Muallif: Fazliddin O‘taganov


Tamanno qilg‘ali la’lingni ko‘nglum



Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/39
Sana11.07.2022
Hajmi0,81 Mb.
#777821
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39
Bog'liq
2 5474336298682549832

Tamanno qilg‘ali la’lingni ko‘nglum, 
Kishi bilmas oni kim, qoldi qanda. 
(Atoyi) 
(Shirin so‘zing(labingni)ni ko‘nglim orzu qilmoqda 
Hech kim bilmaydiki, u qayerda qoldi) 
«
La’l
» tabiatda uchraydigan qimmatbaho qizil tosh ayni paytda, yor labidan chiqadigan 
iliq so‘zni
ham 
anglatadi. Yorning labi qon kabi qip-qizil bo‘lgani uchun ham la’lga o‘xshatiladi. U ko‘chma ma’noda 
so‘zni ham anglatadi. Modomiki, la’l qimmatbaho tosh ekan, u so‘zni anglatganida nihoyatda mo‘tabar va 
qadrli so‘z nazarda tutiladi. Demak, bu yerda o‘zi ishlatilmagani holda so‘zning inson ko‘ngli uchun
naqadar aziz va qadrli ekanligi ta’kidlanmoqda. Matnda lirik qahramon ayni mana shunday noyob va nodir 



qadr-qimmatga mushtoq kishi sifatida ko‘rsatilgan. La’l – oshiq uchun kutilgan so‘zning qayerga ketib 
qolganini hech kim bilmaydi. Ehtimolki, «so‘z»ning o‘zi qo‘llanganida bayt bunchalik ta’sirli va yoqimli 
bo‘lmagan bo‘lar edi.
Tilar el mansabi oliy va lekin
Atoyi sarvi ozodingg‘a (qaddingga demoqchi) banda. 
Ushbu baytdagi istora «sarvi ozod» birikmasi orqali aks etgan. U yor qaddini, qomatini nazarda tutadi. 
Mazkur ifoda yor qaddining go‘zalligini, o‘ziga yarashib turishini to‘la va ta’sirchan ifoda etishi bilan 
kitobxon uchun ham manzur va ma’qul bo‘laveradi.
Alisher Navoiyning quyidagi misralarida qo‘llangan istiora yanada go‘zal va ta’sirchandir:
Ul oy o‘tlug‘ yuzin ochsa, Navoiy, tegmasin de ko‘z,
Muhabbat tuxmidin o‘zga ul o‘t uzra sipand etmas.
Aslida, bu baytda bir necha istioralarning ketma-ket qo‘llanganini kuzatishimiz mumkin: «oy», «muhabbat 
tuxmi», «o‘t» so‘zlari shu vazifani bajarib kelgan. Oy – yuzi oyga o‘xshaydigan yor timsoli. Faqat 
o‘xshatish qo‘shimchalari bo‘lmagani uchun u dabdurustdan tushunilmasligi mumkin. Ammo «oy»ning 
osmon jismi emas, balki insonni, alohida shaxsni anglatib kelayotgani sezilib turibdi. Shuning uchun
adabiyotshunoslar istiorani 
qisqartirilgan o‘xshatish
deb ham
aytishadi. «Muhabbat tuxmi» «muhabbat» degan abstrakt(mavhum)ot bilan «tuxum» («urug‘ donasi») 
konkret (aniq) otining birikuvidan hosil bo‘lgan. U insondagi nozik va qadrli bir tuyg‘uni anglatib turibdi. 
Ammo shu holatida u «ishq» yoki «muhabbat» so‘zlariga qaraganda yoqimliroq va go‘zalroqdir.
«O‘t» bu yerda «olov» so‘zi bilan sinonim tarzda qo‘llanmoqda. Uning asosiy vazifasi ma’shuqa yuzidagi 
rangni ko‘rsatishdan iborat. Bu «olov rangi»dir. Yuzdagi qizillikning mana shu tarzdagi ifodasi 
go‘zallikning ham o‘ziga xos ifodasi sifatida ko‘zga tashlanadi.

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish