Mavzu: “MS Access 2010 dasturida ma’lumotlar bazasini xosil qilish va jadvallarni o‘zaro bog‘lash” mavzusini o‘qitishda ilg‘or pedagogik texnologiyalari
Reja:
Kirish.
I BOB MS Access 2010 dasturida ishlash amaliyoti
1.1 MS Access 2010 dasturi bilan ishlash
1.2 MS Access 2010 da jadval yaratish
II BOB Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarida jadvallarni o’zaro bog’lashni o’qitish metodlari
2.1 MS Access dasturida jadvallarni o’zaro bog’lash usullari
2.2 MS Access dasturini o’qitish usullari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Bugun biz tarixiy bir davrda - xalqimiz o'z oldiga ezgu va ulug' maqsadlar, tinch-osoyishta hayot kechirayotgan, avvalambor o'z kuch va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo'lida ulkan natijalarni qo'lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz.
Biz o'z taqdirimizni o'z qo'limizga olib, azaliy qadriyatlarimizga suyanib, shu bilan birga, taraqqiy topgan davlatlar tajribasini hisobga olgan holda, mana shunday oliyjanob intilishlar bilan yashayotganimiz, xalqimiz asrlar davomida orziqib kutgan ozod, erkin va farovon hayotni barpo etayotganimiz, bu yo'lda erishayotgan yutuqlarimizni xalqaro hamjamiyat tan olgani - bunday imkoniyatlarning barchasi aynan mustaqillik berganini bugun hammamiz chuqur anglaymiz.
Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo'lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko'ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo'lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma'naviy tarbiya masalasi, hech shuhbasiz beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat'iyat va mas'uliyatimizni yo'qotsak, bu o'ta muhim ishni o'z holiga, o'zbo'larchilikka tashlab qo'yadigan bo'lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo'g'rilgan va ulardan oziqlangan ma'naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o'zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo'lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin.
Ma'naviyatni shakllantirishga bevosita ta'sir qiladigan yana bir muhim hayotiy omil - bu ta'lim-tarbiya tizimi bilan chambarchas bog'liqdir. Ma'lumki, ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo'lmish ilmu ma'rifat, ta'lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan. Albatta, ta'lim-tarbiya - ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya'ni, xalq ma'naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir, binobarin, ta'lim-tarbiya tizimini va shu asosda ongni o'zgartirmasdan turib, ma'naviyatni rivojlantirib bo'lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |