Berdaq nomidagi QDUning Tarix fakulteti 1G-tarix guruhi talabasi Baltabayev Xurmatning O’zbekiston tarixi fanidan ishlagan mustaqil ishi Mavzu:O’rta Osiyodagi neolit davri manzilgohlari O’rta Osiyodagi neolit davri manzilgohlari Reja: - Neolit davriga umumiy tavsif
- Neolit davri xususiyatlari
- O’rta Osiyoda neolit davri yodgorliklari (Joytun,Kaltaminor,Hisor madaniyatlari)
- Xulosa
Neolit davrida qabilalarning ko’pchiligi o’troq hayot tarziga o’tadi, doimiy yashash uchun manzillar qura boshlaydi. Manzil va makonlar guvaladan qurilgan turar joylar shaklida bo’lib, deyarli barcha xalqlarda bu xususiyat ko’zga tashlanadi. Avvalgidek daydib yurish, yangi-yangi ov makonlari qidirib ko’chib yurishga barham beriladi. Endi doimiy erto’lalar, kulbalar yasash, loydan, zuvaladan uy qurish, neolit davri jamoasining asosiy odatiga, turmush tarziga aylanib boradi. Shunday qilib, doimiy o’troqlik xo’jaligi paydo bo’ladi. To’qimachilikning kashf etilishi ham neolitning katta yutug’i hisoblanadi. Endi ibtidoiy jamoa a’zolari faqat hayvon terilaridan yasalgan kiyim-kechak emas, balki, uning yungidan hamda, o’simliklar tolasidan to’qilgan matolardan ham kiyimlar to’qib kiyadigan bo’ladilar. Zig’ir poyalari va jun iplardan to’qilgan mahsulotlarning neolit makonlarida keng tarqalishi yuqoridagi fikrlarning isbotidir. Neolitda ip yigirish kashf etiladi. Ip yigirishning kashf etilishi o’z navbatida boshqa xil ho’jalik mashg’ulotlarining rivojlanishiga turtki beradi. Masalan, to’rlarning paydo bo’lishi baliqchilikni keskin darajada rivojlanishiga, o’z navbatida moddiy ehtiyojlarni yanada kengroq qondirish imkoniyatiga olib keldi. To’qimachilikning kashf etilishi ham neolitning katta yutug’i hisoblanadi. Endi ibtidoiy jamoa a’zolari faqat hayvon terilaridan yasalgan kiyim-kechak emas, balki, uning yungidan hamda, o’simliklar tolasidan to’qilgan matolardan ham kiyimlar to’qib kiyadigan bo’ladilar. Zig’ir poyalari va jun iplardan to’qilgan mahsulotlarning neolit makonlarida keng tarqalishi yuqoridagi fikrlarning isbotidir. Neolitda ip yigirish kashf etiladi. Ip yigirishning kashf etilishi o’z navbatida boshqa xil ho’jalik mashg’ulotlarining rivojlanishiga turtki beradi. Masalan, to’rlarning paydo bo’lishi baliqchilikni keskin darajada rivojlanishiga, o’z navbatida moddiy ehtiyojlarni yanada kengroq qondirish imkoniyatiga olib keldi. O’rta Osiyodagi neolit manzilgohlari uchta asosiy madaniyatga birlashtiriladi
Hisor madaniyati
Joytun madaniyati
Kaltaminor madaniyati
O’rta Osiyoda Kaltaminor madaniyati nomi bilan mashhur bo’lgan yodgorliklar asosan o’lkaning g’arbiy va shimoli-g’arbiy tomonlarida keng tarqalgan. Shu bilan birga uning chegarasi Ural daryosi va Kaspiy dengizi bilan ham tutashgan. Janubda Qoraqum va Shimoliy Qizilqum etaklarida, sharqda esa Orol dengizi shimoliy-sharqiy va janubiy tomonlarida quyi Sirdaryoga borib taqaladi. O’rta Osiyoda Kaltaminor madaniyati nomi bilan mashhur bo’lgan yodgorliklar asosan o’lkaning g’arbiy va shimoli-g’arbiy tomonlarida keng tarqalgan. Shu bilan birga uning chegarasi Ural daryosi va Kaspiy dengizi bilan ham tutashgan. Janubda Qoraqum va Shimoliy Qizilqum etaklarida, sharqda esa Orol dengizi shimoliy-sharqiy va janubiy tomonlarida quyi Sirdaryoga borib taqaladi. Kaltaminor madaniyatiga asos solgan kishilar qadimda ko’l va daryolar bo’ylarida, qamishzorlar yonida yashagan. Joylarning tabiiy sharoitiga ko’ra, Kaltaminor madaniyatini yaratgan kishilar asosan yovvoyi hayvonlarni ov qilib, ovchilik va baliqchilik bilan kun kechirgan. Mevali daraxtlar ko’p bo’lgani uchun ham ularning ho’jalik hayotlarida termachilik ham katta o’rin egallagan. Kaltaminor qabilalari ho’jaligida qisman chorvachilik ho’jaligi ham bo’lgan. Kaltaminor madaniyatini arxeolog S.P.Tolstov o’rgangan. Kaltaminor madaniyati jamoalarining makonlari ilk bor Amudaryo-ning Oqchadaryo o’zanidan chiqqan qadimgi Kaltaminor kanali etaklaridan topilgani uchun ularga shu nom berilgan. Oqchadaryo havzasidagi bir necha manzilda madaniy qatlamlar saqlangan bo’lib, ulardan biri Jonbos – 4 makonida chaqmoqtoshdan yasalgan minglab mehnat qurollari, sopol parchalari, hayvon suyaklari va baliqlarning suyaklari topilgan. Kaltaminor madaniyati jamoalarining makonlari ilk bor Amudaryo-ning Oqchadaryo o’zanidan chiqqan qadimgi Kaltaminor kanali etaklaridan topilgani uchun ularga shu nom berilgan. Oqchadaryo havzasidagi bir necha manzilda madaniy qatlamlar saqlangan bo’lib, ulardan biri Jonbos – 4 makonida chaqmoqtoshdan yasalgan minglab mehnat qurollari, sopol parchalari, hayvon suyaklari va baliqlarning suyaklari topilgan. Arxeologlar Jonbos-4 manzilgohini o’rganish jarayonida yarim yerto’la shaklidagi kulba (chaylaga) duch keladilar. Kulbaning markaziy qismida katta o’choq qoldig’i topiladi. Bu o’choq atrofida yuzga yaqin mayda o’choq qoldiqlari joylashgan. Arxeolog S.P. Tolstov katta o’choqni muqaqqas olov saqlanadigan otashqada, uning atrofidagi o’choqlar esa oilalarning o’choqlari bo’lgan degan fikrni aytadi. Jonbos-4 makonida topilgan kulbaning maydoni 300 m2 bo’lib, bu yerda 120-125 kishi istiqomat qilgan. U katta urug’ jamoasining makoni bo’lgan. Hisor madaniyati nomi bilan atalgan Markaziy Osiyoning neolit davri makonlari. Hisor – Pomir tog’laridan topib o’rganilgan. Hisor madaniyatining asosiy markazi Tojikiston Respublikasining Hisor – Bobotog’ - Qoratog’ oralig’idagi yerlar bo’lib, dastlab o’rganilgan yodgorliklar Hisor vodiysidan topilganligi uchun u shu nom bilan ataladi. Hisor madaniyati o’z xususiyatiga ko’ra tog’ madaniyati deb ham nomlanadi. Hisor madaniyatiga mansub bo’lgan yodgorliklar 200 dan ortiq bo’lib, ular miloddan avvalgi V-III ming yilliklar bilan belgilanadi. Hisor madaniyati nomi bilan atalgan Markaziy Osiyoning neolit davri makonlari. Hisor – Pomir tog’laridan topib o’rganilgan. Hisor madaniyatining asosiy markazi Tojikiston Respublikasining Hisor – Bobotog’ - Qoratog’ oralig’idagi yerlar bo’lib, dastlab o’rganilgan yodgorliklar Hisor vodiysidan topilganligi uchun u shu nom bilan ataladi. Hisor madaniyati o’z xususiyatiga ko’ra tog’ madaniyati deb ham nomlanadi. Hisor madaniyatiga mansub bo’lgan yodgorliklar 200 dan ortiq bo’lib, ular miloddan avvalgi V-III ming yilliklar bilan belgilanadi. Hisor madaniyati jamoalari sopol idishlar yasab, asosan chorvachilik, ovchilik, qisman dehqonchilik va termachilik bilan shug’ullangan. Markaziy Osiyoda eng qadimgi dehqonchilik markazlaridan biri Kopetdog’ va Qoraqum oralig’idan (Turkmaniston) topilgan. Nayzatepa, Qadimtepa, Joytun va boshqa qator ibtidoiy dehqonlar manzilgohlari Jaytun madaniyati nomi bilan ataladi. Chunki yodgorlik bahorda yomg’ir suvidan hosil bo’ladigan ko’lmak o’rnida joylashgan bo’lib, u oftob tegmagan paytda qorong’u bo’lib ko’ringan. Shuning uchun ham mahalliy xalq u yerni Joyi-tun ya’ni qorong’u joy deb nomlagan. Markaziy Osiyoda eng qadimgi dehqonchilik markazlaridan biri Kopetdog’ va Qoraqum oralig’idan (Turkmaniston) topilgan. Nayzatepa, Qadimtepa, Joytun va boshqa qator ibtidoiy dehqonlar manzilgohlari Jaytun madaniyati nomi bilan ataladi. Chunki yodgorlik bahorda yomg’ir suvidan hosil bo’ladigan ko’lmak o’rnida joylashgan bo’lib, u oftob tegmagan paytda qorong’u bo’lib ko’ringan. Shuning uchun ham mahalliy xalq u yerni Joyi-tun ya’ni qorong’u joy deb nomlagan. Joytun madaniyatiga mansub qabilalar paxsa va guvalasomon aralashtirib qurilgan uylarda yashab, bo’yoq bilan naqshlangan idishlardan foydalangan. Jaytun makoni ibtidoiy qishloq bo’lib, u bir necha uylardan tashkil topgan. Devorlari somon loy bilan suvalib, oxra tabiiy bo’yoq bilan bo’yalgan. Turar joy-uylari yonida omborxona, saroy, ho’jalik uchun o’ralar ham joylashgan. Har bir uyda 5-6 kishilik oila istiqomat qilgan. Jaytun qishlog’ida 30 ga yaqin uy bo’lib, ularda 160-180 kishi yashagan. Bu erdan boshoqli don ekinlarining qoldiqlari, munchoq-taqinchoqlar, shaxmat-shashka donalari shaklidagi buyumlar topilgan. Hatto ko’plab loydan yasab pishirilgan odam va hayvon haykalchalari ham uchraydi. Jaytunliklarda ona urug’i hukmron bo’lgan. Ular miloddan avvalgi VI-V ming yilliklarda yashab, asosan dehqonchilik, chorvachilik, qisman ovchilik bilan shug’ullangan. XULOSA Neolit davri uzoq davom etgan tosh asrining so’nggi bosqichi bo’lib, odamlar bu davrda ho’jalikning ilg’or, unumdor shakli – deh-qonchilik va chorvachilikni kashf etgan. Bu jarayon arxeologiyada neolitning inqilobi deb yuritiladi. (ingliz olimi G.Chayl fikri) kishilarda yaratuvchanlik faoliyatini aktivlashuvi mehnat qurollarida yangi shakl va xususiyatlarni, ishlab chiqarishda esa yangi ko’nik-malarni paydo etdi. Natijada, to’qimachilik, ip yigirish, qayiqsozlik, uysozlik, suvda suzish, o’rganildi va o’zlashtirildi. Bu davrda hunarmandchilikka asos solindi. Maishiy munosabatlar ma’lum ma’noda tartibga kela boshladi. Odamlarda fiziologik o’zgarishlar yasashga xissa qo’shgan xususiyat-pazandalik sohasida go’shtni pishirib eyish va ovqatlar tayyorlash imkoniyatiga ega bo’lindi. Xususan, neolitda odamzod rivojlanish sari katta qadam tashladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |