258
da meni ikki tarsaki urgan. Oyimning gapi
dan hech nima tushunmagan bo‘lsam ham,
Hakim sassiqning qizini ko‘rgim keldi. Ertasiga
ko‘rdim ham...
* * *
O‘sha kuni ertalab momaqaldiroq bo‘lib, jala
quygani esimda bor. Oyim odatdagiday echki
ning yelin qopini bog‘lab (bo‘lmasa bolasi emib
qo‘yardi) arqonni qo‘limga tutqazdi:
– Yaxshilab to‘yg‘iz!
«Katta yer»ga yetib kelgunimcha havo
charaqlab ochilib ketdi. Echkining arqonini ye
chib, mollarga qo‘shib yubordimda, tol tagida
to‘dalanib turgan bolalar yoniga keldim.
O‘rtada urushda o‘lgan
dadasining kattakon
beqasam choponini kiyib olgan Melivoy yon
boshlab yotar, yalang oyoq bolalar uning atro
fida o‘tirib olib nimagadir xaxolab kulishardi.
– Hakim sassiqning qizini ko‘rdingmi, Anvar?
– Melivoy yaqin kelishim bilan do‘rillab so‘ra
di. Keyin qo‘lidagi tol yog‘och bilan imo qilib
ko‘rsatdi. – Dadasiga o‘xshagan daroz ekan.
Bolalar tag‘in baravariga kulib yuborishdi.
Tolning panasida turgan novcha qizaloqni endi
ko‘rdim. Uning kattakatta ko‘zlari ma’yuslik
bilan javdirar,
nima qilishini bilmay, kalishi
ning uchi bilan maysalarni ezg‘ilardi.
Melivoydan hammamiz qo‘rqardik, u hech
kimni ayamasdi. Lekin hozir u qizni masxara
qilishi alam qildi menga.
– Daroz bo‘lsa senga nima? – dedim alamim
dan chiyillab.
259
Halima yalt etib menga qaradiyu, indamadi.
Melivoy birpas baqrayib turdida, tayog‘ining
uchi bilan soy tomonni ko‘rsatdi.
– Bor, buqamni qaytarib kel! Sening galing
keldi.
U har doim molini bizlarga qaytartirardi.
Nimagadir bu safar o‘jarligim tutdi. Soy bo‘yiga
tushib ketgan qora buqaga qarab qo‘ydimu:
– O‘zing qaytar! – dedim.
– Shunaqami? – Melivoyning ko‘k ko‘zlari
olayib ketdi. Irg‘ib o‘rnidan turdiyu, qo‘lidagi
tayoqni baland ko‘tardi. Hozir yelkamga
kaltak
tushishini bilib, qo‘rquvdan ko‘zlarimni yumib
oldim. Ammo kaltak tegmadi. Bir mahal ko‘zim
ni ochib qarasam, Halima tayoqni ingichka tiz
zasiga tirab, sindiryapti.
– Buzuqning bolasi! – dedi Melivoy unga qarab.
Halimaning labi pirpirab, yig‘lab yuboray deyot
ganidan bu yomon gap ekanligini tushundim.
– O‘zing buzuqning bolasi! – dedim baqirib. –
Ko‘k ko‘z! Ko‘k qarg‘a!
...O‘sha kuni «katta yer»ning xo‘jayini –
Melivoyning buyrug‘i bilan «qiz bola» degan
laqab oldim. Echkimni ham soyning narigi be
tida boqadigan bo‘ldim.
* * *
Bolalar orasiga qaytgim kelardiyu, «ko‘k qar
g‘a»dan qo‘rqardim. Faqat bir narsaga
xursand
edim: Halima ham ola sigirini men bilan birga
boqardi. Keyin bilsam, u mendan uch yosh kat
ta ekan. Kun bo‘yi ikkalamiz chillak o‘ynardik.
Halima bu o‘yinda o‘g‘il bolalardan qolishmasdi.
260
Yozda tag‘in bir odat chiqardik. Har kuni pe
shinda soy bo‘yida olov yoqib, qo‘riga ikkitadan
kartishka ko‘mib yeydigan bo‘ldik.
Bir gal u, bir
gal men uydan kartishka olib kelardik.
Cho‘g‘da qopqorayib pishgan kartishkani
shoshapisha artib, og‘zimiz kuyishiga qaramay
yeb olishdan lazzatliroq narsa yo‘q edi bizga.
Hech esimdan chiqmaydi. Bir kuni o‘sha tot li
tushlikni yeb bo‘lib, maysalar ustiga chalqan
cha yotib oldim. Tubsiz osmonning bir chek
kasida ko‘pikday
oppoq bulutlar ohista suzib
yurar, balandbalandlarda jajjigina bir to‘rg‘ay
turgan yerida tipirchilab, shodon sayrardi...
Halima yonimda o‘tirib olib, o‘tlardan «aji
na kovush» to‘qir, uzunuzun barmoqlarinig
shunchalik chaqqon harakat qilishiga hayron
qolardim. Birpasdan keyin u ingichka, past to
vushda ashula ayta boshladi:
Do'stlaringiz bilan baham: