VIII SINF O’ZBEKISTON TARIXI I BOB MOVAROUNNAHR SHAYBONIYLAR HUKMRONLIGI DAVRIDA 2018-2019 o’quv yili uchun A proba 1.Boburning bolalik va yoshlik yillari qaysi shaharlarda o’tgan edi?
A) Andijon va Farg’ona B) Marg’ilon va Axsi C) Toshkent va QuvaD) Andijon va Axsi
2. Abu Said Mirzo o’g’li Umarshayx Mirzoni (Boburning otasi) dastlab qaysi viloyatning hokimi qilib tayinlagan edi?
A) Farg’ona B) AndijonC) Kobul D) Xo’jand
3. Bobur Mirzo taxtga chiqqaning dastlabki yillarida yosh bo’lganligi tufayli qaysi bekning yordamida davlatni boshqargan edi?
A) Uzun Hasan B) Hojiqozi C) Xusravshoh D) Xoja Abdullo
4. Bobur Mirzo 1497-yil Samarqandni … qamaldan keyin bosib oldi.
A) 7 oylik B) 100 kunlik C) 5 oylik D) 3 oylik
5. Temuriylar o’rtasida toj-u taxt uchun kurash davom etayotgan davrda “Hamma bir-biridan qo’rqar edi. O’zlaricha shohlik talab qilib mamlakatda ig’vo urug’ini sochardilar”, deb qaysi tarixchi yozgan edi?
A) Gulbadanbegim B) Muhammad Solih C) Hofiz Kuhakiy D) Bobur
6. Noto’g’ri berilgan javobni aniqlang.
A) 1497-yil Bobur Samarqandda olti oydan ko’proq hukmronlik qilgan
B) Sulton Ahmad hukmronligi davrida Umarshayx Mirzoga Toshkent va Sayram hududlari qo’shib berilgan
C) “Boburnoma” asarida Shayboniyxonning nomi Shoybog’xon deb berilgan
D) 1446-yil Abulxayrxon Sig’noqni egalladi
7. Sirdaryoning yuqori oqimi, Tyanshandan Dnepr daryosining quyi oqimigacha cho’zilgan hududlar qaysi manbalarda “Dashti Qipchop”, deb yuritilgan?
A) g’arb manbalarida B) Xitoy manbalaridaC) arab va fors manbalarida D) Vizantiya manbalarida
8. Abulxayrxon 1446-yil qaysi hududni egallaydi?
A) Sirdaryoning o’rta oqimi B) Sirdaryoning quyi oqimi C) Xorazm va Darband D) Amudaryoning chap sohili
9. Dashti Qipchoqni sharqiy va g’arbiy qismlarga bo’lib turadigan geografik obyektni aniqlang.
A) Qoraqum sahrosi B) Ural daryosi C) Dnepr daryosi D) Kaspiy dengizi
10. Shayboniyxonning O’rta Osiyo shaharlarini bosib olishdagi ketma-ketlikni ko’rsating.
A) Shohruxiya, Farg’ona, Urganch, Hirot B) Samarqand, Urganch, Toshkent, Buxoro
C) Farg’ona, Shohruxiya, Qunduz, Urganch D) Farg’ona, Shohruxiya, Qunduz, Urganch
11. Amir Boyshayx qaysi tarixiy shaxsga otaliqlik qilgan?
A) Muhammad Shayboniyxon B) Bobur Mirzo C) Shohbudog’ Sulton D) Abulxayrxon
12. 1501-yil aprelda Zarafshon bo’yidagi jangda kimlar to’qnashgan?
A) Ubaydullo Sulton va Bobur B) Bobur va Shayboniyxon
C) Najmi Soniy va Ubaydulla Sulton D) Shoh Ismoil va Shayboniyxon
13. Muhammad Shayboniyxon Movarounnahrni zabt etgach Ko’chkunchi Sultonni qayerga hokim etib tayinlaydi?
A) Buxoro B) Turkiston C) Toshkent D) Samarand
14. Abulxayrxon “O’zbek ulusi”ga asos solgach, dastlab bosib olgan Xorazm rasman qaysi davlat qo’l ostida edi?
A) Oltin O’rda B) Qozoq xonliklari C) Qo’ng’irot so’filari D) Temuriylar
15. Qachondan boshlab Movarounnahr va Xorazmning mahalliy aholisi ham umumiy nom bilan o’zbek deb atala boshlangan?
A) XVI asr B) XV asr C) XII asr D) XVII asr
16. Quyidagi asarlardan qaysi biri islom huquqshunosligi va islom dining asoslari, namoz, zakot, va haj ziyoratining mezonlariga bag’ishlangan?
A) “Shayboniynoma” B) Boburnoma” C) “Mubayyin” D) “Abdullanoma”
17. 1500-yilda Bobur
Samarqandga kelgach, Shayboniyxon qoldirib ketgan … kishilik askarni qirib tashlaydi.
A) 700 B) 500 C) 800 D) 600
18. Quyidagi ijodkorlardan qay biri Abdullaxon II saroyida xizmat qilib, “Malik ush-shuaro” unvoniga sazovor bo’lgan?
A) Xofiz Tanish Buxoriy B) Mushfiqiy C) Kamoliddin Binoiy D) Muhammad Solih
19. Shayboniylar sulolasi tomonidan Movarounnahr hududi to’liq egallangan yildan qancha vaqt o’tib , Bobur Mirzo Movarounnahrdan butunlay umidini uzgan?
A) 4 yil B) 12 yil B) 10 yil B) 5 yil
20. Dehlida Bobur podshoh nomiga xutba o’qilgan sanani aniqlang?
A) 1526-yil 21-aprel B) 1527-yil 17-may
C) 1526-yil 27-aprel D) 1527-yil 16-mart
21. Bobur vafot etgach, “Bog’i Orom”ga dafn qilingan edi. U qaysi daryo bo’yida joylashgan?
A) Gang B) Panj C) Hind D) Jamna
22. “Boburnoma” asari nechinchi yillar voqealarini o’z ichiga oladi?
A) 1483-1529-yillar B) 1494-1530-yillar C) 1490-1526-yillarD) 1493-1529-yillar
23. Muhammad Shayboniyxon tomonidan qachon Shayboniylar davlatiga asos solindi?
A) 1500-yilda B) 1504-yilda C) 1501-yilda D) 1480-yilda
24. Quyidagi qaysi shaharda “Bobur va jahon adabiyoti” muzeyi tashkil etilgan?
A) Agrada B) Dehlida
C) Andijonda D) Kobulda
25. Qaysi hukmdorlar o’z davrida yangi alifboga asos solishgan?
A) Ubaydullaxon va Shayboniyxon B) Bobur va Sechjon Buyuk
C) Mirzo Ulug’bek va Shayboniyxon D) Buyuk Karl va Ko’chkunchi Sulton
26. Abu Said Mirzo Amir Temurning qaysi o’g’li avlodi hisoblanadi?
A) Mirzo Jahongir B) Mironshoh Mirzo C) Umarshayx Mirzo D) Shohrux Mirzo
27. Muhammad Shayboniyxon nechanchi yildan tug’ilgan?
A) 1451-yil B) 1461-yilC) 1456-yil D) 1449-yil
28. Mirzo Boburning yoshlik yillari o’tgan shaharlar Shayboniyxon tomonidan kimga in’om etilganligini aniqlang.
A) Mahmud Sultonga B) Jonibek Sultonga C) Suyunchxo’ja Sultonga D) Ko’chkunchi Sultonga
29. Shoh Ismoil va Shayboniyxon o’rtasidagi jang qaysi shahar yaqinida ro’y bergan edi?
A) Balx B) Hirot C) Marv D) Ray
30. “Jannati ma’no bog’i Samarqand emish, Kavsari a’lo degan obi Samarqandemish”. Ushbu misralar muallifini aniqlang.
A) Zahiriddin Muhammad Bobur B) Muhammad Shayboniyxon C) Ubaydullaxon D) Mushfiqiy
31. 1504-yilda …
A) Bobur Kobuldan Hindiston sari otlandi B) Shayboniyxon Farg’onani egalladi
C) Shayboniyxon Shohruxiyani egalladi D) Shayboniyxon Urganchni egalladi
32. Nima sababdan Shayboniyxonning o’limidan so’ng taxtga bevosita uning avlodlari o’tira olmagan?
A) qabila beklarining o’zboshimcha harakatlari tufatli
B) taxt vorisligi masalasiga Eron safaviylarining aralashishi oqibatida
C) taxt uchun boshqa da’vogarlarining harbiy qudrati kuchliligi tufayli
D) vafot etgan xon o’rniga taxtga yoshi kata vakil o’tqazilishi an’anasiga ko’ra
33. 1586-yilda Akbarshoh Abdullaxonga Usmonli turklarga qarshi kurashda Eronga birgalikda yordam ko’rsatish to’g’risida murojaat qilganida nima sababdan Abdullaxon bunga rozi bo’lmaydi?
A) Akbarshohning Xuroson hududiga da’vogarligi sababli
B) Bu paytda Abdullaxon II ichki tartibsizliklarga barham berish bilan band edi
C) Eron shayboniylar davlatini hanuz o’zining asosiy raqibi deb bilardi
D) Abdullaxon II turklar bilan tuzilgan ittifoqning buzilishidan xavotirda edi
34. Dashti Qipchop deb ataluvchi hudud qaysi asrdan boshlab shu nom bilan tilga olina boshlagan?
A) XII asr B) XI asr C) XIV asr D) IX asr
35. Qaysi daryo o’rta asrlarda Yoyiq deb atalgan edi?
A) Volga B) Ural C) Dnepr D) Dnestr
36. Boburiylar imperiyasi va Buxoro xonligi o’rtasidagi munosabatlarning o’rnatilishi qaysi hukmdorlarning nomi bilan bog’liq?
A) Shayboniyxon va Bobur B) Ko’chkunchi Sulton va Bobur C) Ubaydullaxon va Bobur D) Abdullaxon II va Bobur
37. Shayboniyxon bobosi Abulxayrxon tuzgan davlatni qachon qayta tikladi?
A) XV asrning 20-yillarda B) XV asrning o’rtalarida
C) XV asrning 80-yillarida D) XV asrning oxirlarida
38. Quyidagi asarlardan qay biri Dashti Qipchop va Movarounnahrning XV asr o’rtalaridan XVI asr boshlarigacha bo’lgan davr voqealarini o’z ichiga oladi?
A) Kamoliddin Binoiyning “Shayboniynoma”si B) Muhammad Solihning “Shayboniynoma”si
C) Hofiz Tanish Buxoriyning “Abdullanoma”si D) Boburning “Boburnoma”si
39. Zahiriddin Muhammad Bobur necha yoshida vafot etgan?
A) 34 B) 43 C) 47 D) 51
40. Xuroson davlatida qo’shhokimiyatchilik vujudga kelishiga nima sabab bo’ldi?
A) Sulton Husayn Boyqaroning vafot etishi B) Abu Saidnig vafot etishi
C) Amir Temurning vafot etishi D) Shayboniyxonning Movarounnahrga hujumi