Aim.uz
«Moy kompyuter» (mening kompyuterim) ilovasi bilan ishlash
Reja:
Mening kompyuterim ilovasi haqida tushuncha
Mening kompyuterim ilovasi bilan ishlash
WINDOWS-XP tizimi komp`yuterda ma`lumotlarni Saqlash strukturalarini boshqarish va ko’rib chiqishni ikki usulda bajaradi: «Moy komp`yuter» (Mening komp`yuterim) va «Provodnik» (Boshlovchi) ilovalari yordamida.
«Moy komp`yuter» (Mening komp`yuterim) ilovasi komp`yuterning faylli strukturasini va disklarini, jild va fayllarini, shu jumladan, «Panel` upravleniya» (Boshqarish paneli) va «Printeri» (Chop etish qurilmalari) ilovalari faoliyatini muvofiklashtirib boshqarish imkoniyatlarini yaratib beradi. «Moy komp`yuter» fayllarni uchirish, qayta nomlash, joyini o’zgartirish, ulardan nusxa olish uchun ishlatilishi xam mumkin.
Ish stolidagi «Moy komp`yuter» ob`yektida sichqonchani ikki marta bossangiz, ilova oynasi ochiladi (5.11-rasm). «Moy komp`yuter» oynasi ochilganda, unda fayllar strukturasining yuqori pog’onasi aks etadi. Barcha ochish mumkin bo’lgan disklar kulrang ob`yektlar bo’lib, kolgan resurslar — sarik jild Ko’rinishida namoyish etiladi.
Agar (S:) disk belgisi ustida sichqonchaning chap tugmachasi bir marta bosilsa, oynaning past qismida joylashgan xolat qatorida diskdagi bo’sh joy mikdori aks etadi.
Diskdagi fayllar va jildlarni ko’rib chiqish uchun diskning rasmchasi ustida sichqonchani ikki marta bosamiz. Natijada oynada disk ichidagi axborot namoyon bo’ladi. Agar disk ichidagi jild ustida sichqoncha ikki marta bosilsa, oyna uzgarib, monitor ekranida jild ichidagi axborot paydo bo’ladi. Boshqa ob`yektlarda xam ikki marta sichqonchani bosish mumkin:
Yo agar bu Ilova bo’lsa — Ilova ishga tushadi;
Yo agar bu Uujjat bo’lsa — mos ilovadagi xujjat ochiladi.
Faylli strukturaning pog’onalarini aks ettirish uchun ekranga «Panel` instrumentov» (Uskunalar paneli)ni chiqarish mumkin. Buning uchun «Vid» (Ko’rinish) menyusidan «Panel` instrumentov» (Uskunalar paneli) buyrug’ini tanlang. Bir nechta uskunalar aks etgan qator chiqadi. Keyin «Perexod na odin uroven` vverx» (Yuqoriga bir pog’ona o’tish) sarik piktogrammasini bosib, oldingi pog’onaga uting.
«Adres» (Manzil) qatoridan turli disklarga, jildlarga, katta jildlarga o’tish uchun mukobil usul ishlatilishi mumkin. Buning uchun Siz adres qatori oxirida to’rgan «pastga» ko’rsatkichini bossangiz, turli disklar va jildlar ro’yxati chiqadi. Kerakli ob`yekt ustida sichqonchani bossangiz, oynada ob`yektdagi axborot aks ettiriladi.
Siz oyna ichidagi ob`yektlar tasvirlanishi turlarini «Vid» (Ko’rinish) menyusini yoki uskunalar panelining ung tomonida joylashgan to’rtta piktogrammani ishlatib o’zgartirishingiz mumkin. Ular quyidagilar: «Krupnie znachki» (Yirik belgilar), «Melkie znachki» (Mayda belgilar), «Spisok» (Ruyxat) va «Tablisa» (Jadval) (5.12-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |