Qutbsiz molekulaning qutblanish jarayoni (+) va (-) zaryadlari bir-biri bilan elastik kuchlar yordamida bog’langan dipol kabi bo’ladi. Shu sababli qutbsiz molekula tashqi elektr maydonidagi elastik dipol vazifasini o’taydi. Тashqi maydonning qutbli molekulaga ta’siri elektr momenti maydon yo’nalish bo’yicha bo’ladi. Qutbli molekula tashqi maydonda o’zini kattiq dipol sifatida namoyon qiladi. Gauss teoremasi — elektrostatikaning asosiy teoremasi. Berk sirt orqali oʻtayotgan elektr maydon kuchlanganligi oqimi bilan shu sirt ichida joylashgan zaryad q kattaligi orasidagi bogʻlanishni ifodalaydi. Berk sirt orqali oʻtayotgan oqim jV shu sirtning hamma elementlari orqali oʻtayotgan oqimlar yigʻindisiga teng: -
- Ostrogradskiy-Gauss teoremasining differensial ko’rinishidir. Elektr maydonining divergensiyasi elektr oqimining fazoviy koordinatalar yo’nalishlar bo’yicha gradiyentlar yig’indisiga yoki zaryadlangan hajmning hajmiy zaryad zichligiga teng bo’ladi.
- Ostrogradskiy-Gauss teoremasini amalda tadbiq etish uchun, quyidagi tushunchalarni kiritamiz:
- - Zaryadlarning hajmiy zichligi deb, jismning bir birlik hajmiga mos kelgan zaryadga miqdor jihatdan teng bo’lgan fizikaviy kattalikka aytiladi, ya’ni p=q/V; bu yerda q – jismning V – hajmiga mos kelgan miqdori.
- - Zaryadning sirt zichligi deb, jismning bir birlik sirt yuzasiga mos kelgan zaryadga miqdor jihatdan teng fizikaviy kattalikka aytiladi.
- - Zaryadning chiziqli zichligi deb, jismning uzunlik birligiga mos kelgan zaryadga midor jihatdan teng fizikaviy kattalikka aytiladi.
4.Dielektriklardagi elektr maydon uchun Gauss teoremasi.
5.Elektrostatik maydondagi o’tkazgichlar. - Erkin elektronlarga yoki ionlarga ega bo’lgan moddalar o’tkazgichlar deb ataladi, chunki tashqi elektr maydon ta’sirida elektron yoki ionlar tartibli qilishi mumkin.
- Agar erkin zaryadlarga ega bo’lgan o’tkazgich tashqi elektrostatik maydonga joylashtirilsa, elektrostatik kuch ta’sirida, o’tkazgichdagi erkin elektronlar maydon kuchlanganligining vektoriga qarama-qarshi tomonga siljiydi. Natijada: o’tkazgichning ikki tomonida har xil ishorali zaryadlar hosil bo’ladi: elektronlari ortiqcha bo’lgan uchi manfiy zaryadlanadi, elektronlar yetishmaydigan uchi esa, musbat zaryadlanadi.
- Shunday qilib, tashqi elektrostatik maydon ta’sirida, o’tkazgichdagi mavjud zaryadlarning musbat va manfiy sirt zaryadlarga ajratish hodisasi elektrostatik induksiya yoki ta’sir orqali zaryadlash deyiladi. Hosil bo’lgan zaryadlar induksiyalangan zaryadlar deb ataladi.
- Zaryadlarning sirt bo’yicha qayta taqsimlanishi ya’ni, manfiy va musbat qutblarning hosil bo’lishi, elektrostatik induksiya hodisasi deb ataladi.
- O’tkazgich ichida elektr maydon bo’lmasligi sirt zaryadlarining teng taqsimlanganidan kelib chiqadi. Bu hol elektrostatik himoya yoki moddalarning ekranlashishi deb ataladi. Sirt zaryadlarining mavjudligi o’tkazgich ichida maydon bo’lmasligiga sabab bo’ladi,ya’ni tashqi elektr maydoni ta’sirini yo’qqa chiqaradi.
- Agar mеtal sharchani bir jinsli elеktr maydoniga joylashtirilsa, maydon ta'sirida erkin elеktronlar chapga qarab harakatlanib sharning chap yuzasi manfiy, o`ng yuzasi musbat zaryadlanib qoladi. Bu xodisa elеktrostatik induktsiya dеb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |