Муҳаммад ал-хоразмий номидаги тошкент ахборот технологиялари



Download 4,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/116
Sana23.02.2022
Hajmi4,12 Mb.
#117967
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   116
Bog'liq
KIBER XAVFSIZLIK MUAMMOLARI VA ULARNING

Адабиётлар: 
1. 
Tom Sito, Book Review: 'Moving Innovation: A History of Computer 
Animation', Cambridge, MA, The MIT Press, 2013, 362 p. 
2. 
http://www.lex.uz/acts/42423 
3. 
www.ziyonet.uz 
 
 
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA MULTIMEDIALI 
VOSITALARIDAN FOYDALANISH 
Jiyanov О.P.
 1
, Pаrimоv Х.А.
 2
 
1
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 
Samarqand filiali katta o’qituvchisi, 
2
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ТАТU Sаmarqand filiali tasarufidagi 
аkаdеmik litseyi O’IBDU 
 
Respublikamizda barkamol avlodni tarbiyalash, yosh avlodning intellektual 
salohiyatini ro’yobga chiqarish, ularni har tomonlama rivojlangan shaxs etib 
voyaga yetkazish hozirgi kunning dolzarb masalalaridandir. Prezidentimiz Shavkat 
Mirziyoyevning – 2017-2021-yillarda maktabgacha ta‘lim tizimini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi qarorida maktabgacha ta‘lim 
muassasalari tarmog’ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta‘minlash, 
bolalarni maktab ta‘limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta‘lim-tarbiya 
jarayoniga zamonaviy ta‘lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni 
har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik, jismoniy rivojlantirish uchun shart-
sharoitlar yaratish masalalariga alohida e‘tibor qaratildi. Maktabgacha ta‘lim 
muassasalarida ta‘lim-tarbiya olayotgan katta va maktabga tayyorlov guruhlarida 
aynan 5-7 yoshli bolalar tarbiyalanadi. Ulardagi intellektual salohiyatni 
shakllantirishning boshlang’ich davri ham xuddi shu yoshdan boshlanadi.
O’zbekiston Respublikasining Ta‘lim to’g’risidagi Qonunning 11-
moddasida: - Maktabgacha ta‘lim bola shaxsini sog’lom va yetuk, maktabda 
o’qishga tayyorlanadigan tarzda shakllantirish maqsadini ko’zlaydi. Bu ta‘lim olti-
yetti yoshgacha oilada, bolalar bog‗chasida va mulk shaklidan qat‘iy nazar boshqa 
ta‘lim muassasalarida olib boriladi deyilgan. O’zbekiston Respublikasi Kadrlar 


171 
tayyorlash milliy dasturida - Barcha bosqichdagi ta‘lim jarayonlarini 
kompyuterlashtirish va axborotlashtirish amalga oshiriladi deb qayd etilgan. 
Bugungi kunda taraqqiyot darajasini axborot va kompyuter tehnologiyalari hamda 
telekommunikatsiya tarmoqlaridagi erishilgan yutuqlar belgilab bermoqda. Ushbu 
soha tez suratlarda rivojlanib bormoqda. Kundan-kunda yangi tehnologiyalar 
yaratilmoqda. Shuning uchun ham ta‘lim jarayonini kompyuterlashtirish bugungi 
kunning dolzarb masalalaridan biriga aylanmoqda. Shuningdek maktabgacha 
ta‘lim muassasalarida ham o‘yinlarni multimedia vositalaridan foydalangan holda 
tashkil etish yo‘lga qo‘yilmoqda. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov-Ta‘lim 
sohasida zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari, internet tizimi, raqamli 
va keng formatli telekommunikatsiyalarning zamonaviy usullarini o’zlashtirish, 
bugungi taraqqiyot darajasini belgilab beradigan bunday ilg’or yutuqlar nafaqat 
maktab, litsey, kollejlar, oliy o’quv yurtlariga, balki har qaysi oila hayotiga keng 
kirib borishi uchun zamin tug’dirishning ahamiyatini chuqur anglab olishimiz 
lozim, – deya ta‘kidlagan edilar. Bu fikrlar MTM tarbiyalanuvchilarida kompyuter 
savodxonligini shakllantirish, ularni kompyuterdan elementar tarzda foydalanishga 
o’rgatish maktab ta‘limiga tayyorlashning dolzarb masalalardan biri ekanligini 
ko’rsatadi. Zamonaviy maktabgacha ta‘lim muassasalarida ta‘lim-tarbiya 
jarayonini multimedia vositalari asosida tashkil etishga alohida ahamiyat 
berilyapti. Multimedia vositalariga, birinchi navbatda, elektron darsliklar, kompakt 
disklar, video-audio tasmalar, turli taqdimotlar kiradi. MTMda multimedia 
texnologiyasidan foydalanishdagi masalalardan yana biri ta‘lim-tarbiya jarayoni 
samaradorligini oshirish metodikasini ishlab chiqish, unga mos ishlanmalar 
yaratish hamda amaliyotga joriy qilish zarurligidir. Maktabgacha ta‘lim 
muassasalarida multimedia texnologiyasidan foydalanishning o’ziga xos 
xususiyatlari mavjud. Ularni o’rganish, texnologiyalarni tatbiq etishda bolalar 
yoshini hisobga olish va mos holda didaktik materiallarni tanlash, ta‘lim-tarbiya 
jarayonida bolalarga pedagogik va psixologik ta‘sir etish usullarini o’rganish va 
amaliyotga joriy etish kabi jihatlarga e‘tibor qaratish lozim. Axborot 
texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida multimedia texnologiyasi yaratildi 
va turli sohalarda qo’llanila boshlandi. Maktabgacha ta‘lim muassasalari ta‘lim-
tarbiya jarayonida multimedia texnologiyasidan foydalanishni amalga oshirish 
uchun, avvalo, multimedia to’g’risidagi asosiy tushunchalarga e‘tibor qaratamiz. 
Multimedia atamasining lug’aviy ma‘nosi-multum+medium yoki inglizcha –
multum+media kabi ikki so’z yig’indisidan tashkil topgan bo’lib, - multi – ko’p, -
media – muhit ma‘nosini anglatadi.
Atama ilmiy va o’quv adabiyotlarida ko’p vositalilik; 
- multimedia muhiti; 
- ko’p qatlamli muhit. 
- ma‘lumot tashuvchi vosita kabi talqin qilinib kelinmoqda.
Hozirgi davrda multimedia atamasi ko’p qirrali bo’lib, turli tushunchalarni 
ifodalashda qo’llaniladi. Masalan, multimedia texnologiyasi, multimedia 
mahsuloti, multimediali kompyuter, multimedia dasturi va boshqalar. Maktabgacha 
ta‘lim muassasalari ta‘lim-tarbiya jarayoniga multimedia texnologiyasini tatbiq 


172 
etish uchun maktabgacha yoshdagi bolalarga mo’ljallangan, jumladan, 
multimediali kompyuter texnologiyasining asoslarini ishlab chiqish zarur.
Maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalarga mo’ljallangan multimediali 
texnologiya an‘anaviy texnologiyalardan quyidagilar bilan farqlanadi:
• bolalarning psixologik jihatlari;
• bolalarning yoshi (6–7 yosh);
• kompyuterli mashg’ulotning davomiyligi (15 daqiqa);
• materialning bolalarga mosligi (multimedia shaklida);
• materialning hajmi (30 daqiqaga mo’ljallangan);
• materialning murakkablik darajasi (bolalar uchun sodda materiallar 
tanlanadi);
Multimediaviy hujum natijasida bolaning o’zlashtirish darajasi rivojlanishiga 
va mashg’ulot samaradorligini oshirishga erishish mumkin. Har qanday pedagogik 
texnologiya o’ziga xos ma‘lum bir komponentga ega.
Multimedia texnologiyasining ham ta‘limiy komponentlari mavjud:
• nazariy va amaliy asoslar;
• texnik va didaktik vositalar;
• ta‘lim oluvchilarning olgan bilimini baholash mezoni;
• ta‘lim manbalarini kiritish. 
Bolalar uchun qо‘llanma yoki darslik sifatida kompyuter xotirasiga kiritilgan 
ma’lumotlar va о‘quv materiallari, tarbiyachi (pedagog) uchun multimedia 
texnologiyasiga oid pedagogik, ilmiy-metodik adabiyotlar, metodik qо‘llanmalar, 
tavsiyalar va ularning elektron varianti ta’lim manbalari xisoblanadi. Maktabgacha 
ta‘lim yoshidagi bolalarga ta‘lim va tarbiya berishda bilish nazariyasiga 
asoslaniladi, jumladan,
- jonli mushohada‖da didaktik materiallar, harflar, rasmlar, chizmalar 
namoyish qilinadi;
- jonli kuzatish bolalarning fikrlash qobiliyati rivojlanishiga olib keladi. 
Masalan, multimediali slaydlarda predmetlar turli ranglarda beriladi. Bolalar 
monitor ekranida ularni ko’rishi bilanoq ranglar to’g’risida fikr yurita boshlaydi. 
Bola bilish nazariyasining mavhum tafakkur bosqichida monitor ekranida ko’rgan 
materiallariga e‘tibor qaratadi, mulohaza yurita boshlaydi, fikrlaydi hamda 
amaliyotga tatbiq eta boshlaydi.
Kompyuterli ta‘limni amaliyotda qo’llash MTM tarbiyalanuvchilari 
tomonidan o’rganiladigan materiallarni kompyuterda bajarish asosida amalga 
oshiriladi. Multimediali kompyuter texnologiyasi MTMlardagi ta‘lim-tarbiya 
jarayonida yaqindan boshlab qo’llanilayotgani uchun hozirgi kunda uning 
pedagogik-psixologik jihatlari, tamoyillari va o’ziga xos xususiyatlarini tahlil etish 
muhim ahamiyat kasb etadi. 

Download 4,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish