5 – rasm. Quyidagi rasmda reaktor-turbulizatorning tuzilishi ko‘rsatilgan
1 - yog‘ berish patrubkasi, 2 - reagent (suv, ishqor) berish patrubkasi, 3 – soplo, 4 - qabul qiluvchi kamera, 5 - aralashtirish kamera, 6- nasadka, 7-aralashma chiqish patrubkasidan iborat
Yog‘ - fosfatid emulsiyalarini fazalarga ajratish uchun separatorlar yoki tarelkali tindirgichlar qo‘laniladi.
6-rasm. Gidratlash jarayonida hosil bo‘lgan fazalarni tarelkali tindirgichda ajratish texnologik sxemasi.
Rafinatsiya qilinmagan moy (1) avtomatik tarozida tortilib, (2) bakga kelib tushadi va (3) filtrlar, (4) nasos, (5) issiqlik almashgichda 45-50 0С gacha isitilib, (6) rotametr orqali (8) aralashtirgichga beriladi. Suv (7) sath stabilizatori, (6) rotametr orqali (8) aralashtirgichga keladi.
Moy va fosfatid emulsiyasi aralashmasi (9) ekspozitorda 30 min davomida ushlab turiladi, so‘ngra bu yerda 13 ayl/min tezlikda aralashtiriladi, koagulyasiya jarayoni ketadi va fosfatidlar parchasi kattalashib boradi, keyin esa moy va fosfatid emulsiyasi (10) tarelkali tindirgich-ajratgichda ajratiladi. Fosfatid fraksiyasi (11) bakga yig‘iladi gidrotatsiyalangan moy esa boshqa (13) bakga kelib tushadi. U yerdan (14) nasos yordamida rafinatsiyaning keyingi bosqichlariga yuboriladi. Fosfatid emulsiyasi (12) nasos yordamida fosfatid konsentratini quritishga yuboriladi.
Gidrotatsiyalangan moyni quritish. Nam gidratlangan moyini qisqa vaqt mobaynida ham saqlash mumkin emas, chunki namlik ta’sirida oksidlanish jarayoni kechadi. Natijada moyning kislota soni oshib ketadi. Shuning uchun gidratlangan moy kolonna to’ridagi uzluksiz ishlovchi vakuum quritish uskunasida quritiladi.
Vakuum-quritish apparati. Harorati 85-900C bo‘lgan moy (3) quvur orqali apparatga va 3 ta (4) forsunkalar yordamida sochib beriladi. Tomchi qaytargich (5) tomchini vakuum sistemasiga o‘tib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Apparat (2) ning quyi qismiga tarelkalardan iborat (7) kontakt yuza o‘rnatilgan bo‘lib, u qo‘shimcha ravishda moydan namlikni bug‘lanishiga xizmat qiladi.
Quritish jarayonida qoldiq bosim 2,66 MPa (20 mm sim.ust.) dan ortiq emas. Apparatda vakuum uch bosqichli bug‘ ejektori yoki suvli vakuum-nasos yordamida (6) patrubka orqali hosil qilinadi.
Quritilgan moy nasos yordamida (1) shtutser orqali apparatni pastki qismidan so‘rib olinadi. Agar apparatdagi moy sathi me’yordagidan past bo‘lsa, sath rostlagich (8) qalqovuchi bo‘shaladi va tirgakli moslamani ochadi, shunda chiqish trubasidagi moy apparatga qaytariladi. Shunday qilib uskunada moyni bir xil sathi saqlab turiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |