Muftalar. Sharnirlli richagli muftalarni hisoblash.
Reja:
1. Umumiy ma`lumot.
2. Doimiy biriktirilgan muftalar.
3. Prujina bilan ta`minlangan tishli muftalar.
4. Boshqariladigan ulovchi muftalar.
5. Kulachokli muftalar.
Muftalar, val, truba va shu kabi detallarning uchlarini bir-biriga ulash uchun ishlatiladi va mexanikaviy, elektrik, g’idravlik turlarga bo`linadi.
Mashina detallari kursida faqat vallarga mo`ljallangan mexanikaviy muftalargina o`rganiladi. Bunday muftalarning asosiy vazifasi vallarni o`zaro biriktirish bilan birga ularning biridan ikkinchisiga burovchi moment uzatish hamdir. Bundan tashqari, muftalar bir qancha boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkin. Shuning uchun mashinasozlikda ishlatiladigan muftalarning turi ko`p (161- shakl). Ular vazifasi hamda tuzilishiga ko`ra, quyidagi uch gruppaga bo`linadi:
1. Doimiy biriktirilgan muftalar; bunday muftalardan foydalanilganda mashina ishini to`htatmay turib, vallarini bir-biridan ajratishning mutlaqo iloji bo`lmaydi.
2. Boshqariladigan ulovchi muftalar; bunday muftalar vositasida mashina ishini to`xtatmagan holda, zarur bo`lgan hollarda vallarni ulash yoki ajratish mumkin.
3. O`z-o`zini boshqaruvchi (avtomatik) muftalar; bunday muftalar, ko`pincha, saqlagich sifatida ishlatiladi, ya`ni mashinaning normal ishlashi uchun talab qilingan sharoit taminlanganmaga hollarda bunday muftalar avtomatik ravishda vallarni bir-biridan ajratadi va talab qilingan normal sharoit yaratilishi bilan ajratilgan vallar mufta vositasida avtomatik ravishda yana ulanadi.
Quyida mashinasozlikda keng ko`lamda ishlatiladigan asosiy muftalarning ishlashi, tuzilishi va ularni hisoblash usullari bilan bog’liq bo`lgan masalalarga to’xtalib o`tamiz.
Doimiy biriktirilgan muftalar
Muftalarning bu gruppasiga vallarni bir-biriga nisbatan biror yo`nalishda siljishiga yo’l qo`ymaydigan qilib biriktiradigan qo`zg’almas muftalar hamda vallarning turli
yo’nalishda siljishiga ma`lum darajada imkon beradigan qo`zg’aluvchi muftalar kiradi. Qo`zg’almas muftalar bir valdan ikkinchi valga burovchi moment uzatish bilan bir vaqtda, vallarda ish jarayonida paydo bo’ladigan eguvchi momentni va o`q bo’ylab yo`nalgan kuchlarni ham uzatadi. Biroq eguvchi moment hamda o`q bo`ylab yo`nalgan kuchlarning mavjudligi muftaning mustahkamligiga salbiy ta`sir ko’rsatganligidan, bu xildagi nagruzkalarning bo`lmagani ma`qul. Bunday nagruzkalarga barham berish maqsadida muftalar val tayanchiga mumkin qadar yaqin o`rnatiladi. Qo`zg’almas muftalar, o`z navbatida, qo`yidagi turlarga bo`linadi:
a) vtulka ko’rinishidagi muftalar;
b) bo`laklarga ajraladigan sirti val o`qiga tik joylashgan flanesli muftalar;
v) bo`laklarga ajraladigan sirti va o`qiga parallel joylashgan muftalar.
Qo`zralmas muftalarning eng oddiysi vtulka ko`rinishidagi muftadir. Vallarni bunday mufta vositasida biriktirish uchun vallarning uchlari ichki diametri ularning sirtqi diametriga teng bo`lgan vtulkalarning ikki tomonidan kiritiladi va shift yoki shponkalar vositasida qo`zg’almas qilib mahkamlab qo`yiladi (162-shakl).
Prujina bilan ta`minlangan tishli muftalar
Bunday muftalar elastik elementi metalldan tayyorlangan kompensasiyalovchi muftalar ichida nisbatan ko`p ishlatiladiganlaridir. Ular maxsus shakldagi tishli ikkita yarim muftadan(168-shakl, 1 va 2) iborat. Yarim mufta tishlari 3 ilon izi qilib o’ralgan prujina 4 vositasida bir-biriga bog’lanadi. Prujinaning qo`zg’alib ketmasligi va detallarning changdan saqlanishi uchun yarim muftalar ikki qismdan iborat kojux 5 bilan berkitiladi; kojux esa boltlar vositasida biriktiriladi. Kojux muftaga moy berib turadigan idish vazifasini o`taydi. Shuning uchun uning yarim mufta ustiga bevosita tegib turadigan qismiga zichlagich qo`yiladi.
Yarim muftalardagi ish tishlarining ko`ndalang kesimi ikki xil bo`lishi mumkin
(169- shakl, a va b). Ulardan biri mufta bikrligining o`zgarmas, ikkinchisi esa o`zgaruvchan bo`lishini ta`minlaydi. Ko`ndalang kesimining birinchi xili uchun ta`sir etayotgan kuchlar orasidagi masofa, nagruzkaning katta-kichikligidan qat`iy nazar, o`zgarmas miqdorga - 2α ga teng bo`lsa, ikkinchi xili uchun bu masofa nagruzkaning miqdoriga qarab o`zgaradi.
Prujina bilan ta`minlangan muftalarning o`lchamlarini quyidagicha olish tavsiya etiladi: tishlar soni z = 59 ÷ 100; muftaning sirtqi diametri D = (3÷3,5) d; kojuxning eni V=( 1,35 ÷ 2) d; yarim muftalardagi tishlar balandligining o`rtasidan o`tgan aylana diametri Do`r = (0,7÷0,8) d; tishning qadami. t = πDo`r/z; prujinaning eni b=(0,8÷1 )t; prujinaning qalinligi h≈0,2b.
Bunday o`lchamli muftalar vallarning o`q bo`yicha siljishining Δt = 4÷20 mm, radial siljishining Δr= 0,5÷3 mm va burchagi siljishining Δα = 10015' bo`lishiga imkon beradi.
elastik elementi metallmas materialdan tayyorlangan kompensasiyalovchi muftalardan nisbatan ko`p ishlatiladigani vtulkabarmoqli muftadir.
2- shakl. Prujina bilan ta’minlangan 3- shakl. Prujina bilan ta’minlangan
tishli mufta tishli muftalar tishining tuzilishi
Bu muftaning tuzilishi flanesli muftanikiga o`xshash bo`lib, ikkita yarim muftadan iborat (1- shakl)
1-shakl. Vtulka – barmoqli mufta
Yarim muftalar bir uchida rez`basi bo`lgan barmoqlar yordamida bir-biri bilin biriktiriladi. Bamoqlarning yarim muftalardan birida joylashgan qismiga elastik materialdan (rezinadan) tayyorlangan vtulka (l variant) yoki ko`ndalang kesimi trapesiya shaklida bo`lgan bir necha xalqa o`rnatilgan bo`ladi. Vtulka yoki xalqa kesimining balandligi nisbatan katta bo`lmaganligi tufayli, kichik qiymatli (Δr=0,3÷0,6 mm; Δα=10 gacha bo`lgan) siljishlargagina imkon beradi. Bunday muftalar, ko’pincha, elektrik dvigatel vali bilan yuritma valini biriktirish uchun ishlatiladi. Ular burovchi momentning qiymati hamda valning o`lchamlariga qarab, GOST (MN2096-64) jadvallaridan tanlab olinadi. Tanlab olingan muftalarning mustahkamligini tekshirib ko`rishda barmoqlar egilishga hamda rezina detalning barmoqqa tegib turgan sirti bo`yicha ezilishga hisoblanadi. Buning uchun avvalo har bir barmoqqa to`g’ri keladigan kuch topiladi: R=2MbK/ D1z kG, (8)
bu yerda Mb—muftaga ta`sir etuvchi burovchi moment; D1--barmoqlar joylashgan aylananing diametri; K—ish rejimini hisobga oluvchi koeffisient; bu koeffisient, ko`pincha, 1,5÷2,5 qilib olinadi.
Barmoq va elastik element qo`yidagi formulalar asosida hisoblanadi:
σeg=Meg/0,1d13=Pl/2Z0,1d13 ≤[σeg] (9)
σ'eg=2MσK/D1d1lz ≤[σez] (10)
bu yerda z—muftadagi barmoqlar soni: 1—barmoqning elastik element joylashtirilgan qismi uzunligi; d1 - barmoqning diametri; [σeg]—ruxsat etilgan eguvchi kuchlanish (bu kuchlanishning qiymatini 45 markali po`lat uchun 800÷1000 kG/sm2 qilib olish tavsiya etiladi); [σez]—elastik element uchun pyhsat etilgan ezuvchi kuchlanish; uning qiymati 18÷20 kg/sm2 qilib olinadi.
Boshqariladigan ulovchi muftalar
Boshqariladigan ulovchi muftalar aylanayotgan yoki tinch turgan vallarni istalgan vaqtda ulash yoki ajratish uchun ishlatiladi. Bunday muftalar ishlash prinsipiga qarab ikki gruppaga bo`linadi:
a) ilashish asosida ishlaydigan(kulachokli va tishli) muftalar;
b) ishqalanish asosida ishlaydigan (friksion) muftalar.
Boshqariladigan muftalar vallarning siljishiga imkon bera olmaydi. Ulardan foydalanilganda vallarning albatta qat’iy o`qdosh bo`lishi talab qilinadi.
Friksion muftalarni boshqarish mexanizmlarining juda ko`p turi ma`lum. Ular tuzilishi va ishlash prinsipiga qarab bir-biridan farq qiladi. Harakatga keltirish prinsipiga ko`ra, bu mexanizmlar elektromagnitaviy, pnevmatik, gidravlik va mexanikaviy turlarga bo`linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |