«Perexod» (O’tish) menyusida o’tish buyruqlari yig’ilgan: «Nazad» (Orkaga), «Vpered» (Oldiga), «Na odin uroven` vverx» (Bir pog’ona yuqoriga), «Na domashnyuyu stranisu» (Uy saxifasiga), «Putevoditel` po kanalam» (Kanallar bo’yicha yul kursatuvchi), «Poisk v Web» (Webda kidiruv) va xokazo.
«Izbrannoye» (Tanlangan) menyusida Sizga Internet xizmatlarini ishlatish imkonini beradigan buyruqlar yig’ilgan (5.14- rasm).
«Spravka» (Ma`lumot) menyusida Ilovalar hamda tizim bo’yicha o’zingizni kiziktirgan savollarga javob topishingiz mumkin.
«Moy komp`yuter» (Mening komp`yuterim) ilovasini o’rganish jarayonida Siz aniq bir masalani xal qiluvchi fayllar aloxida jildlarda jamlanganini kurdingiz. Endi yangi, masalan, Sizning fayllaringizni saqlaydigan jild yaratamiz. Buning uchun komp`yuter ekranida 5.11-rasmda aks etgan oyna namoyon bo’lganida, S: diski belgisi ustida ikki marta sichqoncha bosiladi. So’ng, «Fayl» menyusida «Sozdat`» (Yaratish) buyrug’i faollashtiriladi. Namoyon bo’lgan ro’yxatdan «Papka» (Jild) qatori tanlanadi.
Xosil bo’lgan darchada o’zingiz xoxlagan nomni kiritasiz va, albatta, ENTER tugmachasi bilan tasdiklaysiz. Jild tayyor. Shu jildga ba`zi fayllarni ko’chirish uchun boshqa jilddagi yoki diskdagi kerakli fayllar belgilanib, «Pravka» (To’g’rilash) menyusidagi «Kopirovat`» (Nusxalash) buyrug’i yordamida nusxa olinadi hamda «Pravka» (To’g’rilash) menyusidagi «Vstavit`» (Qo’yish) buyrug’i yordamida joriy jildga kiritiladi. Bu amalni uskunalar panelida joylashgan piktogrammalar yordamida xam bajarish mumkin.
«Fayl» menyusidagi «Formatirovat`» (Bichimlash) buyrug’i yordamida disketalarni bichimlash mumkin. Bichimlash jarayoni tugaganidan keyin ekranda axborot oynasi chiqadi. Undan Siz disketada kancha buzilgan joy borligini bilib olishingiz mumkin.
Disketalarga axborot yozishdan oldin yoki kattik diskning buzilgan joylarini tekshirish uchun «Proverka diska» («Diskni tekshirish») ilovasi ishlatiladi. Uni ishga tushirish uchun «Pusk» tugmachasi bosilib, «Programmi/ Standartnie/ Slujebnie/ Proverka diska» ketma-ketligi bajariladi. Tekshirish jarayonida aniqlangan buzilgan sektorlar mazkur ilova tomonidan bir yula tuzatib ketiladi.
Тayanch so’z va iboralar: lokal disklar, hujjatlar, fayllar, papkalar.
Savol va topshiriqlar
1 . «Moy komp`yuter» (Mening komp`yuterim) ilovasi yordamida qanday vazifalarni bajarish mumkin?
2. «Moy komp`yuter» (Mening komp`yuterim) ilovasining oynasidagi asosiy ob`yektlarni aytib bering.
3. Diskdagi fayllar va jildlarni ko’rib chiqish qanday amalga oshiriladi?
4. Faylli strukturani pog’onali aks ettirish qanday amalga oshiriladi?
5. Oyna ichidagi ob`yektlarning tasvirlanish turlarini qanday o’zgartirish mumkin?
6. Ob`yektlarning tasvirlanish tartibini o’zgartirishning necha xil usuli bor?
7. «Fayl» menyusida qanday buyruqlar jamlangan?
8. «Pravka» (To’g’rilash) menyusi yordamida qanday bichimlash buyruqlari bajariladi?
9. Disketalarni bichimlash jarayonini aytib bering.
10. Yangi jildni yaratish qanday amalga oshiriladi?
Aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |