Muallif: Fazliddin O‘taganov


irsol -«keltirish»,  masal



Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/39
Sana11.07.2022
Hajmi0,81 Mb.
#777821
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
2 5474336298682549832

irsol
-«keltirish», 
masal
- «misol», «tam- sil», «maqol», «matal» ma’nolarini anglatadi. Eski 
o‘zbek tilida tamsil, maqol va matallar «masal» yoki «zarb ul- masal» deyilgan. 
Hozirgi tilshunosligimizda maqol, matal va hikmatli so‘zlar «barqaror birikmalar» deb yuritiladi. 
Irsoli masal san’ati o‘zbek yozma adabiyotining eng qadimgi namunalarida ham uchraydi. XI asr shoiri 
Yusuf Xos Hojibning «
Qutadg‘u bilig»,
XII asrda yashab, ijod qilgan Ahmad Yugnakiyning 
«Hibat ul-
haqoyiq»
asarlarida bu ifoda va tasvir vositasining yuksak namunalariga duch kelamiz. XVIII asrda yashab, 
ijod qilgan Gulxaniyning «
Zarbulmasal
» asari esa usluban boshdan oxir irsoli masal san’ati asosida 
bitilgan. Ya’ni uning har bir sahifasida ko‘p-ko‘p maqol, matal va hikmatli so‘zlar ishlatiladi. 
Irsoli masalda muallif o‘z fikr-mulohazasini tayyor maqol, matal, hikmatli so‘z orqali quvvatlab oladi, 
shu tariqa o‘quvchini ishontirishni kuchaytiradi, matnning ifoda ta’sirchanligini oshiradi. 
Mumtoz adabiyotimiz vakillari asarlarida irsoli masal san’atining eng yorqin namunalari mavjud. Qalam 
ahli, xususan, shoirlarimiz tilning shunday zo‘r imkoniyatidan yuksak mahorat bilan foydalanishga harakat 
qilishgan. 
Shu (maqol keltirish) jihatdan Mavlono Lutfiy ijodi o‘zigacha bo‘lgan davr shoirlari ichida alohida 
ajralib turadi. Chunki uning she’riyatida irsoli masal juda ko‘p uchraydi. Shunga ko‘ra, irsoli masal qo‘llash 
- shoir ijo- diyotining yetakchi uslubiy fazilatlaridan biri, deyish mumkin. 
Bu qalam sohibi (Lutfiy) merosida shunday g‘azallar ham borki, ular boshidan oxirigacha badiiy-uslubiy 
tarafdan tamoman ana shu irsoli masal san’ati asosiga quriladi. 
«
Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu
...» g‘azali xuddi shunday asarlar sirasiga kiradi. Undagi mavjud besh 
baytning bari aynan ana shu san’at ishtirokida yaratilgan. Bu qo‘shmisralarning hammasida maqol 2- satrda 
kelgan. Amalda ularning har biri dastlabki misrada ifodalangan fikrning tasdig‘i yanglig
ʹ
qog‘ozga tushgan. 
Shu tariqa shoir o‘z nuqtayi nazarini ikki karra mustahkamlagan- dek bo‘ladi. 

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish