181
TA’LIM, ILM
-
MA’RIFAT –
RAQAMLI IQTISODIYOT NEGIZIDIR
Burxonova M.M.
1
, G’aniyev S.F.
1
1
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
ТАТ
U
Farg’ona filiali
burhonova88@mail.ru
Hozirgi davrda raqamli iqtisodiyot va u bilan bog’liq bo’lgan bir qancha
samarador texnologiyalar hayotimizga shiddat bilan kirib kelmoqda. Huddi
shuning uchun ham davlat va jamiyat taraqqiyotini yanada jadallashtirish
maqsadida respublikamiz rahbariyati bir qancha muhim qarorlarni qabul qildi.
Kuni kecha esa prezident Shavkat Mirziyoyevning
Oliy Majlis Senati va
Qonunchilik palatasiga qilgan Murojaatnomasida «2020 yil –
Ilm-
ma’rifat va
raqamli iqtisodiyot yili» deb e’lon qilindi.
Yuqoridagi farmon va qarorlarning muvaffaqiyatli bajarilishi uchun raqamli
iqtisodiyotning mohiyati nima va uning asosiy tishunchali nimalardan iboratligi
pishiq-puhta bilib olish talab qilinadi. Ushbu raqamli iqtisodiyot atamasini
anglashdan avval axbor
otlashgan jamiyat va u bilan uzviy bog’liq bo’lgan bir
qancha asosiy tushunchalar bilish talab qilinadi.
xx-asrning ikkinchi yarmida insoniyat global o'zgarish davriga kirib,
rivojlanishning yangi bosqichiga - axborot jamiyatiga o'tdi. Bugungi kunda axborot
iqtisodiyot, resurs,
xizmatlar, tovarlar, qo'shimcha qiymat manbai va bandlik
sifatida hal qiluvchi omil hisoblanadi. Iqtisodiyot tarmoqlarida axborot
jarayonlarining kirib kelishi va rivojlanishi fonida Internet-do'konlar, Internet-
banklar, to'lov tizimlari kabi ish yuritish shakllari asta-sekin rivojlanmoqda,
banknotlarning yangi turlari (virtual valyutalar) paydo bo'lmoqda,
iqtisodiyotning
butun bir tarmog'i - "raqamli iqtisodiyot" barpo etilmoqda. Ushbu kontseptsiyaga
kengaytirilgan yondashuv raqamli iqtisodiyot raqamli texnologiyalardan
foydalanadigan iqtisodiy ishlab chiqarish ekanligini aniqlaydi. Ya'ni, raqamli
iqtisodiyot (elektron iqtisodiyot) bu elektron tijorat, shuningdek elektron pul
almashinuvi asosida qurilgan iqtisodiy faoliyat.
Qoida tariqasida, ushbu atamalar
elektron tovarlar va xizmatlarni sotishga yo'naltirilgan elektron xizmatlarning
ishlashini, ko'pincha elektron bitimlar ishtirokchilari o'rtasida elektron pullar
almashinuvini anglatadi.
Birinchi raqamli tushunchalar, shuningdek zamonaviy raqamli iqtisodiyot
tushunchasi o'tgan asrning oxirida paydo bo'ldi. 1995 yilda amerikalik informatika
olimi Nikolay Negroponte buni atomlarning harakatidan
bitlarning harakatiga
o'tish shaklida taqdim etdi. Endi bu atama butun dunyoda qo'llaniladi, u
siyosatchilar, tadbirkorlar va jurnalistlar tomonidan qo'llanila boshlandi.
Biroq, hozirgi kunga qadar ushbu kontseptsiyaning mazmuni noaniq bo'lib
qolmoqda. Avvaliga odatiy "analog" iqtisodiyot tushunchasini esga olish kerak -
bu jamiyatning iqtisodiy faoliyati, shuningdek ishlab chiqarish, taqsimlash,
ayirboshlash va iste'mol qilish tizimida shakllanadigan munosabatlarning
yig'indisi.
Kompyuter, Internet va mobil telefonlardan foydalanish allaqachon
"iste'mol" sifatida ko'rib chiqilishi mumkin, bu holda raqamli iqtisodiyot Internet,
182
mobil aloqa va AKT vositachilik qiladigan iqtisodiy munosabatlarning bir qismi
sifatida ifodalanishi mumkin.
So'nggi yillarda raqamli iqtisodiyot kontseptsiyasi internetda elektron
mahsulotlarni sotib olish va sotish tijorat o'lchovidan tashqariga chiqa boshladi.
Bugungi kunda ushbu g'oya yirik kompaniyalar va korporatsiyalarning doimiy
faoliyatining bir qismi sifatida virtual jarayonlardan foydalanishni ham o'z ichiga
oladi. Shuningdek, ushbu kontseptsiya korxonalar va idoralar o'rtasidagi bitimlarni
samarali bajarish uchun hukumatlar ichki ishlariga joriy qilinmoqda. Texnologiya
rivojlanishda
davom etar ekan, elektron iqtisodiyot taklif etilayotgan tovarlar va
xizmatlar doirasi doimiy ravishda o'sib borar ekan, raqamli iqtisodiyot yanada
kengayishda davom etadi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasida
"
Ilm fan yanada ravnaq topishi, yoshlarni chuqur bilim yuksak maʼnaviyat egasi
etib tarbiyalash boʻyicha boshlagan ishlarimizni davom ettirish maqsadida 2020
yilga ilm-
maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb eʼlon qilishni
taklif qilaman.
Ilm maʼrifatsiz raqamli iqtisodiyotni rivojlantirib boʻlmaydi. Butun
dunyo
ilgarilab ketdi, qoʻshnilarimiz ham ilgarilab ketdi. Integratsiya kerak,
raqobatbardosh boʻlish uchun";
-
degan so’zlarida ko’rinib turibdiki, ta’limni
kuchaytirmay turib, raqamli i
qtisodiyotni rivojlantirib bo’lmaydi. Zero
iqtisodiyotning asosi chuqur bilim va tajribaga asoslangan bo’ladi.
Bizga ma’lumki raqamli iqtisodiyot elektron hukumat tizimining asosiy,
ajralmas qismi bo’lib, hukumatning rivojlanishiga katta ulush qo’shadi. Z
ero jadal
rivojlanayotdan dunyodan ortda qolmaslik uchun jahon tajribasida mavjud
amaliyotlardan foydalanish va dunyo reytingida yuqori ko’rsatkichlarni
egallash
zarur. Buning uchun esa ilm-marifatni yuksaltirish va shu orqali raqamli
iqtisodiyotni rivojla
ntirish biz yoshlarning asosiy maqsadimiz bo’lmog’i kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: