Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘G‘risida


-modda. Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida axborot



Download 263,62 Kb.
Pdf ko'rish
bet36/38
Sana17.03.2023
Hajmi263,62 Kb.
#920090
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
O‘RQ-42-сон 20.07.2006. Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida

64-modda. Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida axborot
Asarni yoki turdosh huquqlar obyektini, muallifni, turdosh huquqlar egasini yoki mutlaq
huquqlarning boshqa egasini identifikatsiyalovchi har qanday axborot yoxud asardan yoki turdosh
huquqlar obyektidan foydalanish shartlari haqidagi, asarning yoki turdosh huquqlar obyektining
nusxasida mavjud bo‘lgan, ularga ilova qilingan yoxud bunday asarni yoki turdosh huquqlar
obyektini barchaning e’tibori uchun yuborish yoxud barchaning e’tiboriga yetkazish munosabati
bilan paydo bo‘ladigan axborot, shuningdek shunday axborotni o‘z ichiga olgan har qanday
raqamlar va kodlar mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi axborot deb e’tirof etiladi.
Quyidagilarga:
mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi axborotni ushbu moddaning 
birinchi
qismida 
ko‘rsatilgan shaxslarning ruxsatisiz chiqarib tashlash yoki o‘zgartirishga;
mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi axboroti ushbu moddaning 
birinchi
qismida 
ko‘rsatilgan shaxslarning ruxsatisiz chiqarib tashlangan asarlarni yoki turdosh huquqlar
obyektlarini takrorlash, tarqatish, tarqatish maqsadida import qilish, omma oldida ijro etish,
barchaning e’tibori uchun yuborishga, barchaning e’tiboriga yetkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
65-modda. Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qilish usullari
Muallif, turdosh huquqlar egasi yoki mutlaq huquqlarning boshqa egasi huquqbuzardan
quyidagilarni talab qilishga haqli:
huquqlarni tan olishini;
huquq buzilishidan oldingi holatni tiklashini va huquqni buzadigan yoki uning buzilishi
xavfini yuzaga keltiradigan harakatlarni to‘xtatishini;
huquq egasining huquqi buzilmagan taqdirda, u fuqarolik muomalasining odatdagi
sharoitlarida olishi mumkin bo‘lgan, lekin ololmay qolgan daromadi miqdoridagi zararlarning
o‘rnini qoplashini. Agar huquqbuzar mualliflik huquqi yoki turdosh huquqlarni buzish oqibatida
daromadlar olgan bo‘lsa, huquq egalari boshqa zararlar bilan bir qatorda boy berilgan foydani
bunday daromadlardan kam bo‘lmagan miqdorda qoplashini;
Oldingi
 tahrirga qarang.
zararlar yetkazilishi faktidan qat’i nazar, huquqbuzarlikning xususiyati va huquqbuzarning
aybi darajasidan kelib chiqib ish muomalasi odatlarini hisobga olgan holda zarar qoplanishi o‘rniga
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ming baravarigacha miqdorda to‘lanishi lozim
bo‘lgan tovonni to‘lashini;
(65-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 20-
avgustdagi O‘RQ-709-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2021-y.,


03/21/709/0808-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
ushbu Qonunda belgilangan huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq bo‘lgan, qonunchilikda
nazarda tutilgan boshqa choralar ko‘rishini.
(65-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Muallif va ijrochi o‘z huquqlari buzilgan taqdirda, huquqbuzardan ma’naviy ziyon qoplanishini
talab qilishga haqlidir.
Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot mulkiy huquqlarini boshqarish
shunday tashkilot tomonidan amalga oshirilayotgan shaxslarning buzilgan mualliflik huquqlari va
turdosh huquqlarini himoya qilib qonunda belgilangan tartibda o‘z nomidan ariza bilan sudga
murojaat etishga haqlidir.
Mualliflik huquqi yoki turdosh huquqlar buzilishining oldini olish yoki uni to‘xtatish uchun
zarur choralar ko‘rish natijasida uchinchi shaxslarga yetkazilgan zararlar, shuningdek bunday
choralarni amalga oshirgan shaxs ko‘rgan zararlar huquqbuzar hisobidan undirib olinishi kerak.

Download 263,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish