Ijtimoiy taraqqiyot



Download 58,5 Kb.
Sana10.05.2021
Hajmi58,5 Kb.
#63965
Bog'liq
IJTIMOIY TARAQQIYOT (1)


IJTIMOIY TARAQQIYOT

Reja :




  1. Ijtimoiy taraqqiyot g’oya va mafkuralar tarixi sifatida




  1. Jamiyat rivoji va bunyodkor g’oya




  1. Vayronkor g’oya va mafkuralar




  1. Mustahkam ildiz-rivojlanish garovi

Tarixiy davrlar o’zgarishi bilan mafkura va g’oyalar o’zgarishi, ya’ni eskirgan o’s umrini yashab bo’lgan g’oyalar o’rniga yangi davrni, yangi voqelikni yuzaga kelishi, shakllanishi va yakunlanganligini ko’ramiz, xalqimiz “Xar bir narsaga vaqt xakamlik qiladi” deb bejiz aytmagan. Demak, yangi g’oya va mafkuralar zamonda vujudga kelib, zamonda nihoyasiga yetadi. Bu qonuniyatli sanaladi. G’oyaviy , mafkuraviy jihatdan mustahkam davlat va uning xalqini qul etish, qaram qilish, talash anchayin qiyin. Qaysi yurt g’oyaviy jihatdan zaif bo’lsa, u yerda mafkuraviy beqarorlik bo’lsa, u xalq uyusha olmaydi.

Insonlar, davlatlar va xalqlar taraqqiyoti g’oyalar va mafkuralar kurashi tarixidan iborat.

Prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek, mafkura va g’oya faqat bugun emas, balki hamma zamonlarda eng dolzarb ijtimoiy siyosiy masala, har qanday jamiyatni sog’lom, ezgu maqsadlar sari birlashib, uning o’z maqsadlariga erishish uchun ma’naviy-ruhiy kuch-quvvat beradigan poydevor bo’lib kelganligini o’z asarlarida ta’kidlab kelganlar.

Mafkura va xalqning hayotiyligi, uning xalq tabiatiga, turmush va tafakkur tarziga nechog’li mos bo’lishi, eng muhimi, jamiyatimiz xalqning, davlatning milliy manfaatlarini qay darajada aks ettirishi bilan o’lchanadi.

Insoniyat tarixida, jamiyat va sivilizatsiyalarda ulkan ta’sir ko’rsatgan bunyodkor g’oyalar, ilg’or nazariyalar, ta’limotlar ko’p bo’lgan. Buni prezidentimiz I.A.Karimov “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” risolasida ko’rsatib o’tganlar.

Insoniyat tarixi-g’oyalar tarixidir. G’oya inson taakkuri mahsuli, milliy g’oya esa millat tafakkurining mahsuli hisoblanadi. Milliy g’oya- inson va jamiyat hayotiga ma’no- mazmun baxsh etadigan, uni ezgu maqsad sari yetaklaydigan fikrlar majmuidir. Mafkura esa muayyan ijtimoiy guruh, ijtimoiy qatlam, millat, davlat, xalq va jamiyatning ehtiyojlari, maqsad0muddaolari, manfaatlari, orzu-intilishlari hamda ularni amalgam oshirish tamoyillarini o’zida mujassam etadigan g’oyalar tizimidir.

Har qanday tushuncha, fikr va qarash ham milliy g’oya bo’la olmaydi. Chunki shaxsiy fikr-o’ziga xos bir qarashdir, ijtimoiy fikr esa-voqelikka nisbatan o’zgarish yoki harakatni taqazo etadigan faol munosabatni ifodalaydi. G’oya an shu munosabatni harakatga, jarayonga, zarurat tug’ilganda esa, butun bir davr tarixiga aylantiradi.

Jahon tajribasiga nazar tashlasak, butun dunyo taraqqiyotiga ulkan ta’sir ko’rsatgan nazariya, ta’limot va mafkuralarni yaratish uchun insoniyat
tarixining turli davrlarida ulkan aql-zakovot, iste’dod va teran tafakkur egalari mislsiz zahmat chekkanliklarini ko’ramiz. Sokrat va Platon, Konfusiy va Najmiddin Kubro, Alisher Navoiy va Maxatma Gandi kabi buyuk mutafakkirlar faoliyati buning yaqqol tasdig’idir.

Tarix tajribasi shundan dalolat beradiki, dunyoda ikki kuch- bunyodkorlik va buzg’unchilik g’oyalari hamisha o’zaro kurashadi.

Bunyodkor g’oya insonni ulug’laydi, uning ruhiga qanot bag’ishlaydi. Sohibqiron Amir Temurning parokanda yurtni birlashtirish, markazlashgan davlat barpo etish, mamlakatni obod qilish borasidagi ibratli faoliyatiga ana shundan ezgu g’oyalar asos bo’lgan.

Bunyodkor g’oyalar vatan ravnaqi, yurt tinchligini ta’minlashga hizmat qiladi, O’zbekiston rivojlanishiga va butun kelajakka ishonch uyg’otadi.

Buzg’unchi g’oyalar esa halqlar boshiga so’ngsiz kulfatlar keltiradi. Bunga oils va yaqin tarixdan ko’plab misollar keltirsa bo’ladi. O”rta asrlardagi salib yurishlari, diniy fanatizm va ateizm, fashizm va bol’shevizmga asos bo’lgan g’ayriinsoniy g’oyalar shular jumlasidandir.

Yovuz g’oya va mafkuralarning eng ko’p tarqalgan shakliaqidaparastlikdir. Bunday mafkuralar muayyan davrlarda G’arbda ham, Sharqda ham hukmronlik qilgan. Bu ijtimoiy illat insoniyat XXI asrga qadam qo’yayotgan hozirgi davrda ham dunyodagi tinchlik va taraqqiyotga ham tahdid solmoqda.

Aqidaparastlik, qanday shaklda bo’lmasin, hamma zamonlarda ham jamiyat uchun birdek xatarlidir.

O’rta asrlarda G’arbdagi aqidaparastlik mafkurasi bo’lgan inkvizitsiya cherkovning mutlaq hukmronligini o’rnatib, hur fikr rivojiga, jamiyat taraqqiyotiga to’siq bo’ldi. Galiley va Kopernik kabi yuzlab buyuk aql-zakovot sohiblari ana shunday aqidaparastlik ta’qibiga uchraganlar, Jordano Bruno ilmiy qarashlari uchun jaholat qurboni bo’lgan.

Shrqda ham buyuk siymolar, allomalar ham turli tazyiqlarga duchor bo’lganlar, hur fikrli zotlar esa qatl etilganlar.

Toki dunyoda taraqqiyotga intilish, bunyodkorlik hissi bor ekan, jamiyatda ilg’or g’oyalar tug’ilaveradi. Buzg’unchi g’oyalarning vujudga kelishiga esa vayronkor intilishlar sabab bo’ladi. Shunday ekan, ularga qarshi kurashga tayyor turish, ya’ni doimo hushyor va ogoh bo’lib yashamoq hayotning asosiy zarurati bo’lib qolaveradi.




Vatanimizning mustaqil rivojlanish yo‘lini ildizi ona zaminga mustahkam o‘rnashgan daraxtga mengzash mumkin. Zero, Prezidentimiz Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi va Prezident Devonining mustaqilligimizning 16 yilligiga bag‘ishlangan qo‘shma majlisida qilgan ma’ruzasida atroflicha ta’kidlaganlaridek, yurtimizda istiqlolning 1991-2000 yillari milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish davri bo‘lgan bo‘lsa, 2001-2007 yillar jadal demokratik yangilanishlar va modernizatsiyalash davri bo‘ldi. Shu yillar mobaynida iqtisodiyotimizda barqaror rivojlanish sezildi, siyosiy hayotimizda, qonunchilik, sud-huquq tizimi va ijtimoiy-gumanitar sohalarda izchil islohotlar amalga oshirildi.

Istiqlol yillari «Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyili asosida yurtimizda demokratik institutlar, jamoat birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, takomillashtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. Natijada demokratik jamiyatning muhim tarkibiy qismi sanalgan uchinchi sektor faoliyati shakl­landi.

Ana shunday NNTlardan biri O‘zbekiston Fuqarolik jamiyatini o‘rganish instituti 2003 yilda tashkil etildi. Institutning maqsadi fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi va rivojlanishi, ijtimoiy hayotdagi demokratlashtirish jarayonini chuqurlashtirishda, fuqarolarning siyosiy, huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy va ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Bu yo‘lda yirik olim va mutaxassislar bilan yaqin hamkorlik olib borayotgan ins­titut fuqarolik jamiyati shakllanish jarayonlarini tad­qiq etadi. Institutning Qoraqalpog‘iston filiali 2004 yilning aprelida tashkil etilgan. Filial yuqoridagi maqsadlarni Qoraqalpog‘iston hududida amalga oshiradi.

Yurtimizda kechayotgan demokratik jarayonlarda hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanishlar muhim o‘rin tutadi. Fuqarolik jamiyatini o‘rganish instituti Qoraqalpog‘iston filiali hududda yuz berayotgan o‘zgarishlar, demokratik yangilanishlarni tahlil etib boradi. Filial xodimlari ana shu maqsadlarga xizmat qiluvchi 11 ta loyiha bo‘yicha davlat idoralari hamda NNTlar bilan hamkorlikda ish olib bormoqda, turli tadbirlar, anjumanlar tashkil qilmoqda.

Ma’lumki, demokratik rivojlanish, aholining siyosiy faolligini oshirishda partiya­lar muhim ahamiyat kasb etadi. Davlatimiz rahbari tomonidan mamlakat parlamentiga qonunchilik tashabbusi asosida taqdim etilgan hamda Oliy Majlis tomonidan tasdiqlangan «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish, mamlakatni modernizatsiyalashda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi Kons­titutsiyaviy qonun yurtimizdagi siyosiy partiyalarning faoliyatini yanada kuchaytirishga turt­ki bo‘ldi.

Buning o‘zi partiyalarning o‘z faolligini yanada oshirish lozimligini anglatadi. Siyosiy partiyalarni o‘rganib chiqqanimizda O‘zXDP va O‘zLiDeP ning boshqa partiya tashkilotlariga nisbatan moddiy-texnik bazasi va faolligi jihatdan oldingi qatorda ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ularda ish shtat jadvali to‘liq hal etilgan, hududlarda (tumanlarda) partiya tashkilotlari tashkil etilgan, partiya qoshida xotin-qizlar va yoshlar qanoti faoliyat ko‘rsatmoqda.

Qoraqalpog‘istonda 2007 yilning 1 apreliga qadar bo‘lgan ma’lumotga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligidan davlat ro‘yxatiga 104 ta jamoat birlashmasi, hisob ro‘yxatiga 130 ta va 52 ta diniy tashkilotlar ro‘yxatga olingan va faoliyat ko‘rsatmoqda. 2007 yilning shu kuniga  qadar Fuqarolik jamiyatini o‘rganish instituti Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan 15 ta nodavlat notijorat tashkilotlar va 5 ta diniy tashkilotlar faoliyati va muammolari o‘rganilib chiqildi. Bu muammolar asosan ularning homiy topishda jonbozlik ko‘rsatolmayotganligi, grant olish uchun lo­yihalar yozish qoidalarini bilmasliklari, ishni yuritishda qobiliyat va tajriba yetishmasligi ma’lum bo‘ldi. Filialimiz bu borada ularga yordam berish maqsadida O‘zbekiston NNTMA (NANNOUz) bilan hamkorlikda NNT rahbarlariga grant olish bo‘yicha loyihalar yozish tartiblari va qoidalarini o‘rgatish bo‘yicha seminarlar o‘tkazdi.

Demokratik islohotlarni amalga oshirishda, fuqarolik jamiyatini shakllantirishda o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, mahallalarning o‘rni beqiyos. Bu kichik jamiyatda kichik davlat tuzilishi aks etgan. Mamlakatimizda davlat hokimiyati markaziy organlarining bir qator vakolatlari bilan vazifalarini    mahalliy  hokimiyatga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, mahallalarga bosqichma-bosqich o‘tkazish jarayonining amalga oshirilayotgani biz qurayotgan fuqarolik jamiyati sari katta qadamlardan hisoblanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 347 fuqarolar yig‘ini mavjud.  O‘tgan 2006 yilning may va iyun oylarida saylangan fuqarolar yig‘ini raislarining 8,65 foizini (38  nafar) ayollar tashkil etadi. Mahallalarda paydo bo‘layotgan muammolarni avvalo shu yerda rais (oqsoqol) bilan maslahatlashgan holda yechish mexanizmining aholi ongiga singib borishi mahalla nufuzini oshirmoqda.

Ochiq va kuchli fuqarolik jamiyatini erkin OAV larsiz ko‘z oldimizga keltirish qiyin. Hozirgi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 ta respublika, 2 ta tuman miqyosidagi telekanal, 1 ta respublika miqyosidagi radiokanal, 5 ta respublika, 16 ta tuman (shahar), 15 ta tarmoq, 2 ta xususiy gazetalar, 7 ta jurnal, 1 ta byulleten va 1 ta axborot agentligi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda 180 ga yaqin jurnalistlar xizmat qiladi. Respublika telekanali kuniga 6 soat 30 minut, Respublika radiokanali kuniga 6 soat 36 minut efirga chiqadi. Respublika gazetalarning yillik o‘rtacha tiraji 3000-3500 donadan, tuman, tarmoq va xususiy gazetalarniki o‘rtacha 1500-2000 donadan to‘g‘ri keladi. Respublika OAVlaridagi so‘z erkinligi masalasi yanada jonlanayotgani sezilmoqda. Chunki gazetalar ijtimoiy muammolarni ko‘tarib chiqmoqda. Jurnalist­larning  shaxsiy fikrlarini va tanqidiy maqolalarini o‘qish mumkin. Demak, OAV- larning ham ijtimoiy institut sifatida jonlanishi ko‘rinyapti.




Download 58,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish