husni ta’lil
(chiroyli dalillash)
deyiladi.
MUBOLAG‘A
Tamanno qilg‘ali la’lingni ko‘nglum, Kishi bilmas onikim, qoldi qanda? Avvalo, lug‘at yordamida notanish
so‘zlar ma’nosi aniqlab olinadi: tamanno qilmoq — orzu qilmoq; la’l — lab, la’lning o‘zi qimmatbaho qizil
toshdir; qanda — qayerda. Misralardagi gap bo‘laklarini odatdagi tartibga keltiramiz: Ko‘nglim la’l kabi
qizil labingni orzu qilgan edi, (lekin hech bir) kishi labingning qayerda ekanligini bilmaydi. O‘ylang-chi,
shoir ma’shuqaning labi qayerda ekanligini hech kim bilmasligini aytish bilan nima demoqchi bo‘lyapti?
Sharq mumtoz she’riyatida noziklik — go‘zallikning belgisi. Bu baytda “Yorning og‘zi juda ham tor”, —
degan oddiygina fikr bildirilayapti. Lekin Atoyi uni shoirona tarzda yorning og‘zi shu qadar kichikki, kishi
har qancha tikilsa ham, labi qayerdaligini topa olmaydi shaklida ifodalamoqda. Yorning og‘zi tor degan
ma’no
bo‘rttirib
, o
‘ta kuchaytirib
berilmoqda. Adabiyotshunoslikda juda bo‘rttirish yoki o‘ta kuchaytirib
tasvirlash
mubolag‘a
deyiladi.
TALMEH
Solib borma meni, ey Yusufi husn, Bu kun Ya’qubtek baytul hazanda. Baytdagi “baytul hazan”ni
arabchadan so‘zma-so‘z tarjima qilsak, “g‘am uyi” degan ma’noni anglatadi. Bu yerda kuchli iztirob, qayg‘u
ma’nosi ifodalanmoqda. Baytda “Ey husni Yusuf (kabi yor), bukun sen meni Yoqubtek (Ya’qubtek) qilib
qayg‘u uyiga solib qo‘ymagin” tarzidagi mazmun berilayotganini sezgan bo‘lsangiz kerak. Misralardagi
Yusuf, Yoqub obrazlari ishora qilayotgan ma’noni tushungan kishi baytni to‘la idrok eta oladi. Rivoyatga
ko‘ra, Yoqub payg‘ambarning o‘n bir o‘g‘li bo‘lib, kenja o‘g‘li husnda tengsiz Yusufni jonidan ortiq suyar,
bir dam bo‘lsa ham oldidan jildirgisi kelmas ekan. Otasining Yusufni o‘zlaridan ortiq ko‘rayotganiga hasad
qilgan o‘gay akalari uni o‘ynatib kelamiz deb dashtga olib chiqishadi va uni o‘ldirish maqsadida quduqqa
tashlab yuboradilar. Ukalarining yechib olingan ko‘ylagini qonga botirib, otalariga: “Yusufni bo‘ri yeb
ketdi”, — deb ko‘rsatadilar. Yoqub alayhissalom o‘g‘li qaytib kelguncha necha yillar davomida ayriliq
tufayli kecha-kunduz qon yig‘laydi. Demak, shoir: “Ey yor, o‘zingni yiroq qilib, meni ayriliqda
qiynamagin”, — degan fikrni ifodalash uchun Yoqub va Yusuf alayhissalom haqidagi rivoyatga ishora
qilmoqda. She’riyatda tarixiy voqea va shaxslar, adabiy qahramonlarga ishora qilish
Do'stlaringiz bilan baham: |