Мuhammad аl-Хоrazmiy nomidagi Тоshkent ахborot tехnologiyalari universiteti



Download 164 Kb.
bet1/7
Sana26.07.2021
Hajmi164 Kb.
#129019
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ìuhammad àl-Õîrazmiy nomidagi Òîshkent àõborot tåõnologiyalari u

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi


Мuhammad аl-Хоrazmiy nomidagi Тоshkent ахborot tехnologiyalari universiteti

Таsdiqlandi”

O‘quv ishlari bo‘yicha 1-prorektor

_________ Sh.A.Sadullayeva

2020 yil “ ___ ”
AKADEMIK YOZUV

FANINING ISHCHI O‘QUV DASTURI

(sirtqi va ikkinchi mutaxassislik bo‘limi )


Bilim sohalari :

300000

  • Ishlab chiqarish- texnik soha

Та’lim sohasi:

330000

  • Коmpyuter texnologiyalari va informatika

Та’lim yo‘nalishlari:

5330500

  • Коmpyuter injiniring ("Коmpyuter injiniring ", "IТ-servis","Ахborot xavfsizligi",

  • "Мultimedia texnologiyalari")




5330600

  • Dasturiy injiniring




Та’lim sohasi:

350000

Та’lim yo‘nalishlari:

5350100

  • Telekommunikatsiya texnologiyalari ("Теlekommunikatsiya", "Теleradiouzatish", "Моbil tizimlar")




5350200

  • Теlevizion texnologiyalar ("Аudiovizual texnologiyalar", "Теlestudiya tizimlari va dasturlari")




5350300
5350500
5350400

5350600



  • Ахborot-коmmunikatsiya texnologiyalari sohasi iqtisodiyoti va menejmenti

  • Ахborot-коmmunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi

  • Pochta aloqasi texnologiyasi

  • Ахborotlashtirish va kutubxonashunoslik



Umumiy o‘quv soati – 120 soat

Shu jumladan:

Аmaliy mashg‘ulotlar – 60 soat

Мustaqil ta’lim soati – 60 soat

Тоshkent 2020

















Fanning ishchi o‘quv dasturi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti kengashining 2020 yil “ _ _” – sonli bayoni bilan tasdiqlangan.

Tuzuvchilar:

Axmedova M.X.- TATU, «O‘zbek va rus tillari »

кafedrasi dotsenti, p.f.n.

Gayubova K.A. – TATU, «O‘zbek va rus tillari »

kafedrasi katta o‘qituvchisi

Yulanova N.D. TATU, «O‘zbek va rus tillari »

kafedrasi katta o‘qituvchisi

Taqrizchilar:

G.A.Narimova –TDPU, “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti, f.f.n.

D.U.Dospanova – TATU, “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi dotsenti, f.f.n.

TATU AKT sohasida

KT fakulteti dekani ______________________ K.Igamberdiyev

“O‘zbek va rus tillari” kafedrasi mudiri _______________ S.X.Abdullayeva




Kirish

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishib, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan borayotgan bugungi kunda dunyo andozalari darajasidagi bilimdon, zukko, har tomonlama yetuk mutaxassis kadrlarni tayyorlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur fan talabalarga matnlar, ularning turlari, har bir matnda aks etishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar, axborotlar, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma’naviy hayotimizga oid hamda o‘rganayotgan mutaxassisliklariga doir terminlar, ularni tanlashdagi o‘ziga xos xususiyatlarni o‘rgatish uchun mo‘ljallangan.

Bu esa ta’lim andozalariga yangi, zamonaviy fanlarni kiritish orqali amalga oshiriladi. Endilikda respublikamizdagi barcha korxonalarda yuritiladigan hujjatlarni o‘zbek tili qonun-qoidalariga mos ravishda rasmiylashtirilishiga erishishdek ulkan vazifa hammamizning oldimizda turibdi.

“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun talablaridan kelib chiqqan holda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bakalavrlariga “Akademik yozuv” fani kiritildi.

Bu fanni o‘qitishdan maqsad bakalavrda mutaxassislik tili, mutaxassislik terminologiyasi, mutaxassislik matni, mutaxassislik nutqi asoslarini shakllantirishdan iboratdir.

Shunga ko‘ra universitet talabalari uchun “Akademik yozuv” kursining kiritilishi maqsadga muvofiq ish bo‘ldi.

“Akademik yozuv” fani nutq madaniyati va o‘zbek tilining boshqa sohalari bilan chambarchas bog‘liqdir. Bakalavr o‘z mutaxassislik fanlari bilan bir qatorda mutaxassislik tili va uslubi, mutaxassislik terminologiyasi va atamashunoslik, ish yuritish va hujjatchilik to‘g‘risida mukammal bilimga ega bo‘lmasdan turib, o‘z fikrini mutaxassislik sohasiga qo‘yiladigan talablar asosida aniq va ravshan ifoda eta olmaydi. Shunga ko‘ra, bo‘lajak mutaxassislar fan va texnika tilining o‘ziga xos xususiyatlaridan puxta xabardor bo‘lmog‘i lozim.



Bakalavrlar o‘z ixtisosligidan kelib chiqqan holda, respublikamiz iqtisodini yuksaltirishga, uni jahonda munosib o‘rin egallashiga hissa qo‘shadi, chet mamlakatlarda va yurtimizda davlatimiz manfaatini himoya qiladi, kuch-qudratini namoyish etadi. Shunga ko‘ra, bo‘lajak mutaxassislar davlat tili – o‘zbek tilini mukammal, aniq va ravshan egallashlari shart. Shuning uchun dasturda mutaxassislik tili bilimlariga alohida urg‘u berildi.

Hozirgi kunda o‘zbek tilining ijtimoiy mavqei tobora ortib borayotganligi, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlo qoidalarining joriy etilganligi, ish yuritishda to‘liq davlat tiliga o'tilganligi barcha mutaxassislarning millatidan qat’iy nazar, o‘zbek tilini puxta egallashlarini taqozo etmoqda.

Shu bois, mazkur o‘quv kursining o‘qitilishi muayyan amaliy yo‘nalishga ega bo‘lib, bakalavr mutaxassislik tili bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni, o‘z sohasiga oid so‘zlarni va hujjatlarni to‘g‘ri yozish malakasini hosil qilishni ko‘zda tutadi.

Bo‘lajak mutaxassisning kasbiy layoqati va mahorati hozirgi davrda o‘z kasbining madaniyati asoslari hamda notiqlik me’yorlarini ham bilishni taqozo etmoqda.

Fanni o‘qitish tamoyillari, mazmuni va uslubini o‘zgartirib, talabalarning yozma nutqiy ko‘nikmalarni takomillashtirish, o‘zbek tilining boy imkoniyatlaridan o‘z mutaxassisligi bo‘yicha foydalanish, fikrini to‘g‘ri, aniq, mantiqli ifoda etishga o‘rganishni ko‘zda tutadi.

Ushbu kursda o‘zbek tilini o‘qitish tamoyillari, mazmuni va uslubini o‘zgartirib, talabalarning o‘rta maktabda, akademik litsey va kollejlarda olgan bilimlarini chuqurlashtirish, takomillashtirish bilan bog‘liq bo'lgan nutqiy ko‘nikmalarni hosil qilish, nutqning rasmiy, ommabop va ilmiy uslublarini chuqur o‘zlashtirish , o‘zbek tilining boy imkoniyatlaridan o‘z mutaxassisligi bo‘yicha foydalanish, ilmiy mazmundagi nutqni to‘g‘ri, aniq, mantiqli ifoda etish hamda yozishga o‘rgatish ko‘zda tutiladi.

Til birliklari va materialidan fikrni ifodalash maqsadida foydalanish jarayoni nutq sanaladi. Hayotning turli sohalari, turlicha nutq vaziyatlarida tildagi leksik, frazeologik, fonetik va grammatik vositalarni tanlash va ulardan foydalanish usullari ham har xil bo‘ladi. Shunga ko‘ra, nutqning quyidagi uslublari o‘zaro farqlanadi: so‘zlashuv uslubi, rasmiy-idoraviy uslub, ilmiy uslub, publitsistik uslub va badiiy uslub.

Ilmiy uslub tabiat va ijtimoiy hayotdagi barcha narsa hamda hodisalar to‘g‘risida aniq, asoslangan, izchil ma’lumot berishda qo‘llanadi. Unda narsa-hodisa mohiyatini ta’riflash, tahlil qilish, sababini aniqlab, dalillar bilan isbotlash va asosli natijalarni bayon etish muhim hisoblanadi. Ilmiy uslub bilimning turli sohalariga qarab, shuningdek, kimga mo‘ljallanganligiga nisbatan o‘zaro farqlanadi. Masalan, fan sohalari muayyan shartli belgilar, formulalar, bayon qilish materiali bilan ajralib turadi. Ilmiy uslubdagi kitoblar ilm-fanga oid ma’lumotlar berish bilan mutaxassislargagina mo‘ljallanishi yoki bunday ilmiy ma’lumotlar keng ommaga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Keng jamoatchilikka tushunarli bo‘lgan, tasvir bayonida emotsionallik, obrazlilik mavjud bo‘lgan uslub ilmiy-ommabop uslub sanaladi. Ko‘pchilikka mo‘ljallangan ma’ruzalar, risola va darsliklar shu uslubning ko‘rinishlaridir.

Ilmiy-ommabop uslubda maxsus atamalar kam ishlatiladi (ishlatilganda esa izohi beriladi), fikrlar qiziqarli tilda tushuntiriladi, bayonda obrazlilikni ta’minlovchi badiiy tasvir usullaridan foydalaniladi.


Download 164 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish