Муҳаммад ал хоразмий номидаги



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet78/128
Sana12.07.2022
Hajmi5,01 Kb.
#781830
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   128
Bog'liq
KIBER XAVFSIZLIK MUAMMOLARI VA ULARNING

Литература
 
1. Пожалуйста, не забудьте правильно оформить цитату: Ягудина Р. И. 
Информационные технологии на уроках русского языка и литературы [Текст] 
// Актуальные задачи педагогики: материалы II Междунар. науч. конф. (г. 
Чита, июнь 2012 г.). –
Чита: Издательство Молодой ученый, 2012. –
С. 89
-91. 

URL https://moluch.ru/conf/ped/archive/59/2480/ (дата обращения: 
02.02.2020). 
2. 
Бермус 
А.Г. 
Проблемы 
и 
перспективы 
реализации 
компетентностного подхода в образовании // Интернет
-
журнал «Эйдос». –
2005. 
3. 
Электронные образовательные ресурсы нового поколения: в 
вопросах и ответах. –
М.: Агентство «Социальный проект», 2007
 
 
 


165 
DASTURIY YECHIM T
O‘G‘RILIGINI AVTOMATIK TESTLOVCHI 
TIZIMLAR YORDAMIDA TALABALAR BILIMINI BAHOLASH 
Abdukarimov S.S. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini 
nazorat qilish davlat inspeksiyasi Nazorat materiallari bankini shakllantirish va 
sinovlarni tashkil etish bo‘limi bosh mutaxassisi
 
Oxirgi o‘n yillikda hisoblash texnikasining keng rivojlanishi va tarqalishi 
yangi olimpiada harakati, dasturlash bo‘yicha musobaqalarning tashkil etilishiga 
olib keldi. Bu musobaqalarning asoschisi deb haqli ravishda ACM tashkiloti tan 
olinib, hozirgi kunda talabalar komandalari orasida jahon chempionati 
tashkilotchisidir. Bu musobaqalarning homiylari axborot texnologiyalari 
sohasidagi dunyoning eng yirik kompaniyalari IBM, Microsoft, AMD, Intel va 
boshq
alardir. Jahon chempionati finalida g‘olib talabalar butun dunyoda tan 
olinadi. Shuning uchun ko‘p universitetlarda maxsus dasturiy yechimlar 
to‘g‘riligini avtomatik testlovchi tizimlari yaratilishi, talabalarning bu turdagi 
musobaqalarga tayyorgarligi sifatini oshirishga olib keldi. 
Dasturiy yechim to‘g‘riligini avtomatik testlovchi tizimlar ko‘p masalalar 
yechimlarini qisqa fursatda tahlil qilish imkoniyatini yaratadi. Har bir yechim 
berilgan masalaning hamma xususiyatlarini aks ettiruvchi testlar to‘plam

yordamida tekshiriladi. Odatda dasturlashni o‘rganishda o‘qituvchi dastur matnini 
diqqat bilan ko‘rib chiqib, uning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi haqida xulosa 
chiqaradi. Masalalar murakkablashib borgan sari o‘z
-
o‘zidan ma’lumki dasturiy 
yechimlar ham murakkablashib boradi. Dasturlar murakkablashib borgan sari bu 
usul amaliy jihatdan foydasiz bo‘lib boradi, chunki biror kichik xatoni topish ancha 
murakkabdir. Uning o‘rnini yangi usul egallaydi, dasturiy yechim to‘g‘riligini 
avtomatik testlovchi tizimlar 
egallaydi. Bu tizimlar o‘qituvchi o‘rnini egallamaydi, 
chunki bu tizimlarning vazifasi yechimlarni tekshirishdan iborat. 
O‘zbekiston Respublikasi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va 
informatikaga oid ta’lim yo‘nalishlari mavjud Oliy ta’lim muassasal
arida 
“Dasturlash asoslari”fani mutaxassislik fanlari sifatida o‘qitilib kelinmoqda. Ushbu 
fanni barcha universitetda turli pedagogik texnologiyalar orqali bilim beriladi va 
talabalarning bilimi baholanadi,lekin Respublikamizda bugunga qadar dasturiy 
yechi
m to‘g‘riligini avtomatik testlovchi tizimlar yordamida dars jarayonlarini, 
oraliq va yakuniy nazorat ishlarini baholovchi tizim mavjud emas. 
Dasturiy yechim to‘g‘riligini avtomatik testlovchi tizim yordamida 
talabalarning “Dasturlash asoslari” fani bo‘yic
ha yakuniy nazorat ishini baholashni 
ko‘rib chiqamiz.
Yakuniy nazorat 

semestr yakunida muayyan fan bo‘yicha nazariy bilim va 
amaliy ko‘nikmalarni talabalar tomonidan o‘zlashtirish darajasini baholash usuli 
hisoblanib asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan yozma ish, test, 
og‘zaki shakllarda o‘tkaziladi. Ko‘p hollarda ta’limda baholash sistemasi ballik 
sistema bo‘lib bunda 100 ball eng yuqori ko‘rsatkich sifatida qabul qilinadi. 
Ushbu 
100 ballning 30 foizi(30 ball)ni talabaning yakuniy nazorat ishi uchun belgilanadi. 


166 
Dasturlash asoslari fanini o‘qishdan maqsad axborotni yig‘ish, saqlash va 
qayta ishlash, uzatishning asosiy tamoyillarini dasturlash tili orqali o‘rganish. 
Shuningdek, zamonaviy axborot tizimlarini yaratish va ularni yaratish usul va 
texnologiyalarini o‘rganish. Turli texnik bilimlarga oid masalalarni shaxsiy 
dasturlash tillari yordamida hal etish va ularning usullarini o‘rganishdan iborat.
Talabalar dasturlash asoslari fanini o‘qish natijasida quyidagi bilimlarga ega 
bo‘lishlari tala
b qilinadi.

Dasturlash tilining tuzilmasi; 

Tarmoqlanish operatorlari; 

Takrorlanish operatorlari; 

Bir o‘lchovli massivlar;

Ko‘p o‘lchovli massivlar;

Satrlar va ular ustida amallar; 

Ko‘rsatkichlar;

Dinamik tuzilmalar; 

Funksiyalar. Rekursiv funksiyalar; 

Obye
ktga yo‘naltirilgan dasturlash.
Dasturiy yechim to‘g‘riligini avtomatik testlovchi tizim yordamida 
“Dasturlash asoslari” fanining yakuniy nazorat ishini tashkil etishni va talabalarni 
baholashni ko‘rib chiqamiz. Dasturlash asoslari fani bo‘yicha yakuniy na
zorat 
savollari yuqoridagi mavzularni o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim. Tizimga 
joylashtirish uchun yuqoridagi mavzularni o‘z ichiga olgan 3 ta sodda(2 ball), 2 ta 
o‘rta(5 ball), 2 ta murakkab(7 ball) qiyinchilikdagi jami 7 ta (30 ball) masalalar 
tayyorlanadi. Masalalarni tizim yordamida tekshirish uchun birinchi navbatda 
masalalarning har biriga mos ravishda kiruvchi va chiquvchi testlarni tayyorlash 
talab qilinadi. 
Xalqaro tajribaga asoslanadigan bo‘lsak, dasturlash bo‘yicha fan 
olimpiadalar yoki musobaqalarda odatda 5 ta savol uchun 2 soat, 10 tadan 13 
tagacha bo‘lgan savolli musobaqalar uchun 5 soat vaqt ajratiladi. Bizning yakuniy 
nazorat ishi davomiyligini 7 ta masala ekanligini inobatga olgan holda 2 akademik 
soat (160 daqiqa) deb olinadi. Agar fanni o
‘rganish davomida bitta dasturlash tili 
tanlab olingan bo‘lsa nazorat ishi davomida ham aynan shu dasturlash tilida ishlash 
uchun ruxsat beriladi. Yakuniy nazorat paytida joriy vaqt holatidagi natijalar 
barchaga namoyish etib boriladi. Har kimdao‘zining bahosini ko‘rib turish 
imkoniyati mavjud. Jarayon yakunlanishi bilan barcha talabalarning yakuniy 
nazorat ishi bo‘yicha to‘plagan ballari namoyon bo‘ladi.
Tizim yordamida talabalar bilimini baholashning yutuq va kamchiliklari.
Talabalar bilimini tizim yordamida baholashning yutuqli jihatlariga 
quyidagilar misol bo‘ladi:

talabalar bilimini baholashda shaffoflikni ta’minlash;

talabalar natijalarini aniqlash uchun ketadigan vaqtni kamaytirish; 

talabalar uchun bitta masalani ishlash uchun bir necha bor imkoniyat 
mavjud ekanligi; 


167 

dasturiy yechimlarni to‘g‘riligini aniqlashda barcha holatlarni inobatga 
olinishi. 
Talabalar bilimini tizim yordamida baholashning yutuqli jihatlariga 
quyidagilar misol bo‘ladi:

barcha talabalar uchunyetarli bo‘lgan kompyuter sinfini tayy
orlash; 

barcha kompyuterlarni bitta tarmoqqa ulash; 

talabalar masala uchun qisman javob beruvchi yechimini tizim inobatga 
olmasligi. 
Xulosa qilib aytganda dasturiy yechim to‘g‘riligini avtomatik testlovchi 
tizimlar yordamida talabalar bilimini baholashning ijobiy tomonlari mavjud, bu 
tizim yordamida baholashning ta’lim sifatiyaxshilanishiga olib keladi.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish