396
amniyatiy, iqtisodiy vaziyatlar doyim ta‘limning rivojlanishiga to‘siqlik qilib kelmoqda. Misol o‘laroq bir xil fanning o‘zbekiton va Afghonistonda ikki xil saviyada o‘tilishini quyidagi satrlarda ko‘ramiz:
ToshDO’TAU, O’zbek tili va adabiyotini o’qitish fakulteti, Lingvodidaktika kafedrasi, O’zbek tili va adabiyoti yo‘nalishida o‘qiydigan talabalarga o‘tiladigan “Hozirgi o’zbek adabiy tili” fanining ishchi o‘quv dasturida o‘quv soatlari quyidagicha bilgilangan:
Umumiy o’quv soati - 210 soat. Shu jumladan: ma’ruza -28 soat (3-semestr - l4 soat, 4-semestr- l4 soat), amaliy mashg‘ulotlar - 50 soat (3-semestr - 25 soat, 4-semestr - 25 soat), Seminar - 12 soat (3-semestr -6 soat, 4-semestr - 6 soat), Mustaqil ta’lim soati - 120 soat (3- semestr - 60 soat, 4-semestr - 60 soat).
O‘zbekiston universitetlarida o‘zbek tili va adabiyotiga oid fanlarning umumiy o‘quv turlarini: ma‘ruza, amaliy mashgu‘lot, seminar va mustaqil ta‘limga bo‘lib, DTSning talablariga mos va tartibli ravishda dars o‘tadilar. Biroq, Afghoniston universitetlarida barcha fanlar faqat ma‘ruza qolibida o‘tiladi. Mustaqil ta‘lim, amaliy mashgu‘lot va seminar uchun soat ajratilmagan, bu ta‘lim sohasida bir nuqson hisoblanib, talabalarni mustaqil fikrlash va onglarini ijodiy faoliyatdan qoldiradi.
So‘z yasash
Grammatika ikki turga bo‘linadi: Morfolagiya va sintaksis. Morfologiya so‘zlarning tuzilishini tekshiradi, ularning turkumlarga ajralishi va bundagi qonuniyatlar haqida so‘z yuritiladi. Dimak morfoligiya so‘z shakli haqidagi ta‘limot dir.
O‘zbek tilida so‘z ikki usul bilan yasaladi: 1. Morfologik usul; 2. Sintaktik usul.
Uzakka so‘z yasovchi qo‘shimcha qo‘shish orqali so‘z yasash, Morfologik usul hisoblanadi. Bu uchga bo‘linadi:
Ot yasovchi qo‘shimchalar; masalan: chi, lik, qin, yin, gich, yim...
Sifat yasovchi qo‘shimchalar; masalan: li, ma, yiq, qoq, siz...
Fe‘l yasovchi qo‘shimchalar. Masalan: la, lan, lash, yalla, yara...
So‘z turkumlari
So‘zlarni turkumlarga ajratishda birinchidan ularning ma‘no xususiyatlariga, ikkinchidan ularning morfologik xususiyatlariga i‘tibor qaratiladi va uchinchidan esa, ularning sintaktik xususiyatlari nazarda tutiladi.
Hozirgi o‘zbek tilidagi so‘z turkumlari uchga bo‘linadi: 1. Mustaqil so‘zlar;
Yordamchi so‘zlar; 3. Undov, taqlid va modal so‘zlar.
Ot So‘z turkumi
Otning ma’noviy xususiyati. Shaxs/prеdmеt/hodisa/joy nomini bildiradigan so'z ot dеyiladi: odam, o'quvchi, ishchi so'zi shaxsni, maysa, kitob, ildiz, bulut so'zi prеdmеtni, yolgon, bahs, kеngash, avariya, invеrsiya, gurung, istilo, raqobat, qo'zg'olon, surgun, bayram, urush, janjal, to'fon sozi hodisani, qishloq, shahar, ovul, maktab sozi joyni bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |