Муҳаммад ал-хоразмий номидаги тошкент ахборот технологиялари



Download 4,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/116
Sana23.02.2022
Hajmi4,12 Mb.
#117967
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   116
Bog'liq
KIBER XAVFSIZLIK MUAMMOLARI VA ULARNING

Адабиётлар. 
1. 
Невзорова И.Б., Донина И.А. Готовность будущих техников-
программистов к проектно-аналитической деятельности: структура и 
критерии оценки // Современные проблемы науки и образования. 2016. № 1. 
2. Бегимқулoв У.Ш. 
“Педoгoгик тaълимдa зaмoнaвий aхбoрoт 
технoлoгиялaрини жoрий этишнинг илмий нaзaрий acocлaри”. Мoнoгрaфия –
Т.: Фaн, 2017 
3. С.Ж.Тўраев. “Дастурий воситалар асосида талабаларни касбий 
фаолиятга тайёрлаш методикасини такомиллаштириш”. Диссертация PhD: 
13.00.05. Тошкент. 2019 й 
 
 
TEXNOLOGIK JARAYON OPERATORLARINI VIRTUAL 
REALLIK TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA O`QITISH 
Sevinov J.U.
 1
, Nashvandova G.M.
 1
 
1
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti
 
Texnologik jarayonlarning (TJ) bevosita ijro qiluvchi (operativ) xodimlarini 
tayyorlash darajasini oshirish zamonaviy ishlab chiqarishning eng muhim 
vazifalaridan biridir, buning bir necha sabablari bor. 
Ishlab chiqarish jarayonlarida turli ko`ngilsizliklar va xavflarni (shu 
jumladan inson omilining ta'sirini) kamaytirish uchun boshqaruv va 
himoya tizimlari tobora murakkablashtirilmoqda.
Jamoatchilikning mehnat munosabatlariga bo`lgan fikri o`zgarib bormoqda: 
ish beruvchilar nafaqat iqtisodiyot, balki ishchilarning hayoti, sog'lig'i va 
ijtimoiy farovonligi, atrof-muhit holati uchun ham katta mas'uliyatni his qilmoqda, 
bu esa operatorlarning tayyorgarlik darajasiga bevosita bog'liqdir. 
Kompyuter trenajorlari (KT) - operativ xodimlarning TJ ni xavfsiz va 
samarali 
boshqarish ko`nikmalarini 
rivojlantirishga, shuningdek favqulodda 
vaziyatlarda ishlash uchun yuqori "jangovar tayyorgarlikni" saqlashga imkon 
beradigan muqobili yo`q o'quv vositasidir. Shu bilan birga, mashg'ulotlar 
odamlarga, ishlab chiqarish aktivlariga va atrof-muhitga xavf tug'dirmaydigan 
simulyatsiya qilingan muhitda o'tkazilishi muhimdir [1].
Qariyb yarim asrlik tarixga ega KT-lari ishlab chiqaruvchilarning tobora 
ortib borayotgan talablari va tegishli texnologiyalari, ayniqsa axborotlarning 
rivojlanishi bilan belgilanadigan tub o'zgarishlarga duch keldi. So'nggi yillarda bu 
ayniqsa virtual reallik (VR) ning zamonaviy texnologiyalariga katta ta'sir 
ko'rsatdi. Global internet tarmog`idagi VR haqidagi har 10 ta havolaning biri 


199 
(200 milliondan ortiq 
havoladan 
20 
millionga yaqini) 
sanoat 
sohasiga 
bag`ishlangan. Shulardan 3,5 millionga yaqin havolalar operatorlarni o'qitishda VR 
dan foydalanishga bag'ishlangan. VR texnologiyalari umumiy bozori hozirgi kunda 
yiliga 250 milliard dollarga baholanmoqda, ishlab chiqaruvchilar yillik 
daromadlarini 2020 yilga kelib 13 milliard dollarga va 2025 yilga kelib 35 milliard 
dollargacha oshishini prognoz qilgan. Ta'lim sohasi umumiy bozorning 5% ni 
tashkil qiladi (taqqoslash uchun, kompyuter o'yinlari 40% ni tashkil qiladi) va faqat 
rivojlangan mamlakatlarning o`zida VR mahsulotlaridan foydalanuvchilarning 
potentsial auditoriyasi 200 million kishini tashkil etadi [2]. 
TJ ni boshqarishda operatorlarning ikki turi qatnashadi: konsol (ya'ni 
taqsimlangan boshqaruv tizimi (TBT) operatorlari) va maydon (boshqaruvni 
bevosita joyida amalga oshirish) operatorlari. Simulyatorlarda konsol operatorining 
interfeyslarida fundamental muammolar yo'q. Unga boshqarish uchun zarur 
bo'lgan ma'lumotlar mutlaqo instrumental hisoblanadi va texnologik platformani 
vizual ravishda his qilish va ko`rish talab etilmaydi. Zamonaviy KT-da, 
konsol operatori interfeysi deyarli mutlaq o'xshashlik darajasida amalga oshirilishi 
mumkin. Maydon operatorining interfeysi eas yanada murakkabroq. 
Ushbu murakkablik maydon operatorining vazifasi, uning foydalanuvchi 
interfeysida munosib aks ettirilishi bilan belgilanadi. Dala operatorining asosiy 
vazifasi texnologik platformada joylashgan jismoniy qurilmalar bilan o'zaro aloqa 
qilishdir, bu turli xil sezgi organlarini jalb qilishni talab qiladi: ko'rish, eshitish, 
teginish, hidlash va olingan sezgi ma'lumotlarini izohlash. Dala operatorlarining 
ish jarayoniga bevosita tashqi omillar ham ta’sir qiladi: ob-havo, kunning vaqti, 
ko'rish shartlari, shovqin, tebranish, hid, balandlikda (ba'zan 50 metrdan yuqori) 
ishlash kerakligi, og'ir himoya kiyimida va himoya vositalarida ishlash. 
Dala operatorining vazifasi (konsol operatori bilan hamkorlikda) - mavjud 
bo'lgan 
barcha 
ma'lumotlardan 
foydalanish 
(masofadan 
turib va 
"joyida"), favqulodda vaziyatning istalmagan oqibatlariga barham berish va 
minimallashtirishdir. Va buning uchun unga (konsol operatoridan farqli 
o'laroq) yuqorida aytib o'tilgan sezgi ma'lumotlarini his qilish imkonini 
bermaydigan standart 2D interfeysi yetarli emas. Ta'kidlanishicha, sxematik "tekis" 
interfeysning real bo'lmagan xususiyati dala operatoriga faoliyatning ratsional 
darajasidan emotsional tizimga o'tishiga imkon bermaydi, bu esa mashg'ulotning 
ahamiyatini sezilarli darajada kamaytiradi. Bunga motivatsiyani yo'qotish kiradi 
(xuddi kompyuter o'yinlarida bo'lgani kabi, realizm kamayganda unga bo'lgan 
qiziqish kamayadi). Dala operatorining an'anaviy interfeysi sxematik ko`rinishda 
bo'lib, TBT da qabul qilingan TJ topologiyasini qo'shimcha uskunalarni 
qo'shib takrorlaydi (1-rasm). 


200 

Download 4,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish