Muammoli ta’lim



Download 67,5 Kb.
bet3/3
Sana26.02.2022
Hajmi67,5 Kb.
#467470
1   2   3
Bog'liq
Muammoli ta’lim

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Reja
Savol va topshiriqlar:
1.Programmalashtirlgan ta`lim – ta`lim-ning qanday formasi xisoblanadi.
2.Programmalashtirilgan ta`lim metodlari-ni tafsiflang.
3.Programmalshtirilgan ta`limdagi o`quv jaroyonini bosqichlarini taxlil qiling.


13-MAVZU. TARBIYA NAZARIYASI VA USULLARI

Reja:


1. Jamoaning tarbiyaviy ahamiyati ajdodlarimiz merosida.

2.Jamoaning tuzilishi va uni yaratish yo‘llari.


3. jamoaning shakllanishi.
4. Jamoadagi munosabatdarning xilma-xilligi.


Asosiy tushunchalar: Jamoa, shaxs, boshlang‘ich jamoa, umum jamoa, jamoa topshiriqlari, jamoaviy tarbiya, talablar, istiqbol.

I.Tarbiya jarayonining asosiy tamoyillaridan biri shaxsni jamoada va jamoa orqali tarbiyalash ekanligini biz oldingi tarbiya jarayoning mohiyati va prinsiplari mavzusida ko‘rib o‘tdik. Jamoada shaxsning barcha sifatlari nomoyon bo‘ladi, Jamoa shaxsga kuchli ta’sir quvvatiga ham ega.


Prezidentimiz milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsad va tamoyillarini belgilab: “Xalqni buyuk kelajak va ulug‘vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan, millati, tili va dinidan qat‘iy nazar, har bir fuqaroning yagona Vatan baxt- saodati uchun doimo mas‘uliyat sezib yashashiga chorlash, ajdodlarimizning bebaho merosi , milliy qadriyat va an‘analarimizga munosib bo‘lishiga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchilik ishlariga da‘vat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoyilikni hayot mezoniga aylantirish- milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir”, degan edilar.
Jamoa tarbiyasi ajdodlarimiz merosida asosiy o‘rinlardan birini egallaydi. Alisher Navoiyning “Lisonut tayr” asari, Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq asari” da jamoaning tarviyaviy ahamiyati haqida keng fikr yuritiladi.Jamoa birlashsa har qanday oily maqsadga yetishish mumkinligi bu asarlarda alohida qayd etiladi.
Jamoa – bir, ijtimoiy foydali maqsad yo‘lida uyushgan kishilar birlashmasidir.
II. Dastlabki jamoa muloqotda, o‘z – o‘zini namoyon qilishda, o‘z fikrini ifodalashda o‘smirlar va yuqori sinf o‘quvchilarining ma‘naviy ehtiyojini qondirish quvvatiga ega bo‘lgan ulkan tarbiyaviy kuchdir. Jamoa har bir o‘quvchiga jamoatchilik hayoti uchun zarur tajribaga ega bo‘lish va o‘zining eng yaxshi individual sifatlarini rivojlantirish imkonini beradi.Jamoa tirik organizm kabi tug‘iladi, rivojlanadi, yashaydi. Ilk jamoani vujudga keltirish, birlashtirish va butun faoliyatini tashkil qilishda sinf rahbari asosiy rol o‘ynaydi. Jamoani, o‘quvchilarni jipslashtirishning umumiy nazariyasiga amal qilgan sinf rahbari ishni ular faoliyatini tashkil qilishdan boshlaydi.
O‘quvchilar jamoasining ikki turi mavjud:
a)Boshlang‘ich jamoa;
b)Umummaktab jamoasi.
Har qanday jamoaning quyidagi belgilari bo‘ladi:

    1. har qanday jamoaning boshlang‘ich jamoalarning birikuvidan tashkil topadi;

    2. har qanday jamoaning boshqaruv organlari bo‘ladi;

    3. jamoa umumiy, Ijtimoiy-foydali maqsadga ega bo‘ladi.

III. O‘quvchilar jamoasi o‘quvchilarning xilma-xil ish faoliyati jarayonida to‘ziladi, o‘sib va mustahkamlanib boradi. Bu ish faoliyati sinf jamoasi hayotini mazmundor va qiziqarli qiladi hamda jamoa manfaatlari va jamoa kechinmalar, Ma‘naviy tajribaga manbai bo‘lib xizmat qiladi. Qayerda o‘quvchilarning hamkorligidagi ish faoliyati bo‘lmasa, u yerda jamoani jipslashtirish uchun hamda o‘quvchilarni axloqiy jihatdan kamol toptirish uchun ba‘zi zaruriy shart-sharoitlar ham bo‘lmaydi.Shuning uchun sinf rahbarlari o‘z sinflarida o‘quvchilar jamoasini to‘zish va uni jipslashtirish ishini tarbiyachi va o‘quvchilar orasida kelishilib olib boriladigan ishni talab qiluvchi aniq hamda foydali umumiy ishlardan boshlaydilar. O‘quv yili boshlanishi oldidan yoki bayramlar arafasida sinfni jihozlash va bezash, badiiy-havaskorlar kechalariga tayyorgarlik ko‘rish, sinf kutubxonasi, daftarlar yoki o‘quvchilar yasagan narsalar ko‘rgazmasini tashkil qilish bo‘larni hammasi o‘quvchilarga o‘zlarining jamoa bilan aloqalarini yanada chuqurroq tushunib yetishlariga va jamoa oldidan o‘z mas‘uliyatlarini hal etishga yordam beradi. O‘quvchilarini o‘z-o‘ziga xizmat qilish borasidagi ishlari ham sinf jamoasini jipslashtirishda juda muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilarni foydali mehnatga hamda jamoat ishiga ishtirok ettirish ularning faoliyat doiraisni kengaytiradi, o‘quvchilar jamoasining jipslashuvi, taraqqiy etmog‘i uchun aniq imkoniyatlar yaratib beradi. O‘quvchilar o‘z imkoniyatlariga yarasha mehnat vazifalarini birgalikda bajarishar ekan, ular jamoada ish olib borishga o‘rganadilar, o‘z intilishlarini umumiy muvaffaqiyatga erishish uchun birlashtirishga moyillik his etadilar.O‘quvchilar jamoasi faoliyatini tashkil etishda o‘quvchilar jamoasidagi rahbarlik va bo‘ysunishni almashtirib turish, faol harakatchanligi va almashinib borishini ta’minlash muhimdir. Jamoaning jipslashuvi o‘quvchilarning turli xil jamoa topshiriqlarini bajarishlariga yordam beradi. Sinfdagi barcha o‘quvchilarga jamoat topshirig‘i bermoq lozim. Qoloq yoki intizomsiz o‘quvchilarni jamoat topshirig‘isiz qoldirish yaramaydi. Zotan jamoat topshirig‘i o‘quvchilarga mehnatsevarlik, jamoa oldida mas‘uliyatni tarbiyalaydi, ularni yig‘inchoqlikka va tartib-intizomga o‘rgatiladi. Topshiriqning o‘z vaqtida va bab-baravar taqsimlanishi juda muhimdir, o‘quvchilarni bir guruhini topshiriq bilan ortiqcha band qilib qo‘yib, boshqalarini jamoat topshirig‘idan ozod qilib qo‘yish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Topshiriqlarning ko‘pchiligi sinf yoki umummaktab jamoasiga xizmat qiladigan bo‘lmog‘i darkor. Topshiriqni jamoa bo‘lib bajarish sinf jamoasining jipslashuviga yordam beradi. Jamoa qanday bosqichda turmasin, uning oldida bir vaqtning o‘zida yaqin , o‘rta va uzoq istiqbollar bo‘lishi kerak. Tajribaning ko‘rsatishicha, o‘quvchilarning shaxslararo munosabatlari jamoa tusini olmagan boshlang‘ich bosqichlarda sinf rahbari o‘quvchilarning shaxsiy manfaatlariga daxl qiladigan yaqin istiqbollarni o‘rtaga qo‘yish va ro‘yobga chiqarish to‘g‘risida o‘ylashiga to‘g‘ri keladi. Yaqin istiqbol sifatida odatda ko‘p tayyorgarlikni talab qilmaydigan, lekin shu bilan birga qisqa muddatli amaliy muomala: ekskursiya, madaniy yurish, shahar tashqarisiga sayr kabi qiziqarli ishlar tanlanadi. Bu kichik tadbirlarni tayyorlash o‘quvchilarning faol pedagogik yordami ostida muayyan kuch-g‘ayrat sarflashlarini va tashkilotchilik fazilatlarini talab qiladi. Shuni yodda tutish muhimki, istiqbollar jamoa hayot faoliyatining barcha: o‘quv, ijtimoiy-siyosiy, Mehnat va ommaviy-madaniy sohalarini qamrab olgan bo‘lishi kerak. Bunday yondashuv faqat “ko‘ngilochar” istiqbollarni olg‘a surish yo‘lidan borish xataridan xalos bo‘lishga yordam beradi.Ta‘lim jarayonida jamoa munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari sinf rahbarining katta e‘tibor berishini talab etadi.IV. Jamoa faoliyati asosida muomala qilishga bo‘lgan ehtiyoj yotadi. Darslarda bu ehtiyoj kam qondiriladi. O‘qituvchilar ko‘pincha o‘quvchilar bilan birgalikda ishlashining ko‘chirib olish imkoniyati, o‘zi o‘ylamaslik kabi faqat salbiy tomonlarini ko‘radilar. Shuning uchun agar birgalikda ishlash maxsus rejalashtirilmagan bo‘lsa, o‘qituvchilar darsda o‘quvchilar o‘rtasidagi hech qanday aloqani rag‘batlantirmaydilar. Natijada o‘quvchilar darsda ham, uyda ham birgalikda ishlashni o‘rganmaydilar. Agar darsdagi muomalaga bo‘lgan ehtiyoj to‘g‘ri tushunilsa, uning negizida o‘quvchilarning o‘zaro yordami, darslarda birgalikda foydali tayyorgarlik ko‘rish, qiziqishlar bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etiladi. Birgalikda mehnat Bolalarda katta qoniqish hosil qiladi. Ta‘lim jarayonidagi jamoatchilik tuyg‘usi ana shu ijobiy kechinmadan boshlanadi. Shu tariqa o‘zaro yordam tashkil etish sinfdagi jamoa munosabatlarini shakllantirish-ning yo‘llaridan biridir. O‘zaro yordam ko‘rsatishning to‘g‘ri, eng maqsadga muvofiq shakllarini topish oson emas. O‘qituvchi yana o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini, sinf jamoasining xususiyatlarini, uning shakllanganlik darajasini hisobga oladi, o‘z talablarida jamoa fikrining qo‘llab-quvvalanishiga tayanadi.

O‘qituvchi va o‘quvchilar munosabatlari haqida misol: Bir sinfda sinfdoshlariga yordam ko‘rsatishni xohlashmaydi.Chunki o‘qituvchi bir o‘quvchini boshqa bir o‘quvchiga majburdan yordam berishni topshirdi.

Ikkinchi o‘qituvchi asta-sekin bir-biriga yordam berishni tushuntirdi. Darsdan keyin o‘quvchini olib qolib suhbatlashdi. Va suhbat orasida uy vazifasini tushuntirdi. O‘quvchilarga esa “Kimni vaqti bo‘lsa, iltimos menga yordam bera olasanmiх” deb murojaat qildi.


Adabiyotlar ro'yxati.
I. А. Kаrimоv. Yuksаk mа`nаviyat еngilmаs kuch. T. Shаrq 2008.
2. I. А. Kаrimоv. Bаrkаmоl аvlоd O’zbеkistоn tаrаqqiyotining pоydеvоri. T. 1997.
3. Kаdrlаr tаyyorlаsh milliy dаsturi T. 1997.
4. Оchilоv M. Оliy mаktаb pеdаgоgikаsi.T. 2008.
5. Оchilоv. M. Muаllim қаlb mе`mоri. T. 2003.
6. Munаvvаrоv. Pеdаgоgikа. T. O’qituvchi 1996.
Download 67,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish