1.
(24-16 g/t Maqsudov A.S.)
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAHSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
«Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi» kafedrasi
“MOYLAR VA MAXSUS
SUYUQLIKLAR TEXNOLOGIYASI”
fanidan kurs ishi
Mavzu:
Kerasin fraksiyasini gidrotozalash jarayoni texnologiyasi
BAJARDI:
24-16 guruhi talabasi
Maqsudov Abdulaziz
Rahbar: ass. Shapatov F.U.
Toshkent – 2020 y.
2.
(24-16 g/t Maqsudov A.S.)
MUNDARIJA:
1. KIRISH
2. TEXNIK QISM (adabiy sharh): bosh harf bilan, qalin harflar bilan, chiziq
o'rtasiga tekislash
3. TEXNOLOGIK QISM
4. HISOBLASH QISMI (moddiy balans)
5. XULOSA
6. ADABIYOTLAR RO’YXATI
3.
(24-16 g/t Maqsudov A.S.)
KIRISH
4.
(24-16 g/t Maqsudov A.S.)
KIRISH
Neftni qayta ishlash sanoati sohasida Oltiariq, Farg’ona va Buxoro neftni
qaytaishlash zavodlari ishlab turibdi. Farg’ona zavodi surkov moylari va yonilgi
ishlabchiqarishga ixtisoslashgan, ishlab chiqarish boyicha 30 dan ortiq
texnologik
qurilmaga ega. Oltiariq neft zavodi esa yonilgi yunalishida, uning asosiy
texnologik uskunalari 7 ta. Buxoro neft zavodi yaqinda, ya’ni 1997 yil 22 avgust
kuni ishga tushirildi. Neft zavodi tola quvatda ishlaganda ulardan yuqori oktanli
benzin, dizel yoqilg’isi, koks, parafin, motor moylariga qushilmalar, ichki yonuv
dvigatellari uchun motor va surkov moylari (kompressor, turbina, urchuq
moylari), kerosin, bitum, mazut kabi neft mahsulotlar olindi.
Gaz sanoati – yoqilg’i –energetika majmuasining eng rivojlangan tarmogi.
Uning respublikada qazib olinayotgan yoqilg’i balansidagi hissasi 82,2 %
ni tashkil etadi. 1972- yilda Muborak gazni qayta ishlash zavodining birinchi
navbatda ishga tushirilib, gazni magistral gazoprovodlarga uzatishdan oldin
aralashmalardan tozalash imkoniyatilari yaratildi. Yaqinda Shortanda gaz-kimyo
zavodi birinchi mahsulotlarini bera boshladi. Fargona neftni, Muborak gazni
qayta ishlash zavodlari va Shortan gaz kompleksida, yiliga 100 ming tonnaga
yaqin suyultirilgan gaz ishlab chiqariladi.
O`zbekiston Respublikasi mustaqil
rivojlanish yo`li bilan dadil ketayapti. Bugun mamlakatimizda makroiqtisodiy
va moliyaviy barqarorlikka erishildi, tarkibiy o`zgarishlar dasturi amalga
oshirilmoqda, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish bilan birga tubdan qayta
qurilmoqda, yangi sohalar yuzaga keltirilayapti. Iqtisodiyotni keyingi barqaror
va dinamik o`sishi uchun kerakli poydevor va sharoitlar yaratilmoqda.
Prezidentimiz tashabbusi bilan iqtisodiyotni erkinlashtirish, uning barcha
sohalarini, jumladan, neft-gaz tarmog’ini yanada rivojlantirishga xizmat
qiladigan qulay sarmoyaviy muhit yaratishga alohida e`tibor qaratilmoqda.
Sohada yangi inshootlarni barpo etish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish,
5.
(24-16 g/t Maqsudov A.S.)
ichki bozorda mahalliy mahsulotlar ulushini ko`paytirish, mahalliylashtirishni
kengaytirish, korxonalarni rivojlanishi uchun qulay sharoit, imkoniyat va
imtiyozlar yaratilmoqda. Bu o`lkaga tabiat mo`l-ko`l in`omlar berilgan.
Amudaryo va Sirdaryo oralig’iga joylashgan O`zbekiston o`z tabiiy – iqlimiy
sharoitlari bo`yicha Markaziy Osiyoning eng qulay regionlaridan biridir.
O`zbekiston o`ta boy mineral- xom ashyo resurslariga, ham ega. Uning sahnida
Mendeleev jadvalidagi hamma kimyoviy elementlar mavjud. Hozirgi vaqtda
dunyoda neft’, tabiiy gaz, ko`mir va uran asosiy energiya manbalari hisoblanadi.
Tinimsiz qazib olish hisobiga esa ularning zaxirasi yildanyil kamayib bormoqda.
Olim va mutaxassislar shu tarzda ishlatilgan taqdirda, dunyodagi neft’ zaxiralari
45-50 yilga, tabiiy gaz zaxiralari 70-75 yilga, tosh ko`mir zaxiralari 165-170
yilga, qo`ng’ir ko`mir zaxiralari 450-500 yilga etishini ta`kidlashmoqda. Shunisi
aniqki, bu konlar tugagach, ularni qayta tiklab bo`lmaydi. O`zbekiston qimmatli
mineral-xom ashyo resurslariga juda boy bo`lib, uning sarhadlarida Mendeleev
davriy jadvalidagi barcha kimyoviy elementlar mavjud. Vatanimiz hozirgi
kunda oltin zahiralari bo`yicha jahonda 4 o`rinni, uni qazib olish bo`yicha –
ettinchi, paxta tolasi ishlab chiqarish bo`yicha – birinchi, eksporti bo`yicha –
ikkinchi o`rinlarni, uran zaxirasi bo`yicha ettinchi va mis zahirasi bo`yicha
o`ninchi o`rinlarni egallaydi. O`zbekiston rangli va nodir – er metallari, neft,
gaz, qurilish materiallari, fosforitlar, turli tuzlar, kvarts va boshqa foydali
qazilmalarni katta zahiralariga ega bo`lib, hozirda ularni qayta ishlashda ko`plab
ishlar amalga oshirilmoqda. Neft va gaz sanoati mamlakatimiz iqtisodiyotining
etakchi tarmoqlaridandir. O`zbekiston dunyo mamlakatlari orasida tabiiy gaz
qazib olish bo`yicha etakchi o`rinlardan birida turadi. Keyingi yillarda
O`zbekiston neft va gaz sanoatida tub o`zgarishlar amalga oshirildi.
Mamlakatimiz gaz, polietilen va qayta ishlangan neft mahsulotlarining yirik
eksportchisiga aylandi. Neft-gaz sanoati sohasida 2013 yilning o`zida 2,8
milliard AQSH dollaridan ziyod investitsiya o`zlashtirildi. Bu rejalashtirilgan
ko`rsatkichlardan 11 foizga ko`pdir. Jahon miqyosidagi loyihalar ishlab chiqilib,
6.
(24-16 g/t Maqsudov A.S.)
hayotga muvaffaqiyatli tatbiq etilmoqda. Masalan, jahon neft-gaz sohasidagi eng
yirik loyihalardan biri Surg’il koni negizida bunyod etilayotgan Ustyurt gaz-
kimyo majmuasidir. Janubiy koreyalik hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan
ushbu loyihaning umumiy qiymati 3,9 milliard AQSH dollarini tashkil etadi.
Uning amalga oshirilishi yiliga 4,5 milliard kub metr tabiiy gazni qayta ishlash
hisobidan 3,7 milliard kub metr gaz, 387 ming tonna polietilen, 83 ming tonna
polipropilen, 102 ming tonna piroliz benzini va boshqa mahsulotlar ishlab
chiqarish imkonini beradi.
O’zbekiston Mustaqillikka erishgach, mamlakatning neft va gaz
mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini uz resurslari hisobga qondirish dolzarb masala
bo’lib qoldi. O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, neft-gaz sanoati sohasida
ham qator o’zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2017 yil 30 iyundagi «Neft-gaz sohasining boshqaruv tizimini
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» gi qarori bilan “O’zbekneftgaz”
aktsiyadorlik jamiyati faoliyati takomillashtirildi. Keyingi ikki yilda sohada
amalga oshirilgan islohotlar natijasida gaz qazib chiqarish hajmi 10 foizga ortdi,
aholiga tabiiy gaz 15 foiz va suyultirilgan gaz 1,6 barobar koʻp yetkazib berildi.
Shu davrda neftni qayta ishlash zavodlarida qoʻshimcha 204 ming tonna neft
mahsulotlari ishlab chiqarilib, ichki bozorda benzin, dizel yoqilgʻisiga boʻlgan
talab qondirib kelinmoqda. Shoʻrtan va Ustyurt gaz-kimyo majmualarida joriy
yilning oʻzida gazga nisbatan qoʻshilgan qiymati 4 barobar koʻp boʻlgan qariyb
700 million dollarlik polietilen va polipropilen ishlab chiqariladi. Neft-gaz
sohasini yanada rivojlantirish maqsadida 2030-yilgacha geologiya-qidiruv
ishlari olib borish, uglevodorodlarni qazib chiqarish va chuqur qayta ishlash
boʻyicha umumiy qiymati 36,5 milliard dollarlik 30 ta investitsiya loyihasini
amalga oshirish belgilangan. Uglevodorodlar zaxirasini koʻpaytirish boʻyicha
aniq choralar koʻrilmasa, yaqin 10-15 yilda mavjud zaxira 2 barobarga
kamayadi.
7.
(24-16 g/t Maqsudov A.S.)
Shu bois, yigʻilishda “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati rahbariyatiga
geologiya-qidiruv ishlari va qazib olish hajmini oshirish, konlarni
modernizatsiya qilish va yangilarini ochish, neft-gaz xomashyosini chuqur qayta
ishlash, investitsiyalarni koʻpaytirish boʻyicha topshiriqlar berildi. Jahon
tajribasi asosida bu ishlarga investorlarni kengroq jalb etish, davlat va
investorlar manfaatini himoya qilishni taʼminlaydigan yangi mexanizmlar ishlab
chiqish vazifasi qoʻyildi. Shuningdek, 2017-2021 yillarda uglevodorod
xomashyosini qazib olish dasturining ikkinchi bosqichini amalga oshirish va uni
moliyalashtirish boʻyicha joriy yil yakuniga qadar takliflar kiritish topshirildi.
Magistral gaz quvurlari va gaz taqsimot tizimining asosiy qismi taʼmirtalab
holga kelgan. Kelajakda isteʼmolchilarni kafolatlangan tabiiy gaz bilan
taʼminlash maqsadida magistral gaz transport tizimini modernizatsiya qilish
hamda gaz oqimini boshqarish (SCADA) tizimini joriy etish boʻyicha 1,6
milliard dollarlik loyiha amalga oshiriladi.
Uglevodorod xomashyosini qazib olishni ko’paytirishning 2021 yilgacha
bo’lgan dasturi va uni amalga oshirish mexanizmlari tasdiqlandi.
Mamlakatimizda yer osti boyliklari ko’p. Ularni o’zlashtirish va qayta
ishlash bo’yicha yangi tizim yaratildi.
Geologiya-qidiruv ishlari davlat dasturiga muvofiq, yangi konlar ochish
orqali 2020 yilda tabiiy gaz zaxirasini 57 milliard kub metrga, neft va kondensat
zaxirasini 3,6 million tonnaga ko’paytirish rejalashtirilgan. Joriy yilda 63
milliard kub metr tabiiy gaz, 3 million tonna neft va kondensat qazib olishni
ta’minlash uchun 255 ta yangi quduq va 26 ta yangi texnologik ob’ektni qurish
ishlarini yakunlandi.
“O’zbekneftgaz” AJ tomonidan 2 milliard 756 million dollarlik 24 ta
investitsiya loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu mablag’lar Jizzax
neftni qayta ishlash zavodini bunyod etish va zamonaviy texnologiyalar bilan
ta’minlash, Qandim gazni qayta ishlash kompleksining 2-navbati va Qandim
konlar guruhini jihozlash, Sho’rtan gaz-kimyo majmuasida sintetik suyuq
8.
(24-16 g/t Maqsudov A.S.)
yoqilg’i ishlab chiqarish, Surxondaryodagi “Mustaqillikning 25 yilligi” konida
qidiruv ishlarini olib borish va texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish kabi
loyihalarga yo’naltiriladi. Mazkur 24 yirik loyihaning 9 tasi bu yil amalga
oshirildi.
Sohaning logistika yo’nalishlarini diversifikatsiya qilish, xomashyo importi
va mahsulot eksporti narxlarining arzonroq bo’lishini kafolatlaydigan transport
yo’laklari va tariflarini aniqlash, energiya iste’molini tejash va muqobil energiya
manbalaridan foydalanishni kengaytirish masalalariga e’tibor qaratilmoqda.
Xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda yuqori va o’rta bosimli gaz
taqsimot tizimini rivojlantirish, shuningdek, iste’molchilarning energiya
resurslaridan samarali foydalanish madaniyatini oshirish yuzasidan kupgina
tadbirlar amalga oshirilmoqda. Neft-gaz sohasini 2030 yilgacha rivojlantirish
kontseptsiyasini ishlab chiqildi, “O’zbekneftgaz” aktsiyadorlik jamiyatining
kredit reytingini aniqlash ishlarini jadallashtirish bo’yicha ham vazifalar amalga
oshirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |