Moylarning asosiy xossalari bo’yicha sifatini aniqlash



Download 21,38 Kb.
Sana05.07.2022
Hajmi21,38 Kb.
#741937

Moylarning asosiy xossalari bo’yicha sifatini aniqlash

Moylarni adsorbstiya usuli bilan tozalash adsorbentlarni smolali va oltingugurtli birikmalarni, to’yinmagan va polistiklik aromatik uglevodorodlarni, shuningdek organik kislotalarni, sulfat kislota qoldiqlarini va erituvchilarni tanlab (saylab) ajratish qobiliyatiga asoslangan. Tozalash natijasida moylarni rangi yaxshilanadi, uni barqarorligi, yopishqoqlik indeksi, kokslanishi yaxshilanadi. Moylarni tozalashda adsorbentlar sifatida tabiiy loylar, suniy alyumosilikatlar qo’llaniladi. Tabiiy loylarni tozalash jarayonida qo’llashdan oldin ular sulfat kislota yoki xlorid kislota bilan aktivlanadi va quritiladi. Moylarni va parafinlarni ishlab chiqish texnologiyasida adsorbentlar mahsulotlarni naften kislotalarni tuzidan, sulfat kislotalarni tuzlaridan, nordon gudronlardan, sulfat kislotalar, smolalar va tanlovchi erituvchilar qoldiqlaridan tozalashda keng qo’llaniladi. Sanoatda asosan quyidagi tozalash usullari qo’llaniladi: 1. Yaxshilab maydalangan adsorbent yordamida kontakt usulida tozalash. 2. Perkolyastiya yoki adsorbent donalari ustidan o’tkazib filtrlash.


Kontakt tozalashda moylar maydalangan oqartiruvchi tuproq bilan aralashtiriladi. Adsorbentni aktivligi uni maydalanganligi darajasiga bogliq bo’lganligi uchun uni yaxshilab maydalanadi. Moyni yopishqoqligini kamaytirish uchun, uni adsorbentni govaklariga so’rilishini yaxshilash uchun moyni qizdiriladi. Jarayonni harorati xom ashyoni sifatiga, adsorbentni tabiatiga (xossasiga), talab qilingan tozalash darajasiga bogliq. Yengil distillyat moylari 80-120o S da kontakt qilinadi, o’rta distillyat moylari 140-170o S da, ogir moylar 180-220o S. Jarayonni effektivligi moyni tuproq bilan kontakt vaqtining o’lchamiga bogliq. Kontakt vaqti 20-25 min. davom etadi. Jarayonning afzalligi - tozalash darajasini boshqarish mumkinligi. Bu esa tayyorlanayotgan moyni rangini o’zgarishi bilan aniqlanadi va jarayonni haroratini va adsorbentni moyga nisbatan olingan nisbati bilan boshqariladi. Moy to’xtovsiz tozalanadi., zararli aralashmalar birdaniga ajratib olinadi. Jarayonni kamchiliklariga: adsorbentni regenerastiya qilishni qiyinligi adsorbent bilan birgalikda 35-40% moyni yo’qotilishi, moyni yuqori haroratda sintetik alyumosilikatlar ta’sirida biroz krekingga uchrashi, adsorbentni qurilmada regenerirlanmasligi. Tozalanish uchun berilayotgan moy nasos N-1 orqali issiqlik almashuv apparatiga beriladi. (T-1) va undan chang tayyorlash blokiga BPga tushadi, u erda moyga kerakli miqdorda adsorbent qo’shiladi. Moyni tuproq bilan aralashmasi turbinali aralashtirgichli aralashtirgichga A-1ga tushadi. Aralashtirgichdan (A-1) dan aralashma nasos N-2 yordamida trubali isitgichga P-1ga beriladi va u erdan parlantiruvchi kolonna K-1ga tushadi. U erda moydan adsorbentdan suv parlatiladi, mahsulotni parchalanishidan xosil bo’lgan moddalar, erituvchilarni qoldiqlari va parchalangandan xosil bo’lgan gazlar xam parlatib chiqariladi. Xaydab olingan par K-1 kolonna tepa qismidan kondensator X-1ga beriladi va 105o S gacha sovutiladi. Buning natijasida faqat uglevodorodlar kondensirlanadi, kondensat va suv pari separatorga S-1ga tushadi, S-1ni tagidan xaydalgan moddani bir qismi nasos N-4 bilan kolonna K-1ni tepasidan orosheniya(sugorish) uchun beriladi, asosiy qismi esa kolonnadan chiqariladi. Suv parlari separator S-1ni tepa qismidan kondensator X-2 da sovutilib suyultirilib konalizastiya tashlab yuboriladi. K-1 kolonnani tagidan adsorbentni moyli suspenziyasi nasos N-3 bilan bir qismi K-1 kolonnaga qaytarib beriladi, chunki loy moydan ajralib tushib qolishi mumkin. Suspenziyani boshqa qismi teploobmennik T-1 va pnevmatik aralashtirgich orqali nasos N-5 yordamida diskali filtr F-1 ga beriladi. Bu erda moyni loydan ajralishi yuz beradi. Moyni sovutgich X-3 orqali pnevmatik smesitel A-3 tushadi, u erdan nasos N-6 yordamida ramali filtrda F-2 da moy loydan tamoman tozalanadi. Filtr F-2 dan moy rezervuar E-1 ga tushadi, u erdan nasos N-7 yordamida ustanovkadan olinadi. Loylar vaqti-vaqti bilan filtrlardan olinib regenerastiya qilinadi yoki tashlab yuboriladi. Filtr ichi bo’sh vertikal stilindr apparat bo’lib, adsorbent bilan to’ldiriladi. Moyni birinchi porstiyasi juda chuqur tozalanadi. Adsorbent moydan ajratib olinadigan moddalar bilan to’yingan sari, tozalanish darajasi pasaya boradi. Xamma filtrat bitta idishga yigilib aralashtiriladi. Shuning uchun filtratni sifati o’rtacha bo’ladi. Filtrlash tugagandan so’ng adsorbent filtrdan moy qoldiqlarini ajratib olish uchun erituvchi – og’ir benzin bilan yuviladi. Keyin filtrdan eruvchini chiqarib tashlash uchun suv pari bilan ta’sir etadi. Yuvilgan va parlangan adsorbent filtrdan tushirib olinadi va yangisi bilan almashtiriladi. Perkolyastiya usulining asosiy kamchiligi – xarakatsiz adsorbentni qurilmasini kattaligi va ko’p mexnat talab qilishidir. Asosiy afzalligi - tozalash yumshoq sharoitda 20-100o S da olib boriladi va moy uglevodorodlari parchalanmaydi. Bu usul moylarni qayta tozalash uchun qo’llaniladi. Xarakatda bo’lgan adsorbent bilan selektiv tozalangan distillyat va qoldiq moylarining adsorbstiya usulida tozalangandan keyin olingan natijalar jadvalda keltirilgan. To’xtovsiz adsorbstiya jarayoni bilan moylarni tozalashdan moylarga erituvchilar aralashtiriladi va sintetik alyumosilikat adsorbent sifati qullaniladi. Adsorbentni o’lchamlari: 0,25-0,8 mm. Erituvchi benzin frakstiyasida (80-120o S), 3-5% aromatik uglevodorod bo’ladi. Jarayon adsorbent va moyni qarama-qarshi xarakatida amalga oshiriladi. Erituvchi adsorbstiya bosqichida desorben Xom ashyo va erituvchi adsorberni A-2 pastki kirish qismida aralashadi. Bunda eritma pastdan yuqoriga qarab, yuqori qismidan esa stirkulyastiya qilayotgan adsorbent beriladi va xom ashyoni eritmasiga qarshi xarakat qilib pastga cho’kadi. Adsorbent moydan smola va polistikliklik aromatik uglevodorodlarni yutib oladi. Tozalangan moyni eritmasi (rafinat - 1 eritmasi) adsorber A-2 tepasidan olinib erituvchini regenerastiyalash uchun yuboriladi. Regenerastiya K-1 va K-2 kolonnalarida ikki bosqichda olib boriladi. Ajratib olingan moddalar bilan to’yingan erituvchidagi adsorbent suspenziyasi (aralashmasi) adsorber A-2 dan pastdan ko’tarilayotgan oqim bilan desorber A-3 ga tushadi va u erda yuviladi. Erituvchi desorberni A-3 ni pastki qismiga beriladi. Issiq erituvchi adsorbentni yuzasidagi aromatlashgan rafinat - 2 ni siqib chiqariladi. Rafinat - 2 eritmasi desorber A-3 ni yuqori qismidan chiqib issiqlik almashuv apparatlari T-4ga keyin K-3 va K-4 kolonnalarga beriladi va u erda uch bosqichda erituvchidan xaydab olinadi. Smola bilan to’yingan adsorbent suspenziyasi desorber A-3 ni pastki qismidan A-4 ga o’tadi, u erda adsorbentdan suv pari yordamida erituvchi ajratib olinadi. Quritilgan adsorbent pnevmotransport yordamida separator S-1 ga beriladi va u erdan pogonali qarama-qarshi oqimli R-1 regeneratorga beriladi. Regeneratorda smola (yondiriladi) adsorbentni yuzasidan yondirib yuboriladi. Havo adsorbentga qarama-qarshi yuboriladi va tutunli gazlar regenerator R-1 ni tepa qismidan chiqib kotel - utilizatorga beriladi. Regenerirlangan adsorbent regeneratorni (R-1) pastki qismidan sovutgich A1ga beriladi. U erda qaynab turgan qavatda suv bilan issiqlik zmeevik orqali chiqariladi va regenerastiyaga berilayotgan (A-1 orqali) havo isitiladi. Sovutgich A-1ni pastki qismidan adsorbent pnevmotransport yordamida separator S-2 ga beriladi va u erdan adsorber Moylarni sulfat kislota yordamida tozalanganda moy frakstiyasidan smolasimon asfalten moddalar, to’yinmagan uglevodorodlar, naften kislotalari qisman azotli va oltingugurtli birikmalar, polistiklik aromatik uglevodorodlar ajratib olinadi. Sulfat kislotasi bilan qayta ishlangan moy frakstiyasi ikki qavatga ajraladi. Pastki qavatda - nordon gudron - o’z tarkibida reakstiya mahsulotlari, kislotani ortiqchasini, birikmalarni (kislotada erigan) va mexanik ravishda pastki qavatga tushib qolgan moylarni ushlab turadi. Yuqori qavatda - nordon moy - uni tarkibida moy uglevodorodlarlari va juda oz miqdorda moyda erigan kislota qoldigi va reakstiya mahsulotlari bo’ladi. Sulfat kislota bilan tozalash jarayonining parametrlari xom ashyoni kimyoviy tarkibiga,yopishqoqligiga, tozalangan mahsulotni talab darajasiga bogliq bo’lib xar bir vaziyatda tajriba yo’li bilan aniqlanadi. Moyni tozalash natijalari jarayonni haroratiga, kontakt vaqtining davomiyligiga, sulfat kislotani konstentrastiyasiga va miqdoriga, kislotani quyish tartibiga bogliqdir. Lekin, yopishqoq moylarni past haroratda tozalash qiyin, chunki moy kislota bilan yomon aralashadi va gudronni cho’kishi qiyinlashadi.
Download 21,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish