Ishdagi ilmiy yangiliklar va erishilgan natijalar. Zamonaviy axborot texnologiyalarini barcha sohalarga, jumladan ta'lim tizimiga tatbiq etish, iqtisodiy samara berishi bilan bir qatorda, o'quv jarayonida yangi o'qitish uslublarini, ma'lumotlarni tezkorlik bilan tahlil qilish va tahrirlash usullarini qo'llashga keng imkoniyatlar ochadi. Ta'lim tizimida axborot texnologiyalarini qo'llash, asosan, shaxsiy kompyuterlar va axborot texnologyailarining pedagogik, administrativlik dasturiy vositalari yaratilishi bilan bog'liq.
Ma'lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun ma'lumotlar bazasi (MB)ni yaratish, so‘ngra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo‘lib qolmoqda. Ta'lim, moliya, ishlab chiqarish, savdo-sotiq va korxonalar ishlarini ma'lumotlar bazasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Oxirgi vaqtda axborotli muhitda katta o‘zgarishlar bo‘lib bormoqda. Ana shu o‘zgarishlar qog‘ozsiz texnologiya zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Axborotlarni tartiblash, tuzilmalashtirish, tezkorlik bilan kerakli ma'lumotlarni qayta ishlash va foydalanuvchilarga yetkazib berish muammolarini hal etishda ma'lumotlar va bilimlar bazalari bilan ishlovchi dasturlarninig ahamiyati beqiyosdir.
Ishning amaliy ahamiyati. Axborotlarni saqlash, qayta ishlash va uzatish kabi vazifalarni bajarishda ma'lumotlar va bilimlar bazasi texnologiyalarining xizmati beqiyos ekaniga ishonch hosil qilinmoqda.
Respublikamizdagi viloyatlar, shaharlar, tumanlarga qarashli korxonalar, tashkilotlar va ta'lim muassasalar zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlanib, ular maxsus qurilmalar yordamida axborotlarni uzatish va qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Insonning iqtisodiy, ekologik, siyosiy va boshqa sohalarda fikrlash doirasining kengayishi axborotli muhitninig sifat va miqdor jihatdan o‘zgarishga, yangi xususiyatga ega bo‘lgan axborotli muhitning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda.
Boshqaruv jarayonidagi axborotlarni saqlash, saralash, uzatish, qabul qilish, qayta ishlash va foydalanish kabi amallarni o‘rganish va turli sohalarga tatbiq qilish mazkur fanning predmeti hisoblanadi. Har qanday axborot tizimining maqsadi real muhit obyektlari haqidagi ma'lumotlarga ishlov berishdan iborat. Keng ma'noda ma'lumotlar bazasi — bu qandaydir bir predmet sohasidagi real muhitning aniq obyektlari haqidagi ma'lumotlar to‘plamidir. Predmet sohasi deganda avtomatlashtirilgan boshqarishni tashkil qilish uchun o‘rganilayotgan real muhitning ma'lum bir qismi tushiniladi. Masalan, korxona, zavod, ilmiy tekshirish instituti, oliy o‘quv yurti va boshqalar. Ma'lumotlar bazasini yaratishda, foydalanuvchi axborotlarni turli belgilar bo‘yicha tartiblashga va ixtiyoriy belgilar birikmasi bilan tanlanmani tez olishga intiladi. Buni esa ma'lumotlarni tuzulmaviy tartiblashtirgan holda, ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlarini (MBBT) qo‘llabgina bajarish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |