306
ФИО автора: Джураева Якутхон
Учитель начальных классов школы№ 7 Балыкчинского района Андижанской области, Республика Узбекистан
Название публикации: «ДАВАЙТЕ ВОСПИТЫВАТЬ НАШИХ УЧЕНИКОВ КАК ЗРЕЛЫХ ЛЮДЕЙ»
O’quvchilarimizni yetuk kadr sifatida tarbiyalaylik
Jo‘rayeva Yoqutxon
O‘zbekiston Respublikasi , Andijon viloyati Baliqchi tumani 7- maktabning
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Аннотация: Уважаемый читатель - в этой статье вы можете узнать об инициативах Главы нашего государства по реформированию системы образования , а также о новых методических рекомендациях и навыках использования этих методов на уроках.
Ключевые слова: инновационная технология , импровизация , текст Дзен, орфографическая грамотность, пошаговый метод.
Annotatsiya : Hurmatli mutolachi - siz ushbu maqolada ta’lim tizimini isloh qilish bo’yicha yurtboshimizning tashabbuslari , qolaversa yangicha metodik tafsiyalar va bu usullardan darslarda foydalanish ko’nikmalarini olishingiz mumkin.
Kalit so’zlar : Innovatsion texnologiya , improvizatsiya , Zehn matni , imloviy savodhonlik, qadam-baqadam usuli.
Yurtimizda xalq ta’limi sohasidagi islohotlar jadal kechayotgan ayni damda , birinchi navbatda xalq ta’limi tizimini tubdan isloh qilish , ta’lim sifatini yaxshilash , jamiyatimizda o’qituvchining obro e’tiborini oshirish maqsadida 2030-yilgacha O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalgam oshirish bo’yicha yo’l xaritasi qabul qilindi.
307
Konsepsiyaning asosiy vazifalari orasida o’qitish metodikasini takomillashtirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etishga alohida urg’u beriladi.
Darslarda zamonaviy innovatsion texnologiyalarni qo’llash :
egallanayotgan bilimlarni o’quvchilarning orzlari qidirib topishga erishish;
_ mustaqil o’rganib , ularni tahlil qilish;
_ o’z bilimlarini baholash;
to’g’ri xulosalar qilishni o’rgatishga qaratiladi.
O’qituvchi bu jarayonda jamoaning shakllanishi , bilim olishi va tarbiyalanishiga , o’zaro hamkorlikda ishlashiga sharoit yaratadi.
Ilg’or pedagogic texnologiyalar va ta’limiy o’yinlar orqali dars o’tish o’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishini , ijodiy faoliyatuini yuszaga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Men do’stimga ishonaman usuli ham uyga berilgan vazifani tekshirishda o’qituvchiga qulaylik yaratib, o’quvchilarning o’ziga bo’lgan ishonchini , mas’uliyatini yanada oshirishga yordam beradi. Bu metodni nafaqat boshlang’ich singlarda balki, yuqoru sinflarda qo’llash ham mumkin. Mazkur innovatsion usulni qo’llash uchun o’quvchilarga quyidagilarni tushuntirasiz:
-Aziz bolajonlar , hozir men sizlarga Kichik ustoz maqomini beraman. Har biringiz o’zingizni ustoz sifatida tasavvur qilib , qo’lingizga qizil ruchka olasiz va sizga ishonib topshirilgan partadosh do’stingizni uy vazifasini tekshirasiz. O’qituvchi topshiriqni javoblarini o’qiydi, o’quvchilar ustozning javobiga solishtirgan holda do’stining vazifasini tekshiradi. To’g’ri javob uchun To’g’ri, noto’g’ri javob uchun esa Noto’g’ri ishorasini qo’yishadi. . so’ng natija hisoblanib baholanadi. Vazifani noto’g’ri bajargan o’qituvchidan qarzdor hisoblanadi.
Ertangi kuni o’ziga biriktirilgan o’quvchiga tekshirtirib oladi.
sinf ona tili darslarida Qadam- baqadam metodini qo’llash yaxshi natija beradi. Dars Qadam-baqadam usuli asosida tashkil etyiladi, ya’ni mashg’ulot davomida amalgam oshirilishi kerak bo’lgan har bir ishga bir qadam sifatida qaraladi. Har bir qadamda o’quvchilar biron-bir faoliyatda ishtirok etadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |