Muallif: Fazliddin O‘taganov


Nozuklik ichra belicha yo‘q tori gesuyi



Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/39
Sana11.07.2022
Hajmi0,81 Mb.
#777821
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39
Bog'liq
2 5474336298682549832

Nozuklik ichra belicha yo‘q tori gesuyi,
O‘z haddini bilib belidin o‘lturur quyi.
Shoir yorning sochi uzunligini madh etadi, ayni paytda noziklik borasida bel va soch bahsida u (soch) 
mag‘lub. Shuning uchun ham sochning o‘rni beldan pastda bo‘lishi kerak degan shoirona asos aytilmoqda. 
Vaholanki, uzun sochning tabiiy ravishda beldan pastda bo‘lishi hammaga yaxshi ma’lum.
Ibodat chog‘ida boshni yerga qo‘yish odatdagi hol. Ammo shoir uni tamomila boshqacha izohlaydi.
Qutlug‘ oyog‘ing yerga tegibdur, oning uchun,
El yerga qo‘yub bosh, qilur barcha ibodat.
Ko‘rinib turganiday, shoir elning yerga bosh qo‘yib ibodat qilishini yorning «qutlug‘ oyog‘i yerga tekkani» 
bilan asoslamoqda.
Yoki kishilarning qandni suvga solib eritishlari tabiiy holdir. Lutfiy esa uni shunday ta’riflaydi:
Labingdin chun suchuklik qand o‘g‘urlar,
Solurlar el ani suvg‘a yalang‘och.


11 
Choyga qand solish hodisasi aks etayotgan bu tasvir badiiy asosning go‘zalligi bilan e’tiborga molik. Adib 
nazarida qand shirinlikni labdan «o‘g‘irlab olgan». O‘g‘ri esa jazolanishi kerak. O‘g‘riga beriladigan jazo 
turlaridan biri uni suvga kiyimsiz yalang‘och holda kiritishdir. Bu tasvir, albatta, kishida zavq uyg‘otadi.
TAJNIS 
Tajnisni «jinos
» ham deyishadi. «Tajnis» ning ma’nosi «biror narsa bilan o‘xshash bo‘lmoq»dir. Jinos esa 
«hamjins» degan ma’noni bildiradi. Atama sifatida u talaffuz va shaklda bir-biriga yaqin bo‘lgan so‘zlarni 
turli ma’nolarda qo‘llashni anglatadi.
Bo‘yung sarv-u sanubartek, beling qil,
Vafo qilg‘on kishilarga vafo qil.
(Xorazmiy) 
Xorazmiyning «Muhabbatnoma»sidan olingan ushbu bayt misralaridagi oxirgi so‘zlar shaklan bir xil. 
Ammo ular har ikki misrada boshqa-boshqa ma’noni anglatmoqda. Dastlabki «qil» – «ingichka, nozik» 
ma’nosini bildirsa, keyingisida u «qilmoq» fe’lini anglatadi.

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish