bo’lgan ba’zi joylari bilan huddi hozir sodir bo’lgandek, unning ko’z o’ngidan ketmasdi. Lekin u o’zida uyatdan ko’ra ko’proq badanni titratuvchi sovuq qo’rquvni his qilardi. Qo’rquv qachonlardir o’ziga ishonch bilan to’la bo’lgan bo’shliqda huddi sovuq kovakdek o’rnashib qolgandi va bu holatdan uning ko’ngli behuzur bo’ldi. Qo’rquv hali hamon u bilan edi. …

… - Juda soz, - dedi Uilson – Toza ish. Bu uchinchisi.

Makomber zavqdan sarmast edi.

- Siz necha marta otdingiz? – so’radi u.

- Uch marta xolos, - dedi Uilson – birinchi va eng katta buyvolni siz o’ldirdingiz. Qolgan ikkitasini tinchitishda esa sizga yordam berdim. Ular panaga kirib ketadi deb qo’rqqandim. Ularni siz tinchitdingiz, men oxiriga yetkazishga biroz yordam berdim, xolos. Zo’r otdingiz.

- Ketdik mashinaga, men ozroq ichmoqchiman – dedi Makomber. …

… - Zo’r poyga bo’ldi! – dedi u – o’zimni hech qachon bunday his qilmagandim. Ajoyib bo’ldi-a, Margo?

- Yoqimsiz.

- Nega endi?

- Yoqimsiz va jirkanch – alam bilan gapirdi Margo.

- Bilasizmi, men endi hech qachon, hech narsadan qo’rqmasam kerak. – dedi Makomber Uilsonga – Birinchi marta buyvolni ko’rib, uning izidan tushganimizda ichimda nimadir sodir bo’ldi. Xuddi to’g’on o’pirilgandek. Bu haqiqiy rohat edi.

- Bu jigaringizni tozalaydi – dedi Uilson – odamlar bilan antiqa narsalar ro’y beradi-da.

Makomberning yuzlari porlardi.

- Bilasizmi, menga nimadir bo’ldi – dedi u – o’zimni butunlay o’zgacha his qilyapman.

Xotini unga hech narsa demadi va ga’alati qarab qo’ydi. U orqa o’rindiqda suyangancha o’tirardi. Makomber esa oldinga engashib olib, old o’rindiqdan yonboshlab olib gapirayotgan Uilson bilan suhbatlashardi.

- Sizga aytsam, men yana bir bor sher ovlagan bo’lardim – dedi Makomber – Men endi ulardan hech ham qo’rqmayman. Umuman, ular nima ham qila olishardi?

- To’ppa-to’g’ri – dedi Uilson – juda bo’lmaganda o‘ldirishlari mumkin. Shekspirning so’zlari bilan aytganda qanday edi-ya? Juda ajoyib so’zlar. Eslab ko’raychi, o, juda ajoyib so’zlar edi. Bir vaqtlar o’zim uchun shior qilib olgandim. Mana, eshitib ko’ringa “Chin so’zim, mening o’lim bilan ishim yo’q, inson bir kun kelib o’ladi; biz Xudo oldida jon qarzdormiz, uni qay yo’l bilan olishi O’ziga havola. Shu yil omonatini topshirgan odam, kelasi yilda o’lish majburiyatidan ozod bo’ladi”. Ajoyib so’zlar-a?

Uning hayot tarzining asosi bo’lgan ushbu so’zlarni aytar ekan, Uilson hayajonlanib ketdi. U ko’z o’ngida insonlarning ulg’ayishini birinchi marta ko’rishi emasdi va shu narsa uni doim ta’sirlantirardi. …

… Mashina butazor yoqasida to’xtadi. Makomber, Uilson va bir yordamchi pastga tushishdi. Makomber ortiga o’girildi va oziga qarab turgan xotinini ko’rdi. Uning yonida miltiq yotardi. U xotiniga qo’l silkitdi, u esa javob qaytarmadi. …

… - U o’lib yotibdi – dedi Uilson, - Tabriklayman – dedi va Makomberning qo’llarini siqib qo’yish uchun o’girildi. Ular bir-birlariga jilmayib qo’l siqishdilar. Shu payt ular daxshatdan qichqirgancha, krabdek yonboshlab tezlik bilan butalar orasidan chiqib kelayotgan yordamchini va burun teshiklari kengaygan, lablari qimtilgan, qon oqib turgan, tashlanish uchun ulkan boshini oldinga cho’zib olgan, kichkina ko’zlari qonga to’lgan buyvolni ko’rishdi. …



Uilson buyvolni yelkasidan otish uchun bir tomonga tisarildi. Makomber esa qo’zg’almay turardi va to’gridan-to’gri uning yuziga o’q uzardi. Har safar u kerakli nuqtadan biroz balandroqqa, buyvolning metin shoxlariga otardi. O’q tekkanda ulardan huddi shiferdek mayda bo’laklar sachrab chiqardi. Buyvol Makomberni suzib yuboradigandek tuyulganda, Makomber honim mashinadan turib, 6.5 kalibrli manlixerdan buyvolga qarata o’q uzdi. O’q yonbosh tarafdan naqd erining bosh chanog’iga tegdi. …


Aim.uz


Download 53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish