6.Elektr sig’imi - Elektr sigʻimi — oʻtkazgichning elektr zaryad toʻplash xususiyatini ifodalovchi elektr kattalik. Miqdor jihatidan yakkalangan oʻtkazgichning potensialini bir birlikka oʻzgartirish uchun zarur zaryad miqdoriga teng . Amalda kondensatorlarni parallel, ketma-ket yoki aralash ulash yoʻli bilan zarur Elektr sigʻimi olinadi.Yakkalangan o'tkazgichning elektr sig'imi - o'tkazgichdagi zaryadning maydon potensialiga nisbatiga teng. Kondensator sig'imi, zaryadning ya'ni q ning kuchlanish(U)ga nisbatiga teng.
- Jism sig‘imi uning o‘lchamlari va shakliga, atrofidagi jismlarning joylashishiga, xullas jism atrofidagi elektr maydon qanday sharoitda mavjud bo‘lishiga bog‘liq. Quyidagi tajribada sig‘imning bu xossasini tasdiqlaydi. Elektroskopni zaryadlaylik, uning strelkasi og‘ib, zaryadlarmiqdorini baholash imkonini beradi. sim orqali erga (suv quvuriga) ulangan o‘tkazgich telektroskop tashqi elektrodiga yaqinlashtiramiz. Masofa kamaygani sari elektroskop strelkasini pasayishini kuzatamiz.Tajribani tushuntiraylik. strelkaning og‘ishi elektroskopning pastki qismidagi zaryadlar miqdori bilan bog‘liq. Asbobdagi zaryad musbat bo‘lsin. Elektroskopning yuqoridagi elektrodiga tashqi jismning yaqinlashishi tufayli tashqi jismda manfiy zaryad yig‘iladi, musbat zaryadlar unga tortilib, elektroskopning yuqori qismiga yig‘iladi, elektroskopning pastki qismidagi zaryadlar miqdori kamayib, elektroskop strelkasining og‘ishi ham kamayadi. Boshqacha aytganda, tajriba jarayonida elektroskopning tashqi o‘tkazgichni yaqinlashuvi uning yuqori qismining elektr sig‘imini orttirib, u
- tarafdagi zaryadlar miqdori ko‘paydi.
7.Zaryadlangan kondensatorlarning energiyasi. 7.Zaryadlangan kondensatorlarning energiyasi. Kondensator - (lot. condenso — zichlayman, quyultiraman) — 1) issiqlik texnikasida — gazsimon modda (bugʻ) ; issiqlik almashinish apparatining bir turi. kondensatorning sirtqi va kontakt (yoki aralashtiruvchi) xillari bor. S i r t q i kondensatorda suv bugʻi ichidan sovuq suv oqadigan quvur devoriga tegib kondensatlanadi. Kontakt kondensatorda suv bugʻi bevosita sovituvchi suvga tegib kondensatlanadi. Bunday kondensatorlar kimyo sanoatida, issiqlik energetikasida (qarang Kondensatsion elektr stansiya, Kondensatsion turbina), bugʻlatish qurilmalari (distillyat olish, bugʻ aralashmalarini ajratish uchun) va boshqalarda ishlatiladi. 2) Elektr kondensator— elektr zaryadlarni yigʻuvchi qurilma. Dielektriklar bilan ajratilgan ikki yoki undan ortiq elektrod (qoplama)dan iborat. kondensatorning qogʻozli, gazeimon dielektrikli, keramik, plyonkali, yarimoʻtkazgichli, elektrolitik va boshqa xillari mavjud. Ular oʻzgarmas, oʻzgaruvchan va yarimoʻzgaruvchan elektr sigʻimli boʻladi. Kondensatorlar , televideniye, elektronika, hisoblash texnikasi va boshqa da qoʻllaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |