Muammo: Mustaqil davlatlarning ijtimoiy-siyosiy, ilmiy rivojlanishida mustamlaka davrining ahamiyati. Sssr hukumatining mustamlaka yurtlar hayotida qoldirgan ijobiy va salbiy jihatlari
Case-study Muammo: Mustaqil davlatlarning ijtimoiy-siyosiy, ilmiy rivojlanishida mustamlaka davrining ahamiyati. SSSR hukumatining mustamlaka yurtlar hayotida qoldirgan ijobiy va salbiy jihatlari.
Yechim: Bir asrdan ko'p vaqt davomida mustamlaka tarzda hayot kechirgan Markaziy Osiyo mintaqalari XX asrning so'nggi ön yilida birin-ketin mustaqillikka erisha boshladi. Bir asr davom etgan qaramlik mustaqillikdan keyingi islohotlarga ham ma'lum darajada ta'sir ko'rsatishi tabiiy. Mamlakatning XVİİİ-XİX asrdagi va mustamlaka davrdagi iqtisodiy-siyosiy, madaniy ahvolini ko'rib chiqish orqali mustaqillikdagi o'zgarishlarni ham qisman bilib olish mümkin. XVİİİ asr Va XİX asrning yarmigacha xonlik va amirlik yerlarida keskin rivojlanish kuzatilmagan. Harbiy soha, aholining iqtisodiy ahvoli, ayniqsa, İlm-maorif qiyin ahvolda edi. Ma'naviy-mafkuraviy bo'shliq ham kengayib borardi. Shu jarayonlarda mustamlakaga aylanish bu hududda tubdan o'zgarishlar amalga oshirilishiga olib keldi. Bular aholi qatlami uchun ham zararlı ham foydali jihatlarni öz ichiga oladi. Mustamlaka davrda rivojlantirilgan sohalar mustaqillikka erishilgandan so'ng yanada jadal rivojlandi. Mustamlaka davrida ta'qib ostiga olingan, e'tibor berilmagan jihatlarning mustaqillikdan so'ng rivojlanishi bir muncha sekin kechdi.
Mustamlaka davrida e'tibordan chetta qoldirilgan sohalar, buzib talqin etilgan jihatlarni ko'rib chiqsak. Avvalambor sovet hukumati komminizmga asoslanganligi tufayli e'tiqodiy jihatlarda katta yo'qotishlar yuzaga keldi. Buning sababi mustamlakadan avval ham aholi katta qismining mafkuraviy jihatdan mustahkam bilimga, ko'nikmaga ega emasligi hamdir. Diniy sohada katta taqiqlar vujudga keldi. Har qanday dinga e'tiqod qilish, dinning ma'lum buyrug'iga amal qilish ham mumkin bo'lmay qoldi. Milliylik, o'zligini unuttirish uchun ham jiddiy tazyiqlar amalga oshirildi. Milliy tilni unuttirish, milliy urf-odatlarni amaldan chiqarish uchun keskin chora tadbirlar ko'rildi. Bu tartib-qoidaga bo'ysunmaganlar qattiq jazolandi. Ta'lim ham nisbatan cheklandi, chunki mustamlaka millat chetdan bilim olib, öz mustaqilligi uchun kurashishi mumkinligini ular hisobga olishgan edi. Shuning uchun ham ta'limni o'zlari tuzgan strategiya bilan tarqatishgan. Sobiq ittifoqning mustamlakalarga qilgan erkinligida ham, taqiqlarida ham öz manfaatlati mujassam edi.
Bir asrdan ziyod vaqt davomida mustamlaka bo'lgan davrimizda ham ba'zi sohalar rivojlanishdan to'xtab qolmadi. Jumladan xonlik davrida ancha yomonlashgan ijtimoiy ahvol qisman yaxshilasha boshladi. Ammo urush davri bunga to'sqinlik qildi. Aytib o'tish lozimki, ichki dushmanga qarshi kurashgandan ko'ra, tashqi dushmanga qarshi kurashish nisbatan osonroq. Xojatan, dushman mamlakatni egallagandan so'ng xalq nimani yo'qotganligini qisman anglab yeta boshladi. Shuning uchun ham qarshiliklarga noroziliklar bildirib, islohotlardan to'g'ri foydalanishdi. Jumladan xalqimizning san'at, milliy raqs, kuy-qo'shiqlarimizga muhabbati to'g'ri baholanib, ularga madaniy xordiq uchun yaxshi sharoitlar yaratildi. Xalq og'zaki ijodi - doston, matallarimiz, qo'shiq, eposlar xalqdan ajratib qo'yilmadi. Vaqt o'tib, gazeta-jurnallar chop etila boshladi. Aholining iqtisodiy ahvoli yaxshilanib bordi. Temiryo'llar kirib Kela boshladi. Sog'liqni saqlashga e'tibor qaratildi, bu borada yangiliklar qilindi. Mustaqillikdan keyingi islohotlar bilan taqqoslaganda, o'xshashliklarni topish mumkin. San'at, tarix, umuman ilm-fanni, ijtimoiy hayotni rivojlantirishga katta e'tibor qaratildi. Mafkuraviy, ma'naviy islohotlarni amalga oshirish bir muncha sekin kechdi. Chunki mustamlaka davrida aholining mafkurasiga xudosizlik katta bosim ostida singidirildi. Bundan chiqib ketish qiyinlashdi. Natijada mustaqillikdan so'ng turli diniy murosasizliklar kelib chiqdi. Ammo boshqa sohalarda, jumladan mustamlaka davrida yaxshi e'tibor berilgan sohalar jadal rivojlanishda davom etdi.
Xulosa: Mustaqillikdan so'ng Markaziy Osiyodagi davlatlar rivojlanishda barcha sohalarni baravar yo'naltirishga qancha urinishmasin, tarix o'z hikmatini ko'rsatdi. Xalq avvaldan amalga oshirilib kelinayotgan islohotlarning davomini to'g'ri qabul qildi. Ammo ular uchun yangilik bo'lgan ko'p sohalardagi rivojlanishlarning hammasi ham bir tekis ijobiy natijada erisha olmadi. Bu SSSR hukumatining mustamlaka yurtlar hayotida amalga oshirgan harakatlari natijasi edi.