172
etish uchun maktabgacha yoshdagi bolalarga mo’ljallangan, jumladan,
multimediali kompyuter texnologiyasining asoslarini ishlab chiqish zarur.
Maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalarga mo’ljallangan multimediali
texnologiya an‘anaviy texnologiyalardan quyidagilar bilan farqlanadi:
• bolalarning psixologik jihatlari;
• bolalarning yoshi (6–
7 yosh);
• kompyuterli mashg’ulotning davomiyligi (15 daqi
qa);
• materialning bolalarga mosligi (multimedia shaklida);
• materialning hajmi (30 daqiqaga mo’ljallangan);
• materialning murakkablik darajasi (bolalar uchun sodda materiallar
tanlanadi);
Multimediaviy hujum natijasida bolaning o’zlashtirish daraja
si rivojlanishiga
va mashg’ulot samaradorligini oshirishga erishish mumkin. Har qanday pedagogik
texnologiya o’ziga xos ma‘lum bir komponentga ega.
Multimedia texnologiyasining ham ta‘limiy komponentlari mavjud:
• nazariy va amaliy asoslar;
• texnik va
didaktik vositalar;
• ta‘lim oluvchilarning olgan bilimini baholash mezoni;
• ta‘lim manbalarini kiritish.
Bolalar uchun q
о‘llanma yoki darslik sifatida kompyuter xotirasiga kiritilgan
ma’lumotlar va о‘quv materiallari, tarbiyachi (pedagog) uchun multime
dia
texnologiyasiga oid pedagogik, ilmiy-metodik adabiyotlar, metodik q
о‘llanmalar,
tavsiyalar va ularning elektron varianti ta’lim manbalari xisoblanadi. Maktabgacha
ta‘lim yoshidagi bolalarga ta‘lim va tarbiya berishda bilish nazariyasiga
asoslaniladi, jumladan,
-
jonli mushohada‖da didaktik materiallar, harflar, rasmlar, chizmalar
namoyish qilinadi;
- jonli kuzatish bolalarning fikrlash qobiliyati rivojlanishiga olib keladi.
Masalan, multimediali slaydlarda predmetlar turli ranglarda beriladi. Bolalar
monitor ekranida ularni ko’rishi bilanoq ranglar to’g’risida fikr yurita boshlaydi.
Bola bilish nazariyasining mavhum tafakkur bosqichida monitor ekranida ko’rgan
materiallariga e‘tibor qaratadi, mulohaza yurita boshlaydi, fikrlaydi hamda
amaliyotga tatbiq eta boshlaydi.
Kompyuterli ta‘limni amaliyotda qo’llash MTM tarbiyalanuvchilari
tomonidan o’rganiladigan materiallarni kompyuterda bajarish asosida amalga
oshiriladi. Multimediali kompyuter texnologiyasi MTMlardagi ta‘lim
-tarbiya
jarayonida yaqindan bosh
lab qo’llanilayotgani uchun hozirgi kunda uning
pedagogik-
psixologik jihatlari, tamoyillari va o’ziga xos xususiyatlarini tahlil etish
muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: