Moylarni gidratlash.
Reja:
O’simlik fosfatidlari, ularning moyli urug’lardagi va moylardagi miqdori.
Tarkibi va asosiy xossalari.
Gidratlovchi agentlar va ularning xarakteristikasi.
Gidratlash jarayonining texnologik parametrlari.
Texnologik sxemalar va ishlatiladigan qurilmalar
Gidratlash jarayoni moylardan fosfatidlarni ajratib olish maqsadida olib boriladi. Gritseridlar tarkibidagi hamroh moddalardan eng qimmatli tarqalgani fosfolipidlar guruhi hisoblanadi. Ular moyli urug‘larda yog‘siz fazada erkin yoki oqsil va uglevodlar bilan bog‘langan holatda bo‘ladi.
Rafinatsiya qilinmagan yog‘ni olish usuli va rejimiga bog‘liq holda moyli homashyodan fosfatidlarni 20% dan 90% gacha ajratib olinadi. Quyidagi jadvalda moyli urug‘ va yog‘lar tarkibidagi fosfatidlar miqdori ko‘rsatilgan.
1-jadval
Moy
|
Fosfatidlar miqdori, % da stearooletsitin
|
urug‘larda
|
moylarda
|
Soya
|
1,0 – 2,5
|
|
forpress
|
-
|
1,00 – 1,50
|
ekstraksion
|
-
|
|
forpress kunjarasida
|
-
|
1,5 – 3,0
|
hom yanchilmada
|
-
|
2,0 – 4,5
|
Kungaboqar
|
0,3 – 0,5
|
|
forpress
|
-
|
0,30 – 0,70
|
ekstraksion
|
-
|
0,90 – 1,20
|
Paxta
|
0,8 – 1,0
|
|
forpress
|
-
|
1,06 – 1,63
|
ekstraksion
|
-
|
1,43 – 2,84
|
Fosfolipidlarga glitserofosfatidlar, izonitfosfatidlar, sfingomielinlar kiradi. O‘simlik moylarida glitserofosfatidlar bo‘lib, ular quyidagi formulaga ega:
CH2 OCOR1
|
CHOCOR2
| O-
CH2 O–P=O
OX+
bu yerda: R1 va R2 – to‘yingan va to‘yinmagan yog‘ kislotalarining uglevodorod qoldiqlari.
X* - vodorod, azotli asoslar (etanolamin, metiletanolamin, dimetil etanolamin, xolin) aminokislotalar.
Quyida o‘simlik yog‘lari tarkibidagi asosiy glitserofosfatid guruhlari ko‘rsatilgan.
X+ (strukturadagi komponent) Fosfolipidlar
H Fosfatid kislotalar
-CH2CH(NH2)-COOH – serin Fosfatidilserinlar
-CH2CH2NH2–etanolamin Fosfatidil etanolaminlar
(kefalinlar)
-CH2CH3NH(CH3) - metil etanolamin Fosfatidil-N-metil etanolaminlar
-CH2CH2NOH(CH3)3 – xolin Fosfatidilxolinlar (letsitinlar)
-CH2-CHOH-CH2OH – glitserin Fosfatidilglitserinlar
Fosfatidilinozitollar
CHOH
CHOH - Inozitol
HOHC CHOH
CHOH
Gidrotatsiya jarayoni mohiyati. Fosfatidlar molekulasi difil harakterga ega: gidrofob qismi - yog‘ kislotalarining radikallari, gidrofil qismi - aktiv gruppa (efir, gidroksil, karboksil va b.q.).
Moyda fosfatidlar miqdori kam bo‘lganliliga qaramay, o‘zining aktivligi hisobiga yog‘ning sifatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Saqlash vaqtida cho‘kma hosil qilib moyni xiralashtiradi, ular emulsiyani barqarorlashtiradi va natijada fazalar ajralishi qiyinlashadi, oqlash vaqtida fosfatidlar sorbent yuzasida adsorbsiyalanadi, bu esa uning sarfini ko‘paytiradi.
Gidrogenizatsiya jarayonida fosfatidlar katalizator aktivligini pasaytiradi. Bu esa fosfatidlarni rafinatsiya qilinmagan yog‘dan ajratib olishi zarurligini ko‘rsatadi.
Gidrotatsiya jarayonining asosi shuki, fosfatidlar suv bilan ta’sir qilib, koagulyasiyalanadi va cho‘kmaga tushadi. Masalan: fosfatidilxolina (letsitina).
CH2OCOR1 CH2OCOR1
CHOCOR2 + HOH CHOCOR2
O OH OH
CH2OP = O CH2OP = O
OCH2CH2N(CH3)3 OCH2CH2N(CH3)3
Yog‘da eriydi Yog‘da erimaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |