Муаммо ва ечимлар республика илмий-амалий конференция материаллари инновационные подходы в повышении



Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/127
Sana20.04.2022
Hajmi6,57 Mb.
#566254
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   127
Bog'liq
конференция китоб-2019 168-bet

 
QOSIMOVA D., Andijon viloyati Oltinko‘l tumani 4-maktab o‘qituvchisi 
Ma’lumki, savod o‘rgatish jaroyonidagi o‘qish darslarining asosiy vazifasi o‘quvchilarga
tovush va harfni tushuntirish, ularning to‘g‘ri tallaffuzini o‘rgatish orqali bolalarda to‘g‘ri,
ongli, ifodali o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Shuningdek o‘quvchilar lug‘atini
boyitish tafakkurini shakllantirish, eshitish, qabul qilish sezgisini o‘stirishda ham bu davr 
mas’uliyatliligi bilan muhim o‘rin tutadi. 
Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilarga differensial va individual yondashish materialning 
qisqa, puxta o‘zlashtirilishini ta’minlaydi. O‘quv materialining o‘quvchilar saviyasiga mosligi
izchilligi, umumsinf ishlarida ayrim o‘quvchilarga individual yondashish yordam beradi. Shu 
ma’noda, differensial yondashish ta’limning barcha bosqichlarida foydali natija beradi. Bu tamoyil, 
ayniqsa, bolalar har xil tayyorgarlik bilan o‘qishga keladigan birinchi sinf uchun xarakterlidir.
Sinf o‘quvchilari bilan olib boriladigan frontal ishlarda tayyorgarligi bo‘sh bolalar yana 
ko‘proq orqada qoladilar, puxta tayyorgarlik bilan kelgan bolalar esa zerikadilar. Dars davomida 
differensial yondashish yuqoridagi kamchiliklarni qisman bo‘lsa ham yo‘qotishga imkon beradi. 
Chunki bunda o‘quvchilar guruhlarga bo‘linadi, har bir guruhning saviyasi va imkoniyatlariga mos 
topshiriqlar beriladi.
Biz o‘quvchilar bilan differensial ishlashda sinf o‘quvchilarini besh guruhga ajratishni tavsiya 
etamiz: 
1. Iqtidorli o‘quvchilar. 
2.A’lochi o‘quvchilar 
3. Yaxshi bahoga o‘qiydigan o‘quvchilar. 
4. O‘rta bahoga o‘qiydigan o‘quvchilar. 
5. Qoniqarsiz bahoga o‘qiydigan o‘quvchilar. 
Har besh guruh uchun asosiy material “Alifbe” hisoblanadi. Birinchi guruhga qo‘shimcha 
material va topshiriqlar beriladi, ikkinchi guruhga nisbatan oson tarqatma materiallar va topshiriqlar 
beriladi, uchinchi guruhga Alifbedagi matnlar jadvallardan foydalaniladi, to‘rtinchi guruhga 
Alifbedagi matnlardan foydalaniladi, ammo nisbatan qiyin elementlar izohlanadi, beshinchi 
guruhga Alifbe materiallari dastlab jamoa ish jarayonida avval tayyorgarligi puxta o‘quvchilarga, 
undan keyin bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarga qayta o‘qitiladi. 
Bo‘g‘in ustida ishlashga oid didaktik materiallardan savodga o‘rgatish davrida imkoniyatga 
qarab og‘zaki yoxud yozma tarzda quyidagi topshiriqlardan foydalanish tavsiya etiladi. O‘qituvchi 
sinf xattaxtasiga birgina so‘zni yozadi. Masalan, kaptar so‘zi, uni bo‘ginlarga ajratiladi. Kap­tar. 
Endi har ikki bo‘g‘indan yangi so‘zlar yasaladi. Kap­tar, tar­vuz.
Differensial ta’lim izchil o‘tkazib turilgandagina foydali bo‘ladi, bunda har besh guruhga 
beriladigan mustaqil ishlar oldingisiga asoslangan holda nisbatan qiyinlashtirib boriladi.
Individual ishlar har bir o‘quvchining yoshi va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda 
tashkil etiladi. Bu haqida ulug‘ pedagoglar aytib o‘tganlar. Masalan: “Yoshga mos kelmagan 
narsani majburan tiqishtirma” (Ya.A.Kamenskiy), “O‘quvchini tushunarli bo‘lmagan bilimga 
o‘rgatma” (K.D.Ushinskiy). Individual yondashib o‘qitish, uning xilma­xil murakkab 
imkoniyatlarini ham hisobga olinsagina samarali hal bo‘ladi.


Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар 
400 
Savod o‘rgatishda o‘quvchilar bilan individual ishlashda nafaqat o‘quvchi yosh xususiyatlarini 
bilishni, balki uning bilish va amaliy faoliyatdagi o‘ziga xos xususiyatlarini ham hisobga olishni 
taqozo etadi. Bunda: 
1.
Fikrlash operatsiyalarining (aqliy yig‘inchoqlik, tez yoki sekin fikrlash, munosabat 
bildirish, o‘zaro bog‘liqlik yoki farqini tez aniqlash, tanqidiy yondashuv)
2.
Bilim va ko‘nikma darajasi (to‘liqligi, chuqurligi va ob’yektivligi)
3.
Ishchanligi (uzoq samarali ishlay olishi, yengil tezkor ishlashi)
4.
Bilish, amaliy hamda mustaqil faoliyatidagi faollik darajasi
5.
Harakat tezligi (tez, o‘rtacha, sekin) 
6.
O‘qishga munosabati (ijobiy, salbiy, negativ) 
7.
Irodali rivojlanish darajasi inobatga olinadi. 
Agar biz chet el, ayniqsa, rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimiga e’tibor bersak, bu yerda 
ko‘proq o‘quvchilarning qobiliyatlari, qiziqishlari, hoxishlariga ko‘ra indidual tarzda o‘qitish keng 
yo‘lga qo‘yilgan.
Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilarga individual yondashish ikki xil tarzda olib boriladi: 1. 
O‘quvchilar bilan sinfda individual ishlash 
2.
O‘quvchilar bilan sinfdan tashqari individual ishlash 
Ta’limning ongliligini va ta’sirchanligini ta’minlash uchun Alifbedagi har bir matn 
mazmunini o‘quvchilarning ko‘rgan­kechirganlari, taassurotlari bilan bog‘lash lozim. Shunda 
o‘quvchida o‘qishga, o‘rganishga qiziqish ortadi. Sinfdan tashqari ishlar o‘quvchilarning 
bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirish, nutqini o‘stiradigan, fanlarni hayot bilan bog‘liq 
bo‘lgan tomonlarini ochadigan va dasturga kirmagan ba’zi savollar bilan tanishtirishni maqsad 
qilib oladi. 
Individual ishlar ikki shaklda o‘tkaziladi: yozma va og‘zaki. Individual ishlash ta’limda har 
bir o‘quvchining tayyorgarligi va va imkoniyati darajasida o‘sish tezligini kuzatish, o‘rganish 
imkoniyatini beradi. Uning muvaffaqiyati o‘ziga xos vazifalarini to‘g‘ri tanlash, sistemali nazorat, 
sodir bo‘lgan kamchiliklarni tezkor hal etish imkoniyatini beradi. To‘g‘ri tashkil etilgan individual 
ishlar o‘quvchilar mustaqil bilim olish ko‘nikmasi va ehtiyojining yuzaga kelishini ta’minlaydi.
Individual ishlashning kamchiligi shundaki, bolalar bir­birlari bilan o‘rtoqlashmaydi, fikr 
almashmaydi, egallagan bilimlar boshqalarning­jamoaning boyligiga aylanmaydi.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tomonidan qo‘yilayotgan eng katta xato bu ular faqat 
qoniqarsiz o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilangina individual ish olib bormoqda. Savod o‘rgatish 
davrida o‘quvchilar bilan individual ishlashda har bir o‘quvchining saviyasidan kelib chiqqan holda 
ularga turli sintetik­analitik mashqlar, rasmlar asosida suhbatlar, so‘z diktantlar, tarqatma bilan 
ishlash orqali ularni o‘zlashtirish samaradorligini oshirish mumkin.
МАКТАБГАЧА 5-7 ЁШДАГИ БОЛАЛАРНИНГ ИЖТИМОИЙЛАШУВИГА ОИД
НАЗАРИЯЛАР

Download 6,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish