Муаммо ва ечимлар республика илмий-амалий конференция материаллари инновационные подходы в повышении



Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/127
Sana20.04.2022
Hajmi6,57 Mb.
#566254
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   127
Bog'liq
конференция китоб-2019 168-bet

So‘zdirki, nishon berur o‘likka jondin,
So‘zdirki, berur xabar jonga jonondin,
Insonni so‘z ayladi judo hayvondin,
Bilki, guhari sharifroq yo‘q ondin.
Didaktikada o‘rgatishning og‘zaki usullari uch turga: o‘qituvchining hikoyasi, suhbat va 
maktab ma‘ruzasiga ajratiladi.
O‘rgatishning ko‘rgazmali 
usullari. O‘rgatish jarayonida ko‘rgazmalilik usulidan 
foydalanishning muhimligi o‘quvchining o‘rganilayotgan narsa va hodisalarni hissiy idrok etishga, 


Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар 
303 
ularni kuzatib mushohada qilishga, o‘quvchini undash, mantiqiy va nazariy elementlarning birligiga 
ishonch hosil qilishga, nihoyat, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olishga o‘rgata bilishi bilan 
izohlanadi. 
O‘quvchilar sezib idrok etish mumkin bo‘lgan narsalarni sezgilar vositasi bilan, ya‘ni ko‘rish 
mumkin bo‘lgan narsalarni ko‘z bilan ko‘rib, eshitish mumkin bo‘lgan narsalarni quloq bilan 
eshitib, hidi bor narsalarni hidlab ko‘rib, ta‘mini sezish mumkin bo‘lgan narsalarni tatib ko‘rib bilib 
oladilar. Ta‘limda ko‘rgazmalilik usuli namoyish etish, illyustratsiya va ekskursiya tariqasida olib 
boriladi. Ekskursiya usuli mavzuning mazmuniga bog‘liq bo‘lgan narsa, hodisa va voqealarni 
hamma vaqt sinf sharoitida namoyish qilish mumkin emas. Shuning uchun ham o‘tilayotgan 
mavzuning xarakteriga qarab, ekskursiya usulidan ham foydalaniladi. Boshlang‘ich sinf darslaridagi 
ekskursiya usuli sinf sharoitida­dars jarayonida qo‘llaniladigan o‘rgatish usulidan tubdan farq 
qiladi. Ekskursiya usuli ayniqsa turizm fanlarini o‘qitish juda asqotadi. Ekskursiya usuli asosan 
o‘qituvchi yoki ekskursiya o‘tkazishga mas‘ul bo‘lgan shaxsning kuzatilayotgan obyektni bayon 
qilishi, tushuntirish orqali olib boriladi.
O‘rgatishning amaliy usullari. O‘rgatishning amaliy usullari doirasi juda keng. Boshlang‘ich 
sinf o‘qituvchisi har bir mashqni, holatni amalda bajarib ko‘rsata olishi lozim. Mashq qildirishda 
ilmiy bilim va ma‘lum bir ish­hapakatni o‘zlashtirish yoki takomillashtirish maqsadida rejali 
suratda tashkil etilgan takrorlash nazarda tutiladi. Mashq qildirishda har qaysi o‘quvchining o‘ziga 
xos xususiyatlari hisobga olinadi. O‘quvchilarning o‘zlashtirgan ko‘nikma va malakalarini 
mustahkamlash, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda mashq qildirishda:
1) mashq uchun berilgan topshiriqning maqsadi o‘quvchilarga aniq tushuntirilgan bo‘lishi;
2) mashq ustida sinf o‘quvchilar jamoasi va hap qaysi o‘quvchining shaxsiy intilishi, 
qiziqishini hisobga olish;
3) topshiriq butun sinf o‘quvchilarining aktiv faoliyatini ta‘minlaydigan bo‘lishi va mashqni, 
albatta, belgilangan vaqt ichida bajarish talab qilinishi kerak.
O‘rgatish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini rag‘batlantirish va tanbeh berish 
usullari. O‘quv faoliyatini rag‘batlantirish deb kishining aktiv faoliyatga bo‘lgan tashqi mayliga 
aytiladi. Shuning uchun ham rag‘batlantirish ­ o‘qituvchi faoliyatining omili hisoblanadi. Ammo 
rag‘batlantirish kishining faoliyatga bo‘lgan ichki mayliga ta‘sir qilgandagina real maqsad sari 
undaydigan kuchga aylanadi. Buning ustiga yana bunday ichki undash faqat tashqi 
rag‘batlantirishlar ta‘siridagina emas, balki o‘quvchilarning o‘z­o‘zining ta‘sirida ham, uning 
oldingi tajribasi, ehtiyojlari va hokazolar, ta‘sirida ham yuzaga keladi. Mashqlarni bajarishga 
qiziqishni rag‘batlantirish turlaridan biri ­ o‘qishda ma‘lum qiyinchilik sezayotgan o‘quvchilarga 
muvaffaqiyatli vaziyatlarni yaratishdir. Chunki muvaffaqiyat quvonchini boshdan kechirmay,
o‘qishdagi qiyinchiliklarni bartaraf qilmay turib yaxshi natijalarga erishib bo‘lmaydi. 
Muvaffaqiyatga erishish vaziyatini o‘quvchining oraliq harakatlarini rag‘batlantirish, ya‘ni uni 
yangi zo‘r berishlarga maxsus undash yo‘li bilan ham tashkil qilish mumkin. Muvaffaqiyat 
vaziyatlarini yaratishda u yoki bu topshiriqlarni bajarish jarayonida qulay ma‘naviy­ruhiy muhitni 
ta‘minlash muhim o‘rin egallaydi. O‘qish vaqt jarayonining ajralmas qismlaridan biri sanaladi. 
Chunki nazorat qilish tufayli o‘rgatishdagi o‘zaro muloqot, o‘rgatishning borishini jadal boshqarish 
va kamchiliklarni o‘z vaqtida tuzatish, yangi darsga aniq vazifalar qo‘yish imkonini beruvchi aloqa 
amalga oshiriladi. Mashqlarning samarali bajarilishini ta‘minlaydi. Nazorat va o‘z­o‘zini nazorat 
qilish uslublarini o‘zaro mohirona biriktirish o‘qituvchi mashqlarning samarali bajara olish 
imkonini, ta‘lim samaradorligini oshirishga yordam beradi. Ishning mustaqilligi uning 
sermahsulligi, samaradorligi bilan uzviy bog‘liq. Agar inson tomonidan muayyan vaqt ichida 
ma‘lum soha uchun qimmatli va yangi ishlar, g‘oyalar, tavsiyalar yaratilgan, nazariy hamda amaliy 
vazifalar hal qilingan bo‘lsa, bunday tafakkur sermahsul, samarali tafakkur hisoblanadi. Demak, 
ma‘lum vaqt oralig‘ida bajarilgan aqliy ish ko‘lami va sifati (pishiqligi, kengligi, chuqurligi va 
tanqidiyligi) – tafakkur mustaqilligi darajasini o‘lchash mezoni bo‘lib xizmat qiladi. Qator 
psixologik maktablarda mustaqil ish yuritish jarayoni bosqichlari haqida so‘z ketar ekan, uning 
tarkibiy qismlari bir­biridan deyarli farqlanmaydi. Ma‘lumki, murakkab vaziyatga tushib qolgan 


Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар 
304 
kishi, avvalo, hal qilinishi zarur bo‘lgan masala yuzasidan aniq va to‘liq ma‘lumotga ega bo‘lishga 
harakat qiladi. Buning uchun u masala mohiyatini tushunib olish, uni tekshirib chiqish, ma‘lum va 
noma‘lumlarni aniqlab olishga harakat qiladi. Gap shundaki, bunday vaziyatlarning barchasida ham 
kishining ishlashi mustaqil bo‘lavermaydi. Hamma gap vaziyatning muammolilik darajasi va 
shaxsning shunday holatga ilgari tushgan­tushmaganida. Agar kishi to‘qnashgan vaziyat unga 
tanish bo‘lsa, ya‘ni shunday holat yoki o‘xshash vaziyatga avval ham duch kelgan bo‘lsa va ilgari 
qo‘llagan, o‘ziga tanish yo‘llarni xotirlab, faoliyatini bir tizimga sola bilsa, aqlning bunday
faoliyati mustaqil ishlash hisoblanmaydi. U faqat o‘zi yoki o‘zgalar tomonidan qo‘llanilgan 
usullarni xotirlaydi va ulardan foydalanadi. Bunday vaziyatda masala aqliy faoliyatning mustaqilligi 
bilan emas, xotira hisobidan hal qilinadi.
2-SINF MATEMATIKA DARSLARINI O`TISHGA DOIR BA`ZI MULOHAZALAR 
MENLIYEVA M.E., Angren shahar 33-maktabi o`qituvchisi 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq 2017 yil 6­aprelda 187­son qarori bilan
kompetensiyaviy yondashuv asosida o`qitishni tashkil etishni talab etuvchi “Umumiy o‘rta 
ta’limning davlat ta’lim standarti”ni tasdiqladi. Unda o‘rta maktab Matematika fanini o‘rganish 
bosqichlari belgilab berilgan. Davlat ta’lim standartlarida umumta'lim maktablarining boshlang'ich 
4­sinf bitiruvchilarining standart darajasi А1 matematika fanini o'rganishning boshlang'ich darajasi 
deb belgilangan. 
Davlat ta’lim standartlarida matematika o'quv fani bo'yicha umumiy o'rta va o'rta ta'lim 
muassasalari bitiruvchilariga qo'yiladigan malaka talablari belgilab berilgan. Bunda ikki turdagi 
kompetensiya, ya’ni matematika fani mazmuniga oid umumiy kompetensiya va kognitiv 
kompetensiyalar belgilab berilgan. 
Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiyalar deb o`quvchilarning berilgan sonlarni 
va eng sodda kasrlarni o'qiy olishi, yoza olishi, taqqoslay olishi, tartibga sola olishi, turli 
ko'rinishlarda tasvirlay olishi; sodda sonli ifodaning qiymatini og'zaki va yozma hisoblay olishi; 
sodda amaliy, matnli va mantiqiy masalalarni yecha olishi; tekislik va fazodagi sodda geometrik 
figuralarni tasavvur qila olishi, tanishi va tasvirlay olishi; ob'ektlarni xossalari bo'yicha tartiblay va 
sodda kombinatsiyalar tuza olishi; sodda amaliy holatlarda tayyor jadvallarga ma'lumotlar kirita 
olishi, eng sodda diagrammalar shaklida tasvirlay olishi belgilab berilgan. 
Matematika fanini o‘rganishda 4­sinf bitiruvchilarining o`quvchining mustaqil ijodiy fikrlash 
kompetensiyasi,ya’ni kognitiv kompetensiya deb ma'lum matematik faktlar va sodda mantiqiy 
qonunlar asosida xulosa keltirib chiqara olishi, rost va yolg'on tasdiqlarni farqlay olishi; zarur 
hollarda sodda hisoblash vositalarini qo'llay olishi; o'qituvchi bilan hamkorlikda masalaning 
yechimini topish rejasini tuza olishi, tuzilgan reja asosida ishlay olishi va o'z faoliyatini to'g'rilay 
olishi; matematikani o'rganish jarayonida o'zida ijobiy hissiyotlarni shakllantira olishi; mustaqil 
ravishda o'z bilimlarini mustahkamlay olishi nazarda tutilgan. 
Davlat ta’lim standartlari talablaridan kelib chiqqan holda boshlang'ich sinflarda matematika 
fanini kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil qilish uchun boshlang`ich sinf o`qituvchilari o`z 
ustida tinimsiz ishlashlari, malaka va tajribalarini oshirishlari, zamonaviy pedagogik va axborot 
texnologiyalardan unumli foydalana olishlari zarur bo`ladi.
2­sinfda matematika darsining “Soat, minut.100­6 ko'rinishdagi misollarni yechish” 
mavzusini o`qitish namunasida Davlat ta’lim standartlari talablarining bajarilishini ko`rib 
chiqaylik. 
Bu mavzuni o`qitishning maqsadlarini belgilab olamiz. 


Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар 
305 
Darsning ta’limiy maqsadi o‘quvchilarga 3 xonali sonlarni yechishni tushuntirish, tarkibli
masala yechishga o`rgatishdir.
Darsni o`tishda quyidagi kompetensiyalar shakllantirilishi ko`zda tutiladi:
TK1: so‘z va gaplarni bog‘lagan holda o‘z fikrini aniq va ravshan ifodalay olish; 
TK6: aniq hisob­kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuzish;
FK1: o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila olish, mavzuga doir tegishli misollar 
keltira olish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi o'quvchilarning matematika faniga bo'lgan qiziqishini yanada 
orttirish; har bir matematik muammolarni ahillik, hamjihatlik, hozirjavoblik bilan bajarish 
fazilatlarini tarbiyalashdan iborat. 
Darsni o`tishda TK3: masala yechimiga yaqinlashish darajasini baholay olish va zarur 
hollarda o‘z faoliyatini to‘g‘rilay olish kompetensiyasi shakllantirilishi ko`zda tutiladi. 
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi deb tasavvur ko‘nikmalarini rivojlantirishni olish mumkin.
Darsni o`tishda FK2 o‘qituvchi bilan hamkorlikda masalaning yechimini topish rejasini tuza olish,
tuzilgan reja asosida ishlay olish va o‘z faoliyatini to‘g‘rilab olish kompetensiyasi shakllantirilishi 
ko`zda tutiladi. 
Darsning tashkiliy qism va ehtiyojlarini (refleksiya) aniqlash bosqichlarini amalga 
oshirilgach, o'tilgan mavzuni mustahkamlash bosqichida mustaqil ish o'tkazish mumkin. Unda 
o`quvchilar guruhlarga ajratilib, guruhlarga bir xonali sonlarni qo’shish va ayirishga doir misollar 
yozilgan kartochkalar tarqatiladi.Guruhlar hamkorlikda misollarni yechgach javoblar tekshiriladi. 
Nazorat uchun misollar slaydlarga yozilib, har bir vazifa tekshirib olinadi. Bunda yozilgan har bir 
misolning ustiga tugmachani bosilsa, ekranda to`g`ri javob paydo bo`ladi. 
Yangi mavzu bayoni bosqichida soatning kichik mili soatni necha bo'lganini ko'rsatadi. U bir 
raqamdan ikkinchi raqamgacha 1 soatda o'tadi. Soatning katta mili minutni ko'rsatadi. U bir 
chiziqchadan ikkinchi chiziqchaga 1 minutda o'tadi. 1 soat = 60 minut. Bu berilgan ma`lumot uchun 
ham animatsiyalarga ega bo`lgan slayd yaratish mumkin. 
Mavzuni mustahkamlash bosqichida slaydlarni namoyish etib savol­javob o'tkazishni 
amalga oshirish mumkin. Yozilgan savol ustiga tugmachani qo`yilsa to`g`ri javob chiqadi. Bunda 
quyidagi savollarni slaydlarga qo`yish mumkin:P 
1) Soat qaysi vaqtni ko'rsatayapti? 
2) Soatning katta mili qaysi raqamni ko’rsatayapti? 
3) Soatning kichik mili qaysi raqamni ko’rsatayapti? 
2­misolni namuna bo'yicha bajarishga o'rgatish vaqtida ham namoyishdan foydalanish 
mumkin. 100­6 = 90 + (10­6) = 90 + 4 = 94 
Bunda shu misolni bosqichma­bosqich amalga oshirish jarayonini ko`rsatuvchi slayd 
yaratiladi.
Namoyishlardan foydalanishning afzalligi shundaki, yorqin ranglar, animatsiyalar, 
vazifalarning tartib bilan ketma­ket bajarilishini ko`rsatuvchi, vazifalarning to`g`ri bajarilishini 
namoyish etuvchi slaydlardan foydalanish o`quvchilarning mavzuni chuqur o`zlashtirishi, fanga 
qiziqishi oshishiga sabab bo`ladi, chunki bola eshitganidan ko`ra ko`rganini ko`proq eslab qoladi. 
БОШЛАНҒИЧ СИНФ ЎҚУВЧИЛАРДА ЭКОЛОГИК МАДАНИЯТНИ 
ШАКЛЛАНТИРИШНИНГ МИЛЛИЙ МАЪНАВИЙ АҲАМИЯТИ 
МУСАЕВА М.Э., Тошкент вилояти ХТХҚТМОҲМ кафедра мудири 
Маълумки, табиат билан инсон орасидаги муносабатлар мураккаб тарихий характерга 
эга. Жамиятнинг даврлар мобайнида ривожланиши табиат ва табиий бойликлардан у ёки бу 
даражада фойдаланиш ҳисобига кечган. Ушбу жараёнда ҳар бир ҳудуд ва шу жойда 


Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар 
306 
истиқомат қилувчи миллатларга хос бўлган табиат билан муносабат меъёрларининг тарихий, 
миллий, ҳудудий ҳусусиятлари шаклланган. Улар асосида авлодлар тарбияланган. Бу ҳолат 
ўзбек халқи учун ҳам хос. 
Таълим жараёнида бошланғич синф ўқувчиларда экологик маданиятни шакллантириш 
ва ривожлантиришда миллий маънавий хусусиятлар муҳим ўрин тутади.
Экологик маданиятни шакллантириш умумбашарий муаммо ҳисоблансада, ушбу 
йўналишларда олиб бориладиган саъй­ҳаракатларда миллийликни инобатга олиш лозим. 
Чунки, муайян миллат экологик маданияти билан умуминсоний экологик маданият ўртасида 
умумийликдан ташқари хусусийлик ҳам мавжуд. Бу борада фикр юритган Б.М.Очилова 
шахснинг экологик тафаккур тарзи у яшаб турган минтақанинг табиий­географик иқлими, 
шарт­шароитига, у мансуб бўлган миллат ёки халқнинг менталитетига, турмуш маромига, 
тарихи, урф­одати, эътиқоди, қолаверса, муайян жамиятда яшовчи кишиларнинг табиат 
тўғрисидаги дунёқараши, ҳамда унга бўлган муносабатлари билан узвий боғлиқ эканлигини 
таъкидлайди. 
Маълумки, ўзбек халқи инсон ва табиат ўртасидаги муносабатларни узоқ йиллар 
давомида мувозанатга солиб келган миллий маънавий қадриятларга, анъана, урф­одатларга 
бой миллат ҳисобланади.
Афсуски, охирги юз йилликда айнан минтақанинг экологик тизимига жуда катта зарар 
етказилди. Аждодларимизнинг табиатдан фойдаланиш соҳасидаги анъанавий одоб­ахлоқ 
қоидалари унутиб юборилди. Бу қоидаларга кўра сув ва ерни ўйламай­нетмай булғаш, исроф 
қилиш гуноҳи азим ҳисобланар эди. 
Жамият пайдо бўлгандан буён кишиларнинг табиатга, атроф­муҳитга бўлган 
муносабатидаги илғор ёндашувлар, табиатни улуғлашга доир фикрлар, қарашлар, расм­
русум ҳамда тамойиллар вақт ўтиши билан сараланиб, ўзига хос қадрият даражасига 
кўтарилиб борган. Миллатнинг шаклланиши билан улар миллий қадриятлар сифатида 
туркумлашиб, инсон дунёқараши, интилишлари, табиат ва унинг неъматларига нисбатан 
масъулиятли муносабатининг шаклланишига туртки берган. 
Миллий қадриятлар жамият маданиятининг ўзига хос таркибий қисми сифатида 
инсоннинг табиатга онгли, масъулиятли муносабатини мустаҳкамлаш ва трансформация 
қилиш эҳтиёжи натижасида шаклланган. Чунки жамият ҳам, шахс ҳам табиатдан мутлоқ 
ажралган ҳодиса эмас, балки унинг мавжуд шаклларидан биридир. Бинобарин, миллий 
қадрият табиий, ижтимоий амалиёт натижаси сифатида шаклланган тарихий­маънавий 
ҳодиса бўлиб, у шахс амалий фаолиятида экологик онг ва дунёқарашнинг шаклланиш мезони 
сифатида ўз аксини топади. Ўз навбатида, шахснинг экологик тафаккури, қадриятларга 
муносабати у яшаб турган минтақанинг табиий географик иқлим шароити, турмуш мароми 
билан ҳам узвий боғлиқ бўлиб, бу омилларнинг таъсири ҳамда ўзаро алоқадорлиги, унинг 
экологик дунёқараши шаклланишида муҳим ўрин тутади. Ана шу муҳит ва табиий омиллар 
миллатимизнинг табиатга нисбатан муносабатини ўзида мужассамлаштирган бебаҳо 
қадриятларида ҳам ўз ифодасини топган. 
Асрлар давомида авлоддан авлодга ўтиб келган анъана ва қадриятга айланган “Гул 
байрамлари”, “Дарвешона”, “Чой момо”, кузги “Узум сайли”, “Қовун сайли”, қишки “Яс­
юсун”, “Қор хат”, “Қурилтой” каби маросим ва байрамлар, деҳқонлар ҳаёти, турмуши, 
мавсумий меҳнат жараёнида ва маънавий оламида чуқур из қолдирган ҳамда улар ҳар бир 
шахсда экологик онг ва дунёқарашни бойитиш, табиат неъматларини қадрлаш, йил 
фаслларида табиатда рўй берадиган гўзаллик ва фусункорликдан завқланиш, меҳнатнинг 
қадрига етиш ва инсонийликни улуғлаш каби фазилатлар шаклланишига хизмат қилган. 
Узлуксиз таълим жараёнида миллий менталитетимизнинг табиатга нисбатан ўзига хос 
хусусиятлари, қадриятларига таяниш, ўтмиш аждодларимизнинг бу борадаги қарашларини 
ўрганиш ва бугунги кундаги давлатимиз экологик сиёсатидан бохабар бўлиш бошланғич 
синф ўқувчиларда экологик маданиятни шакллантириш ва ривожлантиришда бирламчи ва 
энг муҳим асос бўлмоғи лозим. 


Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар 
307 
Тараққиётнинг келажакдаги ҳолатини олдиндан башорат қилувчи глобал прогнозли 
моделларда ҳам 2050 йилларга келиб табиий муҳитнинг ифлосланиши энг катта 
кўрсаткичларга етиши қайд қилинмоқда. 
Бу муаммоларнинг қандай даражада ҳал этилиши инсониятнинг келажагини белгилаб 
беради. Шу сабаб мазкур муаммолар ечими бўйича жаҳонда, шу жумладан, Ўзбекистон 
Республикасида ҳам муҳим тадбирлар амалга оширилмоқда. 
Экологик хавфсизлик нуқтаи назаридан Ўзбекистон Республикаси ҳудуди учун 
қуйидагилар катта аҳамиятга эга: 
Сув ресурсларининг ифлосланиши ва чучук сув етишмаслиги; 
Атмосфера ҳавосини ифлосланиши; 
Ер (тупроқ) шўрланиши ва таназзулга учраши; 
Қаттиқ чиқиндилар (заҳарли саноат чиқиндилари)нинг тўпланиши; 
Атроф­муҳит ҳолатининг саломатликка таъсири; 
Табиий ресурслардан оқилона фойдаланиш; 
Табиий ва техноген тусдаги фавқулодда вазиятлар; 
Радиациявий хавфсизлик; 
Энергия тақчиллиги. 
Хулоса қилиб айтганда, ушбу муаммоларни бартараф этиш, табиат, атроф­муҳитни 
асраш, тупроқнинг заҳарланиши, сувнинг ифлосланиши, нодир ўсимлигу ҳайвонларнинг 
қирилиб кетишига йўл қўймаслик баркамол шахснинг вазифасидир. Бу вазифани амалга 
ошириш учун эса аҳолининг барча қатламлари ўртасида узлуксиз экологик таълим­тарбияни 
йўлга қўйиш лозим. 
Экологик таълим­тарбиянинг мақсади ­ инсон­табиатнинг бир қисми эканлигини,
табиатсиз яшаш мумкин эмаслигини, уни зарарлаб ўз ҳаётини заҳарлаётганлигини 
сингдириш, табиатга меҳр­муҳаббатни шакллантиришдан иборат. 
Демак, бошланғич синф ўқувчиларга экологик таълим­тарбия беришнинг асосий 
манбаи ҳисобланади. Чунки инсоннинг шахс сифатида шаклланадиган, унинг ўқиш ва 
меҳнат фаолиятида дастлабки ривожланадиган даври бошланғич таълим давридир. 
Бошланғич синф ўқувчиларига узлуксиз экологик таълим­тарбия берилса, қуйидаги 
педагогик эффектга эга бўлиш мумкин: 
Бошланғич синф ўқувчилар яшил планета ҳақида яхлит билимлар тизимига эга бўлади; 
Бошланғич синф ўқувчилар экологик таълимга эга бўлиб, атроф­муҳитга, табиатга 
нисбатан онгли муносабатлари шаклланади; 
Бошланғич синф ўқувчилар ҳар қандай экологик муаммоларни ҳал этишга қодир 
бўладилар. 
PEDAGOGIK INNOVATSIYALARNING TA’LIM SAMARADORLIGIGA TA’SIRI 
MUSTAFOYEVA N.,  Andijon viloyati, Marxamat tumani 16-maktab o‘qituvchisi 
Mamlakatimizda barcha sohalarni yanada rivojlantirish, takomillashtirish maqsadida har bir 
sohada innovatsion texnologiyalardan unumli foydalanilmoqda. Shu jumladan, Prezidentimiz 
Sh.Mirziyoyev tomonidan 2018­yilni “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni 
qo‘llab quvvatlash” yili deb e’lon qilingani bejiz emas. 
Bugungi kunda maktab va oliy ta’lim tizimidagi an’anaviy va ommaviy ko‘rinishdagi ta’lim 
va tarbiya jarayonlari o‘rniga ta’lim muassasalari rivojlanishida o‘ziga xos yangilik bo‘lib 
innovatsion jarayonlar kirib kelmoqda. Innovatsiya (in­“lik”, novus“yangi”) yangilik kiritish, 
yangilik degan ma’noni anglatadi. 


Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар 
308 
Ma’lumki, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da “...ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va 
axborot bazalarini yanada mustahkamlash, o‘quv­tarbiya jarayonini yangi o‘quv­uslubiy majmualar, 
ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan to‘liq ta’minlash” vazifalari belgilab qo‘yilgan. 
Mamlakatimizning taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o‘rin olishi uchun aholi ta’limini 
jadallashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadi ham ilg‘or pedagogik tadbirlardan, 
texnologiyalardan keng foydalanishimizni talab etmoqda. Oliy ta’lim muassasalarida fanlarni 
o‘qitish jarayonida talabalarning darsga nisbatan qiziqishlarini orttirishga, mustaqilligi va 
faolligini rivojlantirishga, mantiqiy tafakkurini o‘stirishga qaratilgan interfaol ta’lim olishlariga 
ko‘mak beruvchi innovatsion usullardan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Zero, innovatsion 
texnologiyalar asosida mantiqiy fikrlash uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirishning eng muhim 
omillaridan hisoblanadi. O‘qituvchi o‘quvchini faollashtiradigan, o‘zi va o‘rganuvchi uchun qulay 
bo‘lgan yo‘llarni, usul va uslublarni, o‘qitish shakllari, metod va vositalarni izlaydi, ularni 
takomillashtiradi. Shu boisdan ham «pedagogik texnologiya», «didaktik texnologiya», «ta’lim 
texnlogiyasi» atamalari qatoridan «pedagogik innovatsiyalar» atamasi ham mustahkam o‘rin 
olmoqda.
“Innovatsion ta’lim” deganda odatda o‘quv jarayoniga yangi (foydali) elementlar olib kirish 
tushuniladi. Shuning uchun ta’lim tizimida innovatsiya o‘zgartirish bilan bevosita bog‘liq. Bunday 
o‘zgartirishlar ta’lim tizimining:
­ maqsadiga, mazmuniga, metod, texnologiyasiga, tashkil etish shakli va boshqaruv tizimiga;
­ pedagogik faoliyatdagi o‘ziga xoslik va o‘quv­bilish jarayonini tashkil etishga; 
­ ta’lim darajalarini nazorat qilish va baholash tizimiga; 
­ o‘quv­metodik ta’minotiga; 
­ tarbiyaviy ishlar tizimiga; 
­ o‘quv reja va o‘quv dasturlariga; 
­ o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyatiga bog‘liq. 
Oliy maktab o‘qituvchisining innovatsion faoliyati oliy maktab pedagogikasining bosh 
muammolaridan biridir. O‘qituvchi innovatsion faoliyatining eng muhim komponentlaridan biri 
yuksak professionalizm – akmeologiya, yunoncha eng oliy nuqta, eng gullagan davr, yuksak 
professionalizm ma’nolarini beradi. Kasbiy intelletual yetuklik va mahoratni bildiradi. 
Yuksak professionalizmga erishishning omillari sifatida quyidagilar ko‘rsatiladi:
­ iste’dod nishonalari; 
­ uquvlilik; 
­ qobiliyat; 
­ iste’dod; 
­ oila tarbiyasi sharoiti; 
­ o‘quv yurti; 
­ o‘z xatti­harakati.
Akmeologiya ilmiy nuqtai nazardan professionalizm va ijod munosabatida olib qaraladi. 
Bunda quyidagi kategoriyalar farqlanadi:
­ ijodiy individuallik; 
­ o‘zining o‘sish va takomillashish jarayoni; 
­ o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish sifatidagi kreativ tajribasi.
O‘qituvchining ijodiy individualligi quyidagilardan iborat: 
­ intellektual ­ ijodiy tashabbus; 
­ bilimlar kengligi va chuqurligi intellektual qobiliyati; 
­ ziddiyatlarga nisbatan xushyorlik, ijodga tanqidiy yondashuv, vujudan yaratuvchilikka 
kurashchanlik qobiliyati; 
­ axborotlarga tashnalik, muammolardagi g‘ayri odatiylikka va yangilikka bo‘lgan his­
tuyg‘u, professionalizm, bilishga bo‘lgan chanqoqlik. 


Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар 
309 
O‘qituvchi innovatsion faoliyatining eng muhim komponentlaridan biri kreativlikdir. 
Kreativlik termini angliya­amerika psixologiyasida 60­yillarda paydo bo‘ldi. U individning yangi 
tushuncha yaratishi va yangi ko‘nikmalar hosil qilish qobiliyati, xislatini bildiradi. 
Shuni aytish joizki, o‘qituvchining innovatsion faoliyati o‘z ichiga yangilikni tahlil qilish va 
unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va konsepsiyasini shakllantirish, ushbu rejani 
amalga oshirish va tahrir qilish, samaradorlikka baho berishni qamrab oladi. Innovatsion 
faoliyatning samaradorligi pedagog shaxsiyati bilan belgilanadi. 
Pedagogik ta’lim rivojlanishining zamonaviy innovatsion yo‘nalishlari ichida xususiy 
innovatsion nazariyani shaxsiy (xususiy) yo‘nalishli ta’lim sohasidagi ishlanmalarni, ta’limni
tashkiliy­tuzilmaviy modelini, ta’limni ko‘p darajali tizimini rivojlantirishni ajratib ko‘rsatish 
mumkin. 
Umuman olganda, ta’limda individual­ijodiy va jamoaviy­ijodiy faoliyat sohasida bugungi 
kunga kelib sezilarli tajribalar to‘plandi, o‘quv­pedagogik jarayoni ishtirokchilari o‘rtasida subyekt­
subyekt munosabatlari rivojlanishida o‘zgarishlar sodir bo‘layotganini kuzatish mumkin. Ushbu 
tizim orqali talabalarni mustaqil ishlashga ishtiyoqi ortib, reyting tizimida ularning faol ishtiroki 
ta’minlansa, ikkinchi tomondan pedagoglar tomonidan talabalar faoliyatini boshqarishda metodik 
madaniyat darajasi o‘sib borishi kuzatiladi. 
КОМПЕТЕНЦИЯВИЙ ЁНДАШУВ – ЎҚУВЧИЛАРНИНГ МАТЕМАТИК
САВОДХОНЛИГИ ВА МАДАНИЯТИНИ ОШИРИШ ВОСИТАСИ СИФАТИДА 

Download 6,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish